KAROMATOV Saʼdulla Muzaffarovich

KAROMATOV Saʼdulla Muzaffarovich

KAROMATOV Saʼdulla Muzaffarovich (1928.14.7, Buxoro – 1987.21.8, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978). Toshkent un-tining filologiya f-tini tugatgan (1949). Oʻzbekiston radioeshittirish qoʻmitasida xodim (1949—51), «Sovet Oʻzbekistoni» gaz. da adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954—57), «Oʻzbekiston madaniyati» (1957—59), «Sovet Oʻzbekistoni» (1959—66) gaz. larida masʼul kotib, «Toshkent oqshomi» — «Vecherniy Tashkent» gaz. lari bosh muharriri (1966 — 82), Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1982—85). Karomatov ijodini 50-y. larda ocherknavis sifatida boshlagan. Birinchi yirik nasriy asari — «Togʻlar tabassumi» (hujjatli qissa, 1963). Ocherklar toʻplamlari («Amuning zar kokillari», 1964; «Kumush kamar», 1964; «Goʻzallik ramzi», 1965) chiqqan. Bir muhabbat fojiasiga bagʻishlangan «Bir tomchi qon» (1968), 2-jahon urushidan keyingi hayot mashaqqatlari haqidagi «Eʼtiqod» (1970) qissalari hamda maʼdan izlovchilar hayoti tasvirlangan «Oltin qum» (1980) romani va b. asarlar muallifi.

Ensiklopediya.uz
KAROMATOV Saʼdulla Muzaffarovich

Оставьте комментарий