KIBERNETIKA

KIBERNETIKA

KIBERNETIKA (yun. kybernetile – boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash qamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanadigan fan. Avtomatik boshqarish, hisoblash texnikasi, neyrofiziologiya va matematik mantiklarning nazariya hamda amaliyotlarining rivojlanish natijalari sifatida vujudga kelgan. Kibernetikaning texnik asosini elektron hisoblash mashinalari (EHM) tashkil qiladi. Ular inson tafakkuriga oid masalalarni hal qilishga keng imkoniyatlar ochib beradi. «Kibernetika» terminini birinchi marta yunon faylasufi Platon tilga olgan. 17-a. dayoq B. Paskal (Fransiya) oddiy mexaniq arifmometrni ixtiro qilgan edi. Faqat 19-a. ga kelib, Ch. Bebbij (Angliya) hoz. zamon EHM ga oʻxshash raqamli avtomatik hisoblash mashinasi yaratishga urinib koʻrdi. 20-a. boshida elektromexaniq analitik-hisoblash mashinasi yaratildi. 1938-y. da K. Shennon (AQSH), 1941-y. da V. I. Shestakov (Rossiya) mantiqiy matematik apparatning rele kontakt sxemasidan sintez va analiz uchun foydalanish mumkinligini koʻrsatishdi. Shular asosida avtomatlar nazariyasi rivojlana boshladi. 20-a. 40-y. larida J. Fon Neyman (Germaniya) va b. tomonidan yaratilgan EHM K. ning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Bularning hammasini umumlashtirib, N. Viner (AQSH) oʻzining, «Kibernetika» kitobini yezdi (1947). U K. ni «tirik mavjudot va mashinadagi aloqalar hamda boshqarish haqidagi fan» deb atashni tavsiya qildi. Zamonaviy Kibernetika bir qator mustaqil ilmiy yoʻnalishlarga ega boʻlgan boʻlimlardan iborat. Kibernetikaning nazariy oʻzagi: informatsiya (axborot), kodlash, algoritmlash, avtomatlar, umumiy va muqobil tizimlar, qiyofalarni aniqlash, formal tillar nazariyalari. Bu yoʻnalishlar natijasida Kibernetika keng koʻlamda qoʻllanila boshlab iqtisodiy Kibernetika, biologik Kibernetika, tibbiyot K. si, texnik Kibernetika, matematik lingvistika va b. mustaqil ilmiy sohalar vujudga keldi. Kibernetikaning shakllanishida mat. va fizika muvaffaqiyatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyot etishi va i. ch. ni avtomatlashtirishning zarurligi asosiy om il boʻldi.

Ensiklopediya.uz
KIBERNETIKA

Оставьте комментарий