ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Hali O‘zbekiston Ittifoq tarkibida bo‘lgan, xalqning milliy madaniyati va ma’naviyatini asrash u yoqda tursin, bu mavzuni ko‘tarishning o‘ziga millatchilik sifatida qaralgan bir paytda bunday qarorning qabul qilinishi tom ma’noda jasorat edi.

Ona tili-bu millatning ruhidir…

2021-yil 20-oktyabr kuni 3-TTJ da “Til-millat ruhi” deb nomlangan tadbir tashkil qilindi. Tadbirni 3-TTJ tarbiyachi-pedagogi A. Xaitova, 3-TTJ talabalar kengashi raisi Sh.Ismatov, faol talabalardan O.Pardayeva, A. Xushbakovlar tashkillashtirdi. Tadbirda QXM fakultetining 1-bosqich talabalari faol ishtirok etdi. Tadbirda o`zbek tilini madh etuvchi she`rlar aytildi hamda lobar qizlarimiz tomonidan go`zal raqs, qo`shiqlar va go`zal alla ijro etildi. Til-davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma`naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi ekanligi aytib o`tildi. Tadbirda o`zbek tili va adabiyoti kafedra mudiri F.Qilichova, ustozlardan R.Kadirova, U.Usmonovlar hamda QXM fakultetining “Qishloq xo`jaligi mashinalari” kafedrasi dotsenti P.Berdimurodov, QSXET fakultetidan T.Boyzakovlar ishtirok etdi.

Tadbirda o`zbek tili va adabiyoti kafedra o`qituvchisi R.Kadirova so`zga chiqib o`zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o`tilgan qiyinchiliklardan tortib xozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog`onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa`y-harakatlar, tilimizni e`zozlash uning davlat tili sifatidagi maqomi va jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma`naviy burchimiz bo`lib qolishi uqtirildi. Har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etish ta`kidlandi. Faol ishtirok etgan talabalarga minnatdorchilik bildirildi.

Ona tili – bu millatning ruxidir

Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.

O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida davlat tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo‘yildi va 1989 yil 21-oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi alohida qonuni qabul qilindi.

Hali O‘zbekiston Ittifoq tarkibida bo‘lgan, xalqning milliy madaniyati va ma’naviyatini asrash u yoqda tursin, bu mavzuni ko‘tarishning o‘ziga millatchilik sifatida qaralgan bir paytda bunday qarorning qabul qilinishi tom ma’noda jasorat edi.

Aynan Islom Karimovning siyosiy irodasi, shijoati va qat’iyati tufayli tariximizning, milliy qadriyatlarimizning tiklanishida, o‘zligimizni yanada chuqurroq anglashimizda muhim omil bo‘lgan mazkur loyiha amalga oshirildi.

Islom Abdug‘aniyevich tilshunos olimlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar, yozuvchi va shoirlar davlat arboblari qatorida qonun loyihasi muhokamalarida bevosita ishtirok etib, hujjatning har bir bandi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirgan.

Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma’naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya’ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e’tibori, ehtiromi namoyon etildi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘zbek tili davlat tili, davlat ramzi, milliy madaniyat va ma’naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‘tarildi.

O‘zbek tilini boyitish va takomillashtirishga doir ko‘plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli sohalarga oid lug‘atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda.

O‘zbek tilini rivojlantirishga e’tibor, mazkur masalasining ustuvorligi va dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorida o‘z ifodasini topgan.

«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir», – deyiladi hujjatda.

Qarorda qayd etilishicha, mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.

21-oktabr kuni ushbu sanaga bag‘ishlangan bayramona tadbirlar mamlakatdagi barcha shahar va tumanlarda tashkil etildi.

Temur Kurbonboyev olgan suratlar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

O’zbekistonda 1989 yil 21 oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo’yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o’zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o’quv markazida “21 oktyabr` – O’zbek tili bayrami” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

O’tkazilgan tadbirga Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining “O’zbek tili va adabiyoti” fakul`teti o’zbek tili
va filologiya kafedrasi dotsenti Karimova Gulshod Mamatkadirovna taklif etildi.

Dotsent G.M.Karimova saf maydonida tashkil etilgan tadbirda markazning doimiy va o’zgaruvchan shaxsiy tarkibiga o’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqei to’g’risida ma’ruza qildi.

Markaz xodimlari nomidan kichik serjant Karim Noraliev o’zbek tilining tarixiga doir ma’lumotlar bilan birga g’azal mulkining sultoni A.Navoiyning tilimizni tarannum etuvchi g’azallaridan va o’zining ijod qalamiga mansub she’rlarini o’qib tadbir ishtirokchilarini bahramand etdi.

Ko’tarinki, ruhda o’tkazilgan tadbir so’ngida ma’ruzachiga O’quv markazi boshlig’ining tashakkurnomasi taqdim etildi.

IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o’quv markazi

Ona tili – bu millatning ruhidir…

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi.

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21 oktyabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan butun respublika miqyosida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ulug‘ Turkistonim, oltin dalalar,
Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib,
U sening tilingda aytar allalar,
Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim.

Navoiy baytiga o‘xshaydi yo‘llar,
Bu toshlar Hamzaning qotili, hayhot!
Nahotki umrbod o‘rtasa o‘ylar,
Umrbod zanjirband etsa xotirot?

Zanjirbandman, ona tilim Ona so‘zingga,
Kundayin so‘larman, oydek to‘larman,
Mil kabi tortarman seni ko‘zimga.

Men g‘arib bandangman. Bir so‘z tilarman,
Boshimni qo‘yarman sening izingga,
Qudsiya anfosin aytib o‘larman.

Qiziqarli malumotlar
ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI