KERCH BOʻGʻOZI
KERCH BOʻGʻOZI — Kerch va Taman ya. o. lari oʻrtasidagi boʻgʻoz. Qora va Azov dengizlarini tutashtiradi. Uzunligi kariyb 41 km, eni 4 dan 15 km gacha. Qishda suzib yuruvchi muz koʻp boʻladi. Gʻarbiy sohilida yirik Kerch porti bor. Boʻgʻoz orqali kema va t. y. paromi katnovi mavjud.
Ensiklopediya.uz
KERCH BOʻGʻOZI