Kamqonlikni davolaymiz haqida malumot

Kamqonlikni davolaymiz haqida malumot

Bir qator xastaliklarning kelib chiqishiga kamqonlik sabab bo‘ladi. Kamqonlik ayniqsa, xotin-qizlar va bolalarda ko‘p uchraydi Bizning mahalliy sharoitda bu kasallikning oldini olishga ko‘maklashadigan yana bir vosita bor, lekin unga ko‘pchilik yetarli e’tibor qaratmasdan, salomatligini tiklash uchun pullarini har xil dori-darmonlar sotib olishga sarflashadi.
Inson tanasi uchun zarur bo‘lgan temir, oqsil, uglerod kabi moddalarning yetarli ta’minlanishi va uzoq vaqt meyorida ushlab turilishi uchun toshtegirmonda tortilgan bug‘doy uni samarali yordam beradi. Fermentlar asosan, bug‘doyning po‘stida ko‘p bo‘ladi.
Zamonaviy tegirmonlarda bug‘doyni yanchish uchun oldin u ivitilib, qobig‘i, ya’ni po‘sti olib tashlanadi. Oqibatda tortilgan un, garchi juda oq bo‘lsada, sifatini tez yo‘qotadigan mahsulotga aylanadi.
Bunday bo‘lmasligi uchun bug‘doyni yaxshilab tozalab, ajdodlarimiz ming yillardan buyon ishlatib kelayotgan toshtegirmonda tortish salomatlik uchun ko‘proq foydalidir.
Bunday tegirmonda tortilgan undan yopilgan non garchi ozgina qoramtir bo‘lsada, ammo to‘yimli va mazalidir. Yana bir afzalligi, toshtegirmonning noni bir hafta tursa ham qotib qolmaydi.
Toshtegirmonda don qirqilmaydi, balki ezib maydalanadi. Bug‘doyning qobig‘i ham aralashib ketadi. Hozirgi ko‘p zamonaviy tegirmonlar donni qirqib maydalaydi va kepakni alohida ajratib chiqaradi. Natijada, bug‘doy tarkibidagi eng foydali minerallar kepakka qo‘shilib chiqitga chiqib ketadi.
Bu usulni ovqatlanish tartibiga kiritish bilan kamqonlik xastaligidan xalos bo‘lishda ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Kasalliklar
Kamqonlikni davolaymiz