Jaloliddin Manguberdi haqida

Jaloliddin Manguberdi haqida
jaloliddin manguberdi haqida 65cb301d1f940

maxresdefault 2 1

Jaloliddin Manguberdi haqida

Mundarija скрыть
Jaloliddin Manguberdi haqida
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Jaloliddin Manguberdi
Tavallud topgan sana: 1199 yil
Vafot etgan sana: 1231 yil
Tug’ilgan joy:Xorazm
Tarjimai hol
Jaloliddin Manguberdi yoki Jaloliddin Menguberdi (Jalol id-Diniya va-d-Din Abu-l-Muzaffar Mankburni ibn Muhammad) (1199—1231) — (1220 yildan buyon) so‘nggi xorazmshoh, Ala id-Din Muhammad II va uning turkman xotini Oychechaklarning to‘ng‘ich o‘g‘li.
Jaloliddin Mekburni (yoki Manguberdi) nomini olib, “yuzida xoli bor” ma’nosini anglatadi. Jaloliddinning aniq tug‘ilgan sanasi noma’lum, uning rasmiy belgilangan tug‘ilgan sanasi 1198 yil.
Gurganj saroyida hurmatga sazovor bo’lgan baobro‘ buvisi, qipchoq malikasi Turkan xotunning qistovi bilan, mavjud an’analarga qaramay, taxtga Jaloliddinning kichik ukasi O‘zloqxon o‘tiradi. Jaloliddin harbiy muhitda ulg‘ayadi va jang san’atini erta o‘zlashtiradi. G‘azna (hozirgi Afg‘oniston) uning qaramog‘ida bo‘lishiga qaramay, otasi fitnalardan saqlanib, o‘g‘lini o‘zini oldida Gurganjda ushlab turadi. Yosh Jaloliddin dushmanlar bilan tinimsiz janglar bo‘lib o‘tuvchi chegaraga chiqishga haraqat qiladi.
Chingizxonning rejalashtirgan bosqinidan xabardor bo‘lib, Jaloliddin otasidan qo‘shinini Sirdaryoga qo‘yib, dushmanni o‘sha yerda kutib olishini so‘raydi, lekin otasi himoya devorlari va qal’asi dushmanni mamlakatga qo‘ymasligiga amin bo‘ladi va qo‘shinni to‘plamaslikka qaror qiladi. Mo‘g‘ullar shaharni shiddat bilan bosib oladi. Avvaliga, 1220 yil Buxoro, keyin Samarqand o‘rab olinadi. Jiddiy xastalangan Muhammad Kaspiyga qochadi. Uchta o‘g‘lini to‘playdi, Jaloliddinning beliga o‘z shamshirini osib, uni taxt vorisi etib tayinlaydi va boshqa ukalarini akasiga itoat qilishlarini undaydi.  Muhammadning o‘limidan so‘ng Jaloliddin taxtga o‘tiradi, lekin Gurganj aslzodalari yangi hukmdorni bepisand qilib, xalq madadidan chetda qoldirishadi.
Jaloliddin uch yuz sodiq turkman jigitlaridan iborat qo‘shin to‘playdi va Xurosonga yo‘l oladi. Niso atrofida ular yetti yuz kishilik mo‘g‘ul qo‘shinini kutib olishadi va ularni osonlikcha yengishadi. Ushbu arzimas g‘alaba Xuroson aholisini mo‘g‘ul istilochilariga qarshi g‘ayratlantiradi, natijada, Chingizxon o‘z qo‘shinini Xorazm va Xurosonga yo‘llaydi va Jaloliddinning kichik ukalarini qo‘shini bilan yuzlanib, ularni ayovsiz tor-mor etadi.
Jaloliddin vasiyat qilib qoldirilgan yeri tomon yo‘l olarkan, Marv noibi Xon Malik va uning qirq ming kishilik lashkari, turkman xoni Sayf id-din va uning qirq ming kishilik lashkari bilan ittifoqdosh tutinadi. Qandahor yaqinida birlashgan lashkarlar qo‘shini mo‘g‘ullarni yo‘q qiladi va Jaloliddin G‘aznagacha yetib boradi.
Murg‘ab yuqorisida unga Marvning sobiq noibi Xon Malik va turkman xoni Sayf id-din qo‘shiladi. G‘aznaga keliboq, Jaloliddin tez orada, o‘n ming kishilik qo‘shin to‘plab, Qandahorni qamal qilgan mo‘g‘ullarga qarshi yurib, uni tor-mor etadi. Bo‘lingan xorazmlik lashkarlarning harbiy qo‘mondonlari o‘z hukmdorining muvaffaqiyati haqida eshitib, G‘aznaga to‘plana boshlaydi va tez orada, Jaloliddin boshchiligida 70 mingga yaqin askar yig‘iladi. U bilan birga og‘asi Amin al Mulk, sarkarda Timur Malik, qarluqlar xoni Azam Malik va afg‘onlar muallimi Muzaffar Maliklar ham keladi. Chingizxon xali xorazmshoh kuchidan bexabar bo‘lib, unga qarshi Shiki Xutuxu boshchiligidagi 30-minglik qo‘shinini jo‘natadi.
Parvonadagi jang
Bahorda Jaloliddinning qo‘shini G‘ori daryosidagi Valian qishlog‘ida Shiki Xutuxuning yetakchi lashkariga duch keladi. Mo‘g‘ul qo‘shini, deyarli butunlay yakson etiladi: bor-yo‘g‘i yuzta askar jon saqlab qoladi. So‘ngra, Jaloliddin dara tomon yo‘l olib, u yerda jangni kutadi. Shiki Xutuxu o‘zining bor qo‘shinini shu yerga yo‘naltiradi. Ikki qo‘shin haybatli qoyalar orasidagi toshloq darada uchrashadi. Joy otliq lashkar uchun noqulay bo‘lib, ikki tomon ham harakatdan tiyinishga majbur edi. Jaloliddin Temur Malikka piyoda kamonchilar bilan oldinga siljishlarini buyuradi. Xorazmliklar yovning kuchsiz tomonini sezganligiga qaramay, Shiki Xutuxu birinchi kun o‘zini tiyadi, keyin qoyalarga ko‘tariladi va mo‘g‘ullarga tepadan yoy otishni boshlab, mo‘g‘ul qo‘shiniga jiddiy talofot yetkazadi.
Ertasiga Jaloliddinning askarlari daraga bir nazar boqib, mo‘g‘ullar qo‘shini soni ko‘payganini payqashadi. Aslida, Shiki Xutuxu zahiradagi otlarga mato bilan o‘ralgan poxol tulumlarni o‘tkazib qo‘yishni buyurgan bo‘ladi. Dushman tarafning chap qanotiga uyushtirilgan hujum o‘q-nayza do‘li ostida qoladi. Shunda Shiki Xutuxu dushmanga aylanasiga hujum uyushtirishni buyuradi. Biroq, o‘y-yoylar do‘li va qoyatoshli yon-atrof mo‘g‘ullar yutug‘iga to‘sqinlik qiladi. Jaloliddin o‘z jangchilarini egarlatadi va qo‘shimcha hujumga kirishadi. Qo‘qqisdan uyushtirilgan hamladan mo‘g‘ullar qocha boshlaydi. Xorazmshoh jangchilari chekinadi va Shiki Xutuxu o‘zining yarim qo‘shinidan ayriladi. (Afg‘oniston: Aleksandr Makedonskiy davridan Tolibonlargacha bo‘lgan jangchilar tarixi. — M.: nashriyot Eksmo.) Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Chingizxonning G‘arbga o‘tishi davrida Parvonadagi mo‘g‘ul jangchilarining tor-mor etilishi ularning O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistondagi janglari ichida yagona yirik mag‘lubiyati bo‘lgan.
Jaloliddinga nafaqat jangchilari, balki aholisi ham odil va haqqoniy hukmdor o‘rnida madad ko‘rsatgan. Parvonadagi mag‘lubiyatdan so‘ng mo‘g‘ullar Afg‘oniston hududini tark etadi. Ularga javoban, Chingizxon xorazmshohlarga qarshi yangi jangda ishtirok etishga qaror qiladi. Ammo, Jaloliddin endigina Chingizxon bilan hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqt uni qo‘llab-quvvatlovchi sarkardalar orasida nizo kelib chiqib, qipchoq, qarluq va afg‘onlar Jaloliddinni tark etishadi.
Parvonadagi mo‘g‘ularning mag‘lubiyatidan so‘ng boshqa kuchlar boshida Chingizxonning o‘zi Jaloliddinga qarshi yurish qiladi. Uni Sind daryosi qirg‘og‘ida 1221 yilning 9 dekabr kuni ushlaydi. Xorazmshoh qo‘shinini yarim oy shaklida tizib, daryoni ikki tarafdan to‘sib qo‘yadi. Mo‘g‘ullar to‘siqqa yopishadi va tez orada halok bo‘lishadi. Markaziy qismi to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladi, ammo ko‘plab askarlar nobud bo‘ladi. Jaloliddin o‘zining haromini butunlay suvga cho‘ktirishni buyuradi, so‘ngra, asir tushmaslik uchun tulpori bilan o‘zini Sind daryosining katta qoyasiga tashlaydi. 6 ming chavandozlik xorazmshoh Sind daryosining boshqa qirg‘og‘idan o‘tib, hatto, mo‘g‘ullarni quroli bilan qo‘rqitishga ham ulguradi. Jangda Jaloliddinning oilasi asir olinadi va o‘ldiralid, o‘zi esa Sindga ketadi. Afsonaga ko‘ra, Chingizxon yosh sultonning jasoratiga tan berib, o‘zining ko‘plab o‘g‘illariga: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim”, degan ekan. Chingizxonni ta’qib etish uchun Balo noyon va Burbon ismli tuman begilar boshchiligidagi lashkarni yuboradi. Biroq, Multan shahrigacha yetib borgach, mo‘g‘ullar sulton izini yo‘qotishadi.
Jud tog‘ida joylashgan Shatra ma’muriyatining mahalliy sind ranasi o‘z hududida Jaloliddinni qolgan askarlari bilan paydo bo‘lganini bilib, 5 ming kishilik piyoda askarini va ming kishilik chavandoz askarni to‘plab, unga qarshi yurish qiladi. Kutilmaganda Jaloliddinning o‘zi unga qarshi hujum uyushtiradi. U o‘zi shaxsan ranaga o‘q uzib o‘ldiradi, lashkarlari esa qisqa jangdan so‘ng tarqalib ketadi. 1224 yilning boshigacha Jaloliddin Hindistonda yashaydi, Eron va Mesopotamiyaga yurishga kirishadi. To‘rt yil davomida Jaloliddin Hindistonda mo‘g‘ullar bilan jang olib boradi.
U turkmanlardan iborat yangi qo‘shin to‘playdi va G‘arbiy Eronga — Kavkazga yo‘l oladi. 1225 yil Jaloliddin janubdan shimoliy Eronga bostirib kiradi. Jiddiy qarshiliksiz Marag‘ani egallab, sulton Tabrizga yo‘l oladi va shaharni zabt etadi. Otabek O‘zbek Ganzakka qochadi, u yerdan mustahkam Alinjo qal’asiga ketib, o‘sha yerda vafot etadi. Qisqa vaqt ichida Jaloliddin hukmronligini Ganj, Barda, Shamkir va Arranning boshqa shaharlari tan oladi. 1225 yil Jaloliddin qo‘shini Gruziya va Armanistonni qisman egallaydi. 1225 yil 8 avgustda Sharqiy Armanistonning Dvin shahri yaqinida gruzin-armanlar va Jaloliddin qo‘shini o‘rtasida tarixga Garni Jangi deb kirgan jang bo‘lib o‘tadi. Unda xorazmshoh g‘alaba qozonadi. Tinchlik sulhini tuzish va mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi yurish taklifi bilan o‘z elchilarini gruzinlarga yuboradi, lekin malika Rusudandan rad javobini oladi. 1226 yil Gruziyani egallab, uning poytaxti Tbilisini vayron etadi, u yerdagi barcha cherkovlarni buzdirib tashlaydi. Tbilisida islom dinini qabul qilganlargina tirik qoladi. Jiloliddin sharqiy Kavkaz ortini zabt etishi jarayonida Ildegizidlar davlati qulaydi. Shervarshohlar ham o‘zlarini Jaloliddinga tobeligini qabul qiladi.
1227 yil Rey yaqinida Jaloliddin mo‘g‘ullar qo‘shinini tor-mor etadi. Shu yilning o‘zida Isfaxon aholisi tomonidan yordamga chaqirilgan xorazmshoh Isfaxon shahri yaqinida mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonadi. Jaloliddin bir varakayiga ikki jangovar harakatni tutadi: G‘arbiy Eronda mo‘g‘ullarga qarshi hamda Kavkaz ortida arman va gruzinlarga qarshi. Ammo 1228 yil kilik-arman podshosi Getum I va misrlik sulton Ashraf bilan birlashgan rum sultoni Alouddin xorazmshohga qarshi jang boshlaydi. Xorazmshoh qo‘shini ushbu hujumga bardosh bera olmay, mag‘lubiyatga uchraydi.
Jaloliddin qipchoq xonlariga mo‘g‘ul istilochilariga qarshi birlashish taklifi bilan maktub yo‘llaydi va 1220 yil Chingizxonning o‘g‘li Jo‘ji tomonidan qo‘lga olingan va bir nafar farzandi bor singlisidan javob xatini oladi. Maktabda u Jaloliddinni mo‘g‘ullar bilan ittifoqdosh bo‘lishga ko‘ndiradi va unga Amudaryo yaqinidagi yerlarni taklif qiladi. Ammo mazkur xatga Jaloliddin javob yozmaydi.
Jaloliddin dushmanlariga qarshi dovyurak qarshiliklar ko‘rsatadi. 1230 yil Iroqdagi Xilot qal’asi zabt etilgach, xorazmshoh Mesopotamiya va Kichik Osiyo hukmdorlarining ittifoqi natijasidagi hujumda mag‘lubiyatga uchraydi. Jaloliddin qo‘shiniga yakuni zarbani Charmag‘on boshchiligidagi mo‘g‘ullarning Ugedey lashkari yetkazadi. Jaloliddin jangda og‘ir jarohatlanadi, so‘ngra u Qurdiston tog‘lariga yashirinishga harakat qiladi u o‘sha yerda o‘ldiriladi. Jaloliddin siymosi afsonaga aylanadi, unga yozuvchi Vasiliy Yanning “Mardlik qanotlarida” ertak-qissasi va boshqa asarlar bag‘ishlangan.
Jaloliddin Manguberdi “milliy qahramon”lardan biri. 1999 yili mamlakatimizda Jaloliddin tavalludining 800 yilligi keng nishonlangan. O‘zbeksitonda unga atab bir nechta haykallar o‘rnatilgan, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial majmua qurilgan.
1999 yil Jaloliddinning 800-yillik yubileyiga bag‘ishlangan 25 so’mlik yubiley tangalar muomalaga kiritilgan.
2000 yilning 30 avgust kuni “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan. Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar. 2003 yilning 22 avgust kuni ushbu orden bilan Xorazm viloyati mukofotlangan.
Jaloliddin, shuningdek, Turkmanistonda ham hurmat qozongan bo‘lib, uning mo‘g‘ullarga qarshi jasorati bugungi kunda ham tarannum etiladi.
arboblar.uz

Jaloliddin Manguberdi haqida