IQTISODIY TANGLIKLAR

IQTISODIY TANGLIKLAR

IQTISODIY TANGLIKLAR — iqtisodiy siklning tushkunlik holati b-n tavsiflanuvchi maxsus fazasi, mamlakat iqtisodiyotida vaqt-vaqti bilan yuzaga keladigan chuqur nomutano-sibliklar. Mamlakat iqtisodiy ahvolining keskin yomonlashuvi, i. ch. ning gʻoyat pasayishi, shakllangan iqtisodiy aloqalarning buzilishi, korxonalarning bankrotligi, ishsizlikning oʻsishi va oxir-oqibat aholi turmush da-rajasining pasayishini keltirib chiqaradi. Iqtisodiy tangliklar ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va isteʼmol qilinishi lozim boʻlgan mahsulot hajmi, inves-titsion tovarlar va isteʼmol mahsulotlari, aholi daromadlari va xara-jatlari, eksport va import, byudjet daromadlari va xarajatlari, korxonalarning majburiyatlari va uni bajarish imkoniyati oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin. Keng maʼnoda Iqtisodiy tangliklarni jami talab bilan jami taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi keltirib chikaradi.

Ensiklopediya.uz
IQTISODIY TANGLIKLAR