Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish to’liq malumot oling
Mazkur ma’muriy reglament jismoniy va yuridik shaxslarga ayrim turdagi xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga 10 dan ortiq xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tartibi belgilandi, jumladan:
Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqlik to‘g‘risida;
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;
Gidrogeologik xulosa berish;
Avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchalarining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;
Radiotexnik inshootlarning sanitariya xulosasini (sanitariya pasporti) berish;
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan xulosa berish;
Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish bo‘yicha.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXP
(my.gov.uz) orqali murojaat etadi.
YaIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, arizani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ariza beruvchi belgilangan talablarga javob bermaganda;
xujjatlarda yolg‘on yoki qalbaki ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlanganda;
talabgor tomonidan belgilangan muddatda hujjatlar qayta taqdim etilmaganda.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish rad etilganda, ariza beruvchi 1 oy muddatda davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish asoslarini bartaraf qilgan holda yig‘im to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Xulosa ob’ekti mazkur Reglament va tegishli pasportlar talablariga muvofiq bo‘lganda, vakolatli organ tomonidan QR-kod qo‘yilgan xulosa avtomatik ravishda shakllantiriladi va tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchining YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Xulosaning amal qilishi quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
ariza beruvchi xulosaning amal qilishini bekor qilish bo‘yicha murojaat qilganda;
xulosaning amal qilish muddati tamom bo‘lganda;
xulosa ob’ekti tugatilganda, o‘zgartirilganda va yo‘q qilinganda.
Foydali Maslahatlar
Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish