ISSIQXONA EKINLARI
ISSIQXONA EKINLARI — issiqxonalarda oʻstiriladigan oʻsimliklar. I. e. ga, asosan, pomidor va bodring, qisman limon, gullar, barra piyoz, rediska, koʻkat sabzavotlardan ukrop, salat, petrushka, shuningdek, shampinyon zamburugʻi, ovqatga yangiligida ishla-tiladigan ziravorlar, salaLir va manzarali oʻsimliklar kiradi. Issiqxona ekinlarini oʻstirish usullari: doimiy joyga ekish, koʻchat qilib oʻtqazish, yetiltirish, oʻsishni tezlatish. Issiqxona ekinlari yorugʻni koʻp talab etadi. Salatbop sachratki va shampinyon qorongʻida oʻstiriladi. Issiqxona ekinlarining haroratga talabchanligi har xil. Bodring, qovun, tarvuz, pomidor, baklajon, qalampir, piyoz, petrushka, selderey yuqori harorat (18—28°) da; gulkaram, rediska, salat, kolbari, ukrop va b. moʻtadil harorat (12—16°) da oʻstiriladi. Bahor-yoz oylarida bodring, pomidor, salat, gulkaram va b. ; kuzqish oylarida pomidor, koʻk piyoz, gulkaram, salat, selderey, petrushka va b. yetishtiriladi. Bodring tugishi va mevalarning oʻsishi uchun fotosintetik aktiv radiatsiyaning (FAR) minimal oʻrtacha kunlik yigʻindisi 28 kkal/sm2 ni, pomidor uchun esa 38 kkal/ sm2 ni tashkil etishi lozim. Oʻzbekistonda FARning dek. —yanv. oylaridagi yigʻindisi 2620—3390 kkal/sm2 tashkil etadi. Kuzqish davrida bodring yetishtirish uchun tuvakchalarda yetishtirilgan kuchatlar sent. da issiqxonaga oʻtkaziladi, okt. ning 2-yarmidayoq ulardan hosil olinadi. Kishki issikxonaga bodring urugʻi dek. ning oxirida ekiladi, 40—45 kunlik koʻchati esa yanv. ning 2-yarmi—fev. ning boshlarida oʻtkaziladi. Bahorgi issiqxonalarga koʻchat martning boshlarida oʻtqaziladi. Kuzqish davrida pomidor yetishtirish uchun urugʻi iyulda tuvakchalarga ekilib, kuchatlarni avg. da issiqxonaga oʻtkaziladi. Qish-koʻklam davridagiga esa urug dek. ning boshida sepilib, koʻchati fev. ning boshlarida issiqxonaga oʻtkaziladi. Bahorgi issiqxonalarga faqat martning boshlarida koʻchat oʻtqazish mumkin boʻlganligi sababli, urugʻ yanv. boshlarida ekiladi. Issiqxona ekinlarining hosili oʻsimliklarning isteʼmol qilinadigan qismlari (barg, poya, ildizmeva, meva, tugunak va b.) yetilishiga qarab yigʻishtirib olinadi.
Ensiklopediya.uz
ISSIQXONA EKINLARI