JONIBEK haqida

JONIBEK haqida

JONIBEK

JONIBEK ibn Baroqxon ibn Qoʻyruchuq oʻgʻlon ibn Oʻrusxon (15-a.) — qozoq xoni. Joʻjixon avlodidan. Oʻzbek ulusiga egalik qilish uchun Abulxayrxonga qarshi kurash olib borgan. Lekin Abulxayrxondan magʻlub boʻlgach, Kirayxon bilan birga Moʻgʻumistonga Esonbugʻaxon huzuriga qochgan (1428). Xon ular ixtiyoriga Moʻgʻulistonning gʻarbiy chekkasi boʻlgan Chu va Qoʻziboshi viloyatlarini bergan. Abulxayrxon vafotidan soʻng Oʻzbek ulusida parokandalik, oʻzaro ichki nizolar kuchaygan. Ulusning koʻpgina aholisi (200 ming kishi) Jonibek va Kirayxon panohiga koʻchib kelgan. Ularni oʻzbek-qozoq deb atay boshlaganlar. Qozoq sultonlari 1466-y. dan hukmronlik qila boshlaganlar. Jonibek vafotidan soʻng katta oʻgʻli Adik sulton taxtga oʻtirgan. Shayboniyxon Xurosonga yurish qilganda Adik sulton ham ushbu yurishda qatnashib oʻsha yerda vafot etgan (1510).

Ensiklopediya.uz
JONIBEK