ISM
ISM, ot — bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan nom. I. shaxslarni oila, avlod, mahalla, jamoa doirasida ajratishga imkon beradi. Odatda, chaqaloqqa Ismni otaonasi, qarindosh-urugʻ, oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Qanday Ism qoʻyilishi estetik va etik tamoiillar, Ism tanlovchilarning orzu-istaklari, tasavvur va dunyokarashlari, milliy xu-susiyat va b. bilan bogʻlangandir. Ism qoʻyishda dinning taʼsiri, ayniqsa, kuchli boʻldi. Xristianlik vujudga kelib, monoteistik dinga aylanganidan keyin Bibliyaaagi paygʻambarlarning Ism lari jahondagi koʻpgina xalqlarda ommaviy Ismlar boʻlib qoldi. Islom dinining tarqalishi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, oʻzbeklarda bu din tushunchalari bilan bogʻliq Ism larning koʻpayishiga olib keldi. Xalqimiz Qurʼoni karimda tilga olingan Allohning goʻzal ismlarini (q. al-Asmo alhusno), Muhammad (sav)ning nomlarini oʻz farzandlariga qoʻyishni rasm qildi. Xullas, har bir Ism muayyan sabab bilan paydo boʻlib, oʻzining tarixi, geografik tarqalishi, hududi va maz-munigaega. Qadimqadimdan Ism qoʻyishning turli rasm-rusm, udumlari saqlanib qolgan, chunki bolaning sogʻ boʻlishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qoʻyiladigan Ism bilan bogʻliq boʻladi, deb hisoblangan. Kishiga muvaffaqiyatli tanlangan Ism uning taqdiri, hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi, Ism odamning ruhiyatini oʻzida mu-jassam qiladi, kishi oʻz Ism iga oʻxshay-di, deb ishonishgan. Musulmon oilalarida bolaga Ism qoʻyish bilan bogʻliq alohida marosim oʻtkazib kelinadi (q. Aqika).
Ensiklopediya.uz
ism)