“Jeyms Uebb” fazo qismining eng tiniq tasvirini oldi to’liq malumot oling
CEERS fazo tadqiqoti dasturi doirasida “Jeyms Uebb” infraqizil kosmik teleskopi “Katta ayiq” yulduz turkumidagi fazo bir qismining rekord darajadagi keng burchakli, eng tiniq tasvirini olishga muvaffaq boʻldi. U koinot hayotining turli bosqichlarida mavjud boʻlgan juda koʻp galaktikalarni, shu jumladan, juda uzoq masofada joylashgan va yorugʻligi 13,5 milliard yildan koʻproq vaqt davomida Yerga yetib kelgan galaktikalardan birini ham oʻz ichiga oladi deyiladi veb-saytdagi sharhda. Bu yerda tasvirning toʻliq oʻlchamli versiyalarini yuklab olishingiz mumkin.
CEERS (Kosmik rivojlanish boʻyicha ilmiy tadqiqot) “Jeyms Uebb” tomonidan oʻtkazilgan birinchi chuqur osmon tadqiqotlaridan biri hisoblanadi. Unga 60 soatdan ortiq kuzatuv vaqti ajratilgan boʻlib, MIRI, NIRSpec va NIRCam uskunalari yordamida yaqin, oʻrta infraqizil diapazonlarda kuzatuvlar olib boriladi. Shuningdek, u koinotning 100 kvadrat daqiqa yoyga teng boʻlgan katta yulduz turkumidagi qismlarini qamrab oladi.
Tadqiqotlar tufayli olimlar z~9–13 qizil aralashmadagi 20–80 ga yaqin galaktikalarni, shuningdek, yuqori qizil aralashmadagi uzoqroq galaktikalarni kashf etishi va z 3’dan kattaroq 400 dan ortiq galaktikalarning spektrlarini qoʻlga kiritishi kutilmoqda. Bu bizning koinotdagi galaktikalarning kelib chiqishi va rivojlanishi, jumladan, superogʻir qora tuynuklarning oʻsishi va z~1–3’da yulduz hosil boʻlish tezligi harakati haqidagi tushunchamizni sezilarli darajada kengaytiradi.
CEERS Epoch 1 tadqiqot bosqichida NIRCam kamerasi tomonidan olingan 690 kadrdan iborat boʻlgan va koinot maydonining “Jeyms Uebb” tomonidan ishlangan birinchi chuqur tasviridan taxminan sakkiz baravar kattaroq maydonni qamrab oladigan rekord darajadagi keng fazo tasviridir. Kuzatuvlar jami bir kun davom etdi. U birinchi yulduzlar va galaktikalar paydo boʻlgunga qadar — katta portlashdan taxminan 200–300 million yil oʻtgach mavjud boʻlgan turli shakl va oʻlchamdagi juda koʻp sonli galaktikalarni koʻrsatdi.
Olimlar tasvirda topilgan bir qator qiziqarli jismlarni ajratib koʻrsatdi. Masalan, yulduz klasterlari va yulduz hosil boʻlish hududlari koʻp boʻlgan spiral galaktikalar, oʻzaro taʼsir qiluvchi va birlashuvchi galaktikalar, shuningdek, galaktikalarning bir chiziqda tasodifiy tekislanishi holatlari shular jumlasidandir.
CEERS tasviridagi tanlangan qiziqarli jismlar. NASA, STSCI, CEERS, TACC, S. Finkelshteyn , M. Begli , R. Larson, Z. Levay
Bundan tashqari, rasmda observatoriya tomonidan topilgan bir nechta juda olis masofada joylashgan galaktikalardan biri koʻrsatilgan. “Meysi galaktikasi” laqabli bu tizim z=14,3 fotometrik qizil fonga ega. Bu koinotning 286 million yil mavjud boʻlgan vaqtidagi yoshiga toʻgʻri keladi. Ushbu kashfiyot “Jeyms Uebb”ning keyingi kuzatuvlari bilan tasdiqlanishi kutilmoqda.
Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “«Джеймс Уэбб» получил свое самое обширное глубокое изображение участка неба” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: CEERS tadqiqoti tasviridagi “Meysi galaktikasi”ning oʻrni. NASA, STSCI, CEERS, TACC, S. Finkelshteyn , M. Begli , R. Larson, Z. Levay
Boshqa mavzular
“Jeyms Uebb” fazo qismining eng tiniq tasvirini oldi