Java dasturlash tili bo yicha onlayn darslar
Onlayn-kurslarni bandligingizga mutanosib tarzda tanlashingiz mumkin. Istalgan joyda, istalgan vaqtda shug‘ullana olasiz. Deyarli hamma ta’limiy onlayn-platformalar mobil qurilmalarda ishlaydi. Qulay kiyimda, bir finjon qahva bilan ma’ruza tinglay olasiz. Yo‘lga vaqt sarflash kerak emas. Bunday mayda narsalar ortiqcha zo‘riqishdan asraydi. Bundan ortgan vaqt va kuchingizni boshqa foydali va qiziqarli narsalarga sarflashingiz mumkin.
Onlayin darslik
.Net turli tillarda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun ishlatiladigan ramka deb ataladi. U tillarning o’zaro ishlashini ta’minlaydi, chunki har bir til boshqa tillarda ishlatilishi mumkin. Nuqtali tarmoq ramkasi Framework Class Library (FCL) deb nomlangan sinf kutubxonasidan iborat. NET Framework dasturiy ta’minotni yaratish uchun platformadir. Bu tilning o’zi emas. NET Frameworkda dasturiy ta’minotni yaratish uchun ishlab chiquvchilarning asosiy (lekin yagona emas) tillari C# va Visual Basic hisoblanadi.
Anvar Narzullayev
Anvar Narzullayev kurslari, Python kurslari, Algoritmlarni o’rganish
Backend dasturlash
Kompyuter dunyosida “backend” veb-sayt yoki dasturiy ta’minot dasturining foydalanuvchilar ko’rmaydigan har qanday qismiga ishora qiladi. . Backend jarayonlariga misollar: kiruvchi veb-sahifa so’rovini qayta ishlash. HTML yaratish uchun skriptni ishga tushirish (PHP, ASP, JSP va boshqalar). SQL so’rovlari yordamida ma’lumotlar bazasidan maqola kabi ma’lumotlarga kirish. Backend Development, shuningdek, server-side development sifatida ham tanilgan. . Backend ishlab chiquvchilari tomonidan yozilgan kod brauzerlarga ma’lumotlar bazalari bilan aloqa qilishda va ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasida saqlashda, ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o’qishda, ma’lumotlarni yangilashda va ma’lumotlar bazasidan datalarni yoki ma’lumotlarni o’chirishda yordam beradi.
Bepul kurslar
Data Science
Data science – bu ko’rinmas naqshlarni topish, mazmunli ma’lumotlarni olish va biznes qarorlarini qabul qilish uchun zamonaviy vositalar va usullardan foydalangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan shug’ullanadigan tadqiqot sohasi. Data science bashoratli modellarni yaratish uchun murakkab mashinani o’rganish algoritmlaridan foydalanadi. Tahlil uchun ishlatiladigan ma’lumotlar turli xil manbalardan olinishi va turli formatlarda taqdim etilishi mumkin.
Database
Database – bu odatda kompyuter tizimida elektron shaklda saqlanadigan tuzilgan ma’lumotlar yoki ma’lumotlarning uyushgan to’plami. Database odatda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (DBMS) tomonidan boshqariladi. . Aksariyat maʼlumotlar bazalari maʼlumotlarni yozish va soʻrov qilish uchun tuzilgan soʻrovlar tilidan (SQL) foydalanadi.
DevOps
DevOps – bu tashkilotning ilovalar va xizmatlarni yuqori tezlikda yetkazib berish qobiliyatini oshiradigan madaniy falsafalar, amaliyotlar va vositalarning kombinatsiyasi: mahsulotlarni an’anaviy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va infratuzilmani boshqarish jarayonlaridan foydalanadigan tashkilotlarga qaraganda tezroq rivojlanish va takomillashtirish.
Java dasturlash tili bo’yicha onlayn darslar
Ushbu maqolada dunyoga mashhur bo’lgan Java dasturlash tili bo’yicha Texnoman.uz saytida joylangan dasturlash bo’yicha darslar keltirilgan. Ular yordamida Siz Java dasturlash tilida dasturlashni o’rganishingiz mumkin.
Darslar dasturlash bo’yicha o’quv kurslari va markazlarida o’qitiladigani kabi oddiy, tushunarli yozilgan bo’lib, ularni to’liq o’rganib, misollarni bajarib, java dasturlash tilini onlayn boshlang’ich qismini o’rganib olasiz.
1-dars – Java nima?
2-dars – Java qismlari.
3-dars – Javada oddiy dastur.
4-dars – JDK, JRE va JVM farqlari.
5-dars – Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari.
6-dars – Javada tanlash operatorlari.
7-dars – Javada For Loop (Takrorlanuvchi sikl operatori).
8-dars – Java While Loop (Takrorlanuvchi operator).
8.1-dars – Java do-while Loop(takrorlanuvchi operatori).
9-dars – Javada massivlar.
10-dars – Java do-while Loop(takrorlanuvchi operatori).
11-dars – Obyekt va OYDning asosiy tushunchalari.
12-dars – Javada nomlash konsepsiyalari.
13-dars – Javada Yuklanma funksiya (Method Overloading).
14-dars – Javada konstruktor.
15-dars – Javada static kalit so’zi (keyword).
16-dars – Javada Inheritance(merosxo’rlik).
17-dars – Overriding (qayta yuklash) Funksiyalari..
18-dars – Javada polimorfizm.
19-dars – Javada abstrakt klass.
20-dars – Javada interfeys.
21-dars – Javada Collection (To’plam).
22-dars – Javada ArrayList klass.
23-dars – Javada LinkedList klassi.
24-dars – Javada Set.
25-dars – Javada Map.
26-dars – Javada Stringlar.
Java dasturlash tilini o’rganish bo’yicha savollar bo’lsa, izohda yozishingiz mumkin.
Onlayn-ta’limning 7 ta afzal jihati
Bugun butun dunyo onlayn-ta’limni joriy etish muammosi bilan to‘qnashdi. Koronavirus pandemiyasi sabab maktab o‘quvchilaridan to universitet talabalarigacha masofaviy ta’lim olmoqda. Buni kimdir xursandchilik bilan, kimdir tanqidiy nazar bilan qarshi oldi. To‘g‘ri, onlayn-ta’limning ba’zi kamchiliklari mavjud, ammo bugun uning afzalliklari haqida gaplasha qolaylik.
Vaqt borasida qulaylik
Onlayn-kurslarni bandligingizga mutanosib tarzda tanlashingiz mumkin. Istalgan joyda, istalgan vaqtda shug‘ullana olasiz. Deyarli hamma ta’limiy onlayn-platformalar mobil qurilmalarda ishlaydi. Qulay kiyimda, bir finjon qahva bilan ma’ruza tinglay olasiz. Yo‘lga vaqt sarflash kerak emas. Bunday mayda narsalar ortiqcha zo‘riqishdan asraydi. Bundan ortgan vaqt va kuchingizni boshqa foydali va qiziqarli narsalarga sarflashingiz mumkin.
Sifat borasida qolishmaydi
Tadqiqotlarga ko‘ra, onlayn-ta’lim ko‘pgina ko‘rsatkichlarga ko‘ra an’anaviy ta’limdan sifat borasida qolishmaydi. Amerika universitetlari o‘qituvchilarining 77 foizi onlayn-ta’limni sifat jihatdan an’anaviy ta’lim bilan teng, ba’zida esa undan ustun deb hisoblashadi. Kursning samaradorligi asosan tinglovchiga bog‘liq: masofaviy ta’lim ko‘proq intizom va shaxsiy nazorat talab qiladi.
Turli qulay vositalar: prezentatsiyalar, testlar, videolar, chat, ekran namoyishi va darsni qayta-qayta ko‘ra olish imkoniyati ta’limning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Onlayn ta’lim tashkilotchilari ma’ruza yoki mahorat-darslariga turli shaharlar va mamlakatlardan o‘qituvchilar va professionallarni taklif qilishi mumkin. Bu esa ta’lim hamda diplom obro‘si va sifatini oshiradi.
Qiziqarli va quvnoq
Onlayn-ta’lim vositalari darsni qiziqarli qilishga yordam beradi. Ayniqsa, aniq fanlar uchun qo‘llash qulay. Interaktiv mashg‘ulotlar, o‘yin usuli, yutuqlar va musobaqalar o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga sho‘ng‘ishiga olib keladi. Bundan tashqari, onlayn-darslardagi muloqot u qadar rasmiy emas, o‘quvchi o‘zini qulay his qiladi va kamroq stress his qiladi, bu ayniqsa, testlar va nazorat ishlarida muhim.
Arzon
Ota-onalarning hammasi farzandini o‘qitishni xohlaydi, biroq har kim ham obro‘li maktabga yuborolmaydi yoki xususiy darslar uchun to‘lov qilolmaydi. Guruhiy onlayn mashg‘ulotlar qimmat repetitor xizmatlari o‘rnini bosishi mumkin.
Hamma uchun mos va qulay
Onlayn-ta’lim har kimga o‘qish imkonini beradi. Ba’zilar kasallik, xizmat safarlari, tug‘ruq yoki uyining cheka joydaligi, jismoniy nuqsonlari tufayli maktab, universitet va kurslarga qatnay olmasligi mumkin. Bunday hollarda internet orqali ham yaxshi ta’lim olish, yangi kasbni va zarur ko‘nikmalarni egallash mumkin.
Ta’lim demokratizatsiyasi
Yaxshi ta’limiy platformalar butun dunyo bo‘ylab millionlab o‘quvchilarni o‘qitish imkonini beradi. Sinfda joy qolmagani haqida umuman gap bo‘lmaydi. Bitta guruh shakllangan bo‘lsa ham, yangisini topish muammo emas.
Tenglik
Irqi, dini, jinsi, millati, yoshi, kiyinishi, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra talabalar o‘rtasida diskriminizatsiyaning mavjud emasligi masofaviy ta’limning yana bir afzalliklaridan biridir. Hamma ishtirokchilar teng qatnasha oladi. Juda ko‘p gapiradigan, boshqalarga so‘z bermaydigan talaba bo‘lmaydi. Ayniqsa, introvertlar va materialni tushunishga ko‘p vaqt sarflaydigan o‘quvchilarga onlayn darslar juda ma’qul keladi.
Sarvinoz Omonova tayyorladi
Qiziqarli malumotlar
Java dasturlash tili bo yicha onlayn darslar