KIT MOʻYLOVI

KIT MOʻYLOVI

KIT MOʻYLOVI — moʻylovli (tishsiz) kitlar yuqori jagʻidagi shox plastinkalar; soni 130 tadan (kulrang kit) 400 tagacha (yoʻl-yoʻl kitlar), ogʻiz cheti boʻylab joylashgan. Har bir plastinka uchburchak shaklda; uning keng tomoni ogʻiz boʻshligʻiga oʻgirilgan; kichik tomoni milkka chuqur botib kirgan. Plastinkalarning ogʻiz boʻshligʻiga oʻgirilgan qirralari oʻzun va ingichka shox naychalardan iborat. Naychalar bir-biri bilan tutashib, gʻalvirga oʻxshash apparatni hosil qiladi. Kit suv bilan ogʻziga kirgan hayvonlardan suvni shu naychalar orqali sizdirib oʻtkazib keyin oziqlanadi.

Ensiklopediya.uz
KIT MOʻYLOVI