JHUKAR MADANIYATI haqida

JHUKAR MADANIYATI haqida

JHUKAR MADANIYATI

JHUKAR MADANIYATIjez davri madaniyati (mil. av. 2-ming yillik oʻrtalari). 1928-y. da hind arxeologi N. Mad-jumdar Jhukar aholi turar joyi (Pokistonning Sind viloyati) dan topgan. Jhukar madaniyatining asosiy yodgorliklari — Jhukar, Lohumjodaro va Chanxudaro (2 katlam). Jhukar madaniyati uylari pishiq gʻishtdan, oʻchoqlar qurilganligi bilan oʻziga xos. Sopol idishlaridagi geometrik va oʻsimliksimon naqshlar sargʻish fonda qora va qizil boʻyoq bilan chizilgan. Jez buyumlaridan keng foydalanilgan (bolta, bandak, tamgʻa va h. k.). Tamgʻamuhrlar sopol, toshdan tayyorlangan, turli geometrik shakllar, baʼzan hayvonlarning rasmlari bilan bezatilgan. Jhukar madaniyatining tamgʻa-muhrlari Xarappa tamgʻamuhrlaridan yozuvi yoʻqligi bilan farq qiladi. Jhukar madaniyati koʻp jihatdan Balujiston, Shim. Eron va Oʻrta Osiyo madaniyatiga oʻxshab ketadi.

Ad..Masson V. M., Drevnezemledelcheskaya kultura Margianы, M., L., 1959.

Ensiklopediya.uz
JHUKAR MADANIYATI