KATTAUNGUR GʻORI

KATTAUNGUR GʻORI

KATTAUNGUR GʻORINurota tog tizmasining jan. yon bagʻrida (Navoiy viloyati Xatirchi tumani), 950 m balandlikda, Krragʻoch daryosi (Zarafshonning oʻng irmogʻi) oʻzanidan 60 m yuqorida joylashgan. Toshkoʻmir davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning ravoqsimon shakldagi kirish qismi sharqqa qaragan. Gʻor ichkarisida 23 m masofada oxaktoshli ustun (bal. 3 m) mavjud. Sahni gil bilan qoplangan, qush va hayvon qoldiqlari toʻplanib qolgan. Devor va shipida mumiyo belgilarini uchratish mumkin. Gʻorning umumiy uz. 40 m, mayd. 990 m2, hajmi 558 m3.

Ensiklopediya.uz
KATTAUNGUR GʻORI

Оставьте комментарий