Kandidoz haqida
Baʼzab bola hayotining 5-15 kunlarida til oqarishi kuzatiladi. Buning sababi oddiy- chaqaloqning sut bilan ozilanadi. Uning tilida sut qoldiqlari qoladi. Bu esa til oqarishiga olib keladi. Buni oldini olish uchun har emizgandan keyin bolaga bir choy qoshiq da suv🥄💧 ichirib turish kerak. Suv ogʻizdagi sut qoldiqlarini yuvib ketib til oqarishiga yoʻl qoʻymaydi🙅 Lekin bu oqarishlar faqat sut qoldiqlari boʻlmasligi mumkin. Agar bolani tilidan tashqari yana lunji, tanglayli, ichki lablarida oq dogʻlar boʻlsa bu bolada «kandidoz» yani ogʻizboʻshligʻi zamburugʻlari bilan zararlanganligini anglatadi. Buni «malochnitsa» ham deyishadi.Kandidoz haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Kandidoz
Koʻpincha chaqaloqlarda til oqarishi kuzatiladi. Nima sababdan shunday boʻladi? U hafli emasmi? Profilaktika va davo choralari qanday?
Bunda bolalar :
✓emishga qiynaladilar
✓koʻp yegʻlaydilar
✓emib turib yegʻlashga tushadilar.
Koʻpincha malochnitsa boʻlgan bolalarda jinsiy aʼzolarning qizarishi yoki «taglik allergiyasi» ham kuzatiladi. 🙆 Bu vaziyat onaning havotirlnishiga asos boʻladi.
🤷Malochnitsa goʻdak organizmiga qanday tushadi?
👉U asoson onadan yuqadi. Bu normal hol hisoblanadi. Agar onada 🤰homiladorlik paytida qin sohasida malochnitsa yuzaga kelgan boʻlsa tugʻush paytida bu bolaga yuqadi. Bolaning organizmi bunday zamburugʻ bilan kurashishga juda ojizlik qiladi. Kasalik asoratlari bola hayotining 5-15 kunida yuzaga chiqadi.
👉Yana toza yuvilmagan va sterilizatsiya qilinmagan
soʻrgʻich, butulka, qoshiq orqali ham infeksiyalar yuqushi mumkin.
👉Yana bola antibiotiklar qabul qilishi natijasida imunitet tushishi va organizmda zamburugʻ lar rivojlanishiga sharoyit yaratib berishi mumkin.
🤷Bunday boʻlmasligi uchun nima qilish kerak?
✔️Eng avvalo homiladorlik davrida ayol sogʻligʻiga yaxshi eʼtibor berishi, gigiyena qoidalariga toʻgʻri amal qilishi, vitaminlarga boy boʻlgan mahsulotlar bilan oziqlanishi kerak.
✔️Bola tugʻulgan zahoti uni emizish kerak. Bu bola organizmida ilk imunitetni hosil qiladi.
✔️Bola parvarishida gigiyenaga eʼtibor berish taglik almashtirganda va emizishdan oldin ona qoʻllarini yuvishi lozim. Boshqalarga ham qoʻllarini yuvganlaridan keyin chaqalogʻingizni berishingizni ayting. Uyalmang. Ahir farzandingiz salomatligi har narsadan ustunku.
✔️Soʻrgʻich, butulka umuman bolaga ishlatadigan idishlarni tez tez sterilizatsiya qilish kerak
Agar sizning ham farzandingiz tilida oq dogʻlar paydo boʻlganini koʻrsangiz toza sterilangan marlini qaynagan suvga botirib,dogʻni artib koʻring agar dogʻlar artilsa, ularning tagida qizarish alomatlari boʻlmasa bu oddiy sut qoldiqlari boʻladi. Havotirga oʻrin yoʻq.
Agar chaqalogʻingiz emganda bezovtalansa, koʻp yegʻlasa, ogʻiz boʻshligʻi oqarganini va artganingizda oq dogʻlar tagi qizarganini koʻrsangiz shifokor pediatrga murojaat qiling. Odatda bunday dogʻlarni 2% choy sodasi eritmasi bilan artish maslahat beriladi. Bu yaxshi samara beradi.
💁Malochnitsa qaytalamaslik uchun alnbatta gigiyena qoysalariga amal qiling.
🌼Sizni va farzadingizni sogʻliq va salomatlik aslo tark etmasin!
Kandidoz haqida