IPOTEKA BANKI

IPOTEKA BANKI

IPOTEKA BANKI — koʻchmas mulk garovi hisobiga ipoteka kreditlarini berish bilan shugʻullanadigan ixtisoslashtirilgan tijorat banki. I. b. kre-ditlari uzok, muddatga beriladi. Bank vositalari, asosan, ipoteka krediti olishni xoxlagan mijozlarning omonatlari hamda bankning oʻz kapitali hisobidan shakllanadi. Kreditlashning yoʻnalishiga qarab Ipoteka banki lari yer garovi hisobiga kredit beruvchi — yer banki; melioratsiya ishlarini bajarish uchun kredit beruvchi — melioratsiya banki va shahardagi koʻchmas mulk garovi hisobiga kredit beruvchi kommunal banklarga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
IPOTEKA BANKI