JILONBUZGAN DEVORLARI haqida

JILONBUZGAN DEVORLARI haqida

JILONBUZGAN DEVORLARI

JILONBUZGAN DEVORLARIOhangaron vodiysini jan.-sharqiy tomondan uragan qad. mudofaa devorlari. J. d. Chatqol togʻlaridan boshlanib, Ohangaron daryosining oʻng va chap sohillaridagi qad. sugʻorilgan yerlarni oʻz ichiga olgan holda Sirdaryoning oʻng qirgʻogʻiga kelib taqaladi va Sirdaryoning chap qirgʻoq tomonida ham davom etadi. Jilonbuzgan devorlari Markaziy Osiyoda arablar hukmronligi davrida (8—9-a. lar) Ohangaron vodiysidagi obod yerlarni koʻchmanchilarning hujumlaridan mudofaa qilish uchun barpo etilgan. Jilonbuzgan devorlarini 1957, 1959, 1967-y. larda arxeolog X. Muhamedov tekshirgan.

Jilonbuzgan devorlari bir-biriga parallel holda 2—3 qator paxsa devor urib, ularning oraligidagi maxsus qoldirilgan boʻshliq loy (loʻmboz) va tuproq bilan tuldirilgan. Shu sababli Jilonbuzgan devorlarining xarobalari birbiriga parallel ikki-uch qator sunʼiy marzalar (kengligi 35—45 m va bal. 2—3 m) holida saqlangan.

Ad.: Muhamedov X., Oʻzbekistonning qadimiy mudofaa inshootlari tarixidan, T., 1961.

Ensiklopediya.uz
JILONBUZGAN DEVORLARI