KELT TILLARI

KELT TILLARI

KELT TILLARIhind-yevropa tillari oilasiga mansub tillar guruhi. Hoz Kelt tillari britt (villiy va breton tillari) va goydel yoki gel (irland, gel va men) tillariga ajraladi. Gall, kelt va korn tillari isteʼmoldan chiqib ketgan. Hoz. Kelt tillarida tovushlarning turli kombinatsiya oʻzgarishlari mavjud. Urgʻu kuchli. Ayrim soʻz birikmalari tarkibidagi bitta komponent fonetik oʻzgarishlar va urgʻu tufayli morfema xrliga kelib qolgan. Qadimgi Kelt tillari flektiv tillar qatoriga kirgan. Hoz. Kelt tillari grammatik qurilishi jihatidan analitik (q. Analitik tillar). K. t. ning koʻpchiligida gapdagi soʻzlar tartibi qatʼiy (ega-kesim – toʻldiruvchi).

Ensiklopediya.uz
KELT TILLARI

Оставьте комментарий