KIKOIN

KIKOIN

KIKOIN — NOSKOV EFFEKTI, fotomagnit-elektr effekt — magnit maydoni N ga joylashtirilgan yarimoʻtkazgich yoritilganda elektr maydoni hosil boʻlishi hodisasi. Bu elektr maydoni magnit maydoniga, yarimoʻtkazgichning yeritilgan sirtidan yoritilmagan sirtiga diffuziyalanayotgan zaryad tashuvchilar (elektronlar va kovaklar) oqimiga perpendikulyar boʻladi. K — N. e. asosiy boʻlmagan tok tashuvchilarning oʻta bir jinsli boʻlmagan konsentratsiyasida kuzatiladi (bunday holat yorugʻlik kuchli yutilganda vujudga keladi). Bu effektni 1933-y. da Kikoin I. K. va Noskov M. M. hamkorlikda kashf qilgan. Bu hodisa fotomagnitoelektr effekt ham deyiladi.

Ensiklopediya.uz
KIKOIN

Оставьте комментарий