KERKINITIDA

KERKINITIDA

KERKINITIDA — antik shahar (mil. av. 6-a. oxiri — 5-a. — mil. av. 2-a.). Yunonlar tomonidan hoz. Yevpatoriya oʻrnida qurilgan. Xersones aristokratik respublikasi tarkibida boʻlgan. Gʻalladon savdosida muhim rol oʻynagan (4—2-a.). Mil. av. 4-a. ning 2-yarmi — 3-a. da oʻz tangalarini zarb qilgan. Yunonskif urushlari (mil. av. 2-a.) natijasida vayron boʻlgan. Mil. 1 — 2. a. larda kichik savdo-dehqonchilik manzilgohi. Ellinistik davrga mansub mudofaa devorlari va turar joy daxalari qoldiqlari saqlangan.

Ensiklopediya.uz
KERKINITIDA

Оставьте комментарий