Kindikdan suv kelishining sababi nima?

Kindikdan suv kelishining sababi nima?
kindikdan suv kelishining sababi nima 65cb2eca09bbd

%D0%91%D0%B5%D0%B7 %D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F 4

Kindikdan suv kelishining sababi nima?

Mundarija скрыть
Kindikdan suv kelishining sababi nima?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Kindik — bu insonning xomila ichi xayotidan esdalikka qoladigan chandiq bo‘lib, bu yerda xomilani oziq-moddalar bilan ta’minlab turuvchi kindik o‘qi joylashadi. Xayoti davomida o‘z kindigi gigiyenasiga aloxida e’tibor beruvchi insonlar ko‘pchilikni tashkil qilmasligi aniq. Bu xolat kindikni kirlanishi, namlanishi, xidlanishi, ta’sirlanishi va diskomfort xolatlarga olib keladi.
Kindikning namlanishi — bir qator yallig‘lanishli kasalliklarning asorati xisoblanadi. Suyuqlikning xarakteriga ko‘ra u seroz, yiringli yoki qonli bo‘lishi mumkin.
Qachon kindikdan seroz suyuqlik oqadi?
Kindikdan seroz suyuqlikni kelishi kindik atrofidagi teri va yog‘ to‘qimasini yallig‘lanishi (omfalit) va oqma yaralari sabab bo‘lishi mumkin.
OMFALIT – ichak tayoqchalari, stafilokok va kandida kabi infeksion agentlar tomonidan rivojlanib, uch xil ko‘rinishda kechadi: kataral, flegmonoz va gangrenoz turlari.
• Kataral turida – kindik soxasida yengil sanchishlar, biroz qichishish, kindik namlanishi va badbo‘y xidli tvorogsimon ajralmalar kuzatiladi.
• Flegmonoz turida – isitma 38 gradusgacha ko‘tarilib, yondosh to‘qimalarning yallig‘lanishga qo‘shilishi kuzatiladi, paypaslaganda og‘riq va bemor umumiy xolati og‘irlashuvi kuzatiladi.
• Nekrotik turi – yaxshi davolanmaslik natijasida rivojlanib, kindik soxasidagi to‘qimaning o‘lishi, infeksiyaning ichki a’zolarga tarqalishi va sepsis bilan xarakterlanadi.
KINDIK OQMA YARASI asosan tug‘ma kasallik xisoblanib, bolalarda uchraydi va ikki xil bo‘ladi:
• Ichak devorida defekt paydo bo‘lishi natijasida rivojlanadi — ajralma ichak tarkibi suyuqligidan iborat;
• Uraxus kistasi — siydik pufagi va kindik orasidagi boylamni bitishmay qolganida kuzatilib, ajralmalar siydikdan iborat bo‘ladi.
Qachon kindikdan qon oqadi?
Kindik namlanishining sababi qonli ajralmalar bo‘lsa, darxol vrachlarga uchrash tavsiya etiladi. Bu xolat quyidagi kasalliklarda rivojlanadi:
1. Kindikka pirsing qilish (aseptika va teshilgan joyga noto‘g‘ri ishlov berish);
2. Granulyatsion to‘qimaning o‘sib ketishi (jijilarda kindik qismida malina mevasi singari epitelial to‘qima o‘sib ketadi, buni tibbiyot tilida – fungus deb ataladi);
3. Kindik endometriozi (ayollarda uchrab, bachadon shilliq qavati epiteliysini kindik soxasidagi patologik joylashuvi bilan xarakterlanadi);
4. Kindik yallig‘anishini og‘ir xollari;
5. Kindikdagi oqma yaralar.
Qachon kindikdan yiring oqadi?
Kindikdan yiringli ajralmalarni kelishi kma yaralar yoki kindik yallig‘lanishi – omfalitning flegmonoz turida kuzatiladi. Xar qanday xolatda xam yiringli ajralmalar yoki seroz yoki qonli suyuqliklar bilan aralashib keladi. Aloxida yiringli ajralmalarni kelishi kuzatilmaydi.
Kindik namlanishida quyidagi muolajalar qilinadi.
1. Og‘riq bo‘lmasa – kindikni dezinfeksiya qilinadi: vodorod peroksid eritmasiga namlangan paxtali tayoqchalar bilan ishlov beriladi.
2. Ajralmalar sababi, miqdori va boshqa shikoyatlarga asosan etiotrop va patogenetik davo qilinadi
Kindik namlanishini profilaktikasi gigiyenik talablarga amal qilishdan iborat
1. Cho‘milish jarayonida kindikni xam sovunlab yuvish, yaxshilab quruq qilib artish tavsiya etiladi.
2. Semiz va kindigi chuqur joylashgan odamlarga xaftada ir kki marta kindigiga perekis (paxtali tayoqchada) bilan ishlov berish tavsiya etiladi.
3. Pirsing muolajasidan so‘ng jaroxatga infeksiya tushishini oldini olish va tuzli eritma bilan yuvish talab etiladi.
4. Chaqaloqlarni cho‘miltirgandan so‘ng kindigi quruq qilib artiladi. Margansovkani kuchsiz eritmasi yoki 3% li perikis bilan ishlov beriladi. Bolani kiyimlari doimo ikki tomonlama dazmollash tavsiya etiladi.
© https://t.me/gepamed_ultra

Kindikdan suv kelishining sababi nima?