KARS PODSHOLIGI

KARS PODSHOLIGI

KARS PODSHOLIGI — markazi Kars sh. boʻlgan Vanand viloyatidagi arman davlati (963—1064). Kars podsholigi Ani podsholigi parchalanishi davrida tarkibidan ajralib chiqqan, lekin bagratuni sulolasiga mansub Kars podshohlari anilarga qaram boʻlgan. Musheg (963—984) davrida Kars podsholigi Vizantiyaga qarshi kurashgan Ani podshoqligining ilgʻor istehkomi rolini oʻynagan; Abbos podshohligi davrida (984—1029) qoʻshinning kuchayishi va qurollanishiga alohida eʼtibor berilganligi sababli, Kars podsholigi birmuncha kuch qudratga erishgan. Turk-saljuqlari Zakavkazyega bostirib kirgandan keyin (1064—65) podshoh Gagik (1029—65) oʻz saltanatini Vizantiyaga topshirgan; K. p. hududi Vizantiya saltanatining turksaljuqlar istilosiga karshi kurashida plasdarm vazifasini oʻtagan.

Ensiklopediya.uz
KARS PODSHOLIGI