ISSIQLIK ALMASHINISH

ISSIQLIK ALMASHINISH

ISSIQLIK ALMASHINISH, issiqlik uzatish— issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik uzatilishi b-n bogʻliq boʻlgan oʻz-oʻzidan yuz beruvchi kaytmas jarayon; mikrozarralarning tartibsiz harakati bilan boglik boʻlgan, energiyasining bir jismdan ikkinchi jismga mikroskopik ish bajarmasdan uzatilishiga olib keluvchi jarayonlar majmui. Issiqlik almashinish issiklik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va radiatsiya yoʻli bilan sodir boʻladi. Isituvchi sirt issiklik uzatuvchi sirt deb ataladi. Issiqlik almashinishda suyuqlik yoki gaz (bugʻ) ish muhiti hisoblanadi. Issiqlik almashinish nazariyasi energiyani uzatish haqidagi taʼlimotning bir qismi boʻlib, texnik termodinamika bilan birga issiklik texnikasishtt na-zariy asosini tashkil qiladi. Bugʻ Kozonlarida, bugʻ va gaz turbinalarida, pechlarda Issiqlik almashinish hodisasi roʻy beradi. Tabiatda uzluksiz Issiqlik almashinish yuz berib turadi. Issiqlik almashinishning nazariy va amaliy masa-lalari issiqlik texnikasida oʻrganiladi.

Ensiklopediya.uz
ISSIQLIK ALMASHINISH