KEYNSCHILIK

KEYNSCHILIK

KEYNSCHILIKiqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-a. ning 30-y. larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi J. M. Keyns. K. ning asosiy tamoyillari uning «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) asarida bayon etilgan.

Ensiklopediya.uz
KEYNSCHILIK