KARIMOV Hamid Yoqubovich

KARIMOV Hamid Yoqubovich

KARIMOV Hamid Yoqubovich (1941.7.1, Toshkent) — patofiziolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998). Tibbiyot fanlari d-ri (1979), prof. (1980), ToshTIni tugatgan (1964). Patologik fiziologiya kafedrasi assistenta, dotsenti (1969—81), prof. (1981—88), markaziy ilmiy tekshirish lab. rahbari (1988—90), II ToshTI rektori (1990-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari toʻqima, hujayra, molekulyar bosqichlarda funksional-metabolik koʻrsatkichlar b-n bogʻliq muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan. Karimov rahbarligida Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi mikrotsirkulyatsiya lab. si tashkil etildi, unda qon tomir devori fiziologiyasi va patologiyasi oʻrganiladi. «Patologiya» jur. ning bosh muharriri (1998-y. dan). Polsha Tibbiyot akademiyasi akad. (2000). «Albert Shveyser» nomli Xalqaro oltin medal bilan takdirlangan (2000).

Ensiklopediya.uz
KARIMOV Hamid Yoqubovich