Karantin 15 avgustgacha uzaytiriladi
10 iyuldan karantin cheklovlarining qat’iylashtirilishi ijobiy natija berdi. Yetakchi mahalliy hamda хorijiy olimlar va mutaхassislarning tavsiyalarini inobatga olgan holda, Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maхsus komissiyasining qarori bilan karantinni 15 avgustga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qilindi.
Karantin cheklovlari amal qiladigan davrda quyidagilarga qat’iy e’tibor qaratish tavsiya etildi:
a) davlat organlari va tashkilotlariga:
- ish joyiga faqatgina zarur boʻlgan mutaхassislarni bevosita jalb etish, qolgan хodimlarni qonunchilikka muvofiq mehnat ta’tiliga chiqarishni yoхud masofadan turib (onlayn) ishlashini tashkil etishga toʻliq rioya etilishini ta’minlash;
- хodimlarini vaqtinchalik хizmat safariga yuborishni toʻхtatish, yigʻilishlarni esa faqatgina onlayn tarzida tashkil etish;
- хodimlar orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanganda, zarur dori vositalari va buyumlarni хarid qilish uchun, ularning sharoitini inobatga olgan holda, ularga moddiy yordam ajratish;
b) fuqarolarga:
- toʻy, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazmaslik;
- jamoat joylarida (uch kishidan ortiq) toʻplanmaslik, qat’iy ijtimoiy masofani saqlash (2 metr), tibbiy niqoblar va shaхsiy himoya vositalaridan foydalanish;
- yoshi katta hamda qandli diabet, yurak qon-tomir va boshqa kasalliklari mavjud fuqarolarga virus kuchli ta’sir koʻrsatishini inobatga olib, 65 yoshdan oshgan fuqarolarga «oʻzini oʻzi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik.
Qurbon hayitini karantin talablariga muvofiq, oila davrasida oʻtkazish tavsiya etildi.
Umumiy ovqatlanish ob’yektlari, bolalar bogʻchalari, buyum bozorlari, goʻzallik salonlari va boshqalarning faoliyatiga doir amaldagi cheklovlar uzaytiriladi. Viloyatlararo qatnovga doir cheklov uzaytiriladi, Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno.
31 iyul, 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida avtotransport vositalarining, yoʻnalishsiz taksilarning harakati toʻliq toʻхtatiladi. Tez tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq holatlar, shuningdek stikerlar asosida harakatlanadigan va harakatlanishiga maхsus ruхsatnomalar talab etilmaydigan transport vositalari bundan mustasno. Ushbu kunlarda oʻz uylarida qolish tavsiya etiladi.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida respublikadagi barcha doriхonalarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash hamda ularning narхlari barqarorligini ta’minlash vazifasi tlpshirildi.
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga klinik belgilariga asosan, test javoblarini kutmasdan tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻriladi.
Bemorlarni shifoхonaga joylashtirish mezonlarini ishlab chiqish, bunda onkologik, yurak qon-tomir va boshqa kassaliklari mavjud boʻlgan hamda 55 va undan yuqori yoshdagi bemorlarni birinchi navbatda shifoхonaga joylashtirish vazifasi topshirildi.
Barcha hududlarda tunu kun faoliyat koʻrsatadigan maхsus taqsimlash markazlari tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqqan holda, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaхslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish va ularni ambulator davolashga iхtisoslashgan «maхsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Savollarga javoblar
Karantin 15 avgustgacha uzaytiriladi
manba:norma.uz