Ipini bog oyoq kiyim bog’ichini bog’lash
II BOB.Aqli zaif bolalarni pedagogik o’rganish va tekshirish
Bog’lovchi. Bog’lovchilar haqida ma’lumot
Gap bo’laklarini yoki qo’shma gapning qismlarini bog’laydigan yordamchi so’zlar bog’lovchi deyiladi. Bog’lovchilar gap bo’laklari va ayrim sodda gaplarni o’zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko’rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o’rganib dono bo’lur») Kumush ichkariga kirib ko’zdan g’ oyib bo’ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.)
Bog’lovchilar qo’llanishiga ko’ra ikki turli bo’ladi: 1. YAkka bog’lovchilar. 2. Takroriy bog’lovchilar.
YAkka bog’lovchilar uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo’llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go’yo, basharti, garchi, go’yoki, holbuki, vaholanki.
Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o’rtanmas Omon (H.O.) Bu gullarni Azizxon, go’yo ona o’z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol). Ahli majlis Otabekni ko’klarga ko’tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga ishtirok etmas va nimadandir g’ijingandek ko’rinar edi. (A.Qod.)
Takroriy bog’lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o’rinda gap bo’laklari, shuningdek qo’shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam…, dam, goh…, goh, xoh…, xoh, yo…, yo, yoki…, yoki, ham…, ham, ba’zan…, ba’zan, bir…,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go’zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg’ubor bo’lib tuyular edi. (O.YO.) YO bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’ or ishni. (CHo’lpon). Dam bobomga, dam uning o’rtog’iga tikilaman. (O.) Dadasi… erkatoy o’g’lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.YO.)
Takroriy bog’lovchilardan yo,yoki yakka holda ham qo’llanishi mumkin, ham, ba’zan, bir so’zlari esa yakka holda qo’llansa bog’lovchi bo’la olmaydi. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yashamoqda bo’lgan yoki dunyodan ko’z yumgan yuzlarga shoirlarni xotirga oldi. (O.) Bu erda qovun tekin. Uzib beraymi yo o’zingiz uzasizmi? (S.Ahmad).
Bog’lovchilar gapdagi vazifasiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1) teng bog’lovchilar; 2) ergashtiruvchi bog’lovchilar.
1.Teng bog’lovchilar
Teng bog’lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo’laklarini va gaplarni o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Masalan, Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. (Stefan TSveyg). Agar so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.O.)
Teng bog’lovchilar biriktiruv, zidlov va ayiruv bog’lovchilariga bo’linadi.
1) biriktiruv bog’lovchilar guruhiga va, hamda, bilan, ham kabi so’zlar kiradi. Bu bog’lovchilar gapning uyushiq bo’laklarini, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog’laydi. Biriktiruv bog’lovchisi va eng ko’p qo’llanadigan bog’lovchidir. Bu bog’lovchi:
1) gapning uyushiq bo’laklarini bog’laydi: Aqlli odam olimlar, fozillar va tadbirli xunarmandlarning suhbatlarida bo’ladi, ulardan bahra oladi («Oz-oz o’rganib dono bo’lur»);
2) qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lashga xizmat qiladi va turli ma’no munosabatlarini ifodalaydi. Masalan: Hamid Rahmat bilan birga Otabekni Ziyo akanikiga taklif qilgali kelgani edi va biz ularni osh-suv qilib jo’natgan edik. (A.Qod.)
Ham, hamda bog’lovchilari ham gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun qo’llanadi. Sultonmurod ham do’st Zayniddin cheksiz quvondilar. (O.) Kun sovidi hamda erlar muzladi.
Ham so’zi bog’lovchi bo’lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim gap bo’laklarini ta’kidlash, kuchaytirish uchun ko’p ishlatiladi. Quyosh ham oltin to’rlarini to’kib, mag’ rur ko’tariladi (O.)
Biriktiruvchi bog’lovchilari bilan ko’makchisi, -da, -u(-yu) yuklamalari ham qo’llanadi.
Bobom asta ko’zlarini yumadi-da, allaqanday uzoq bir xayolga ketadi. (O.) Onayu bola – gulu lola. (Maqol). SHudgorda Jannatxola bilan Zebixon qoldi. (S.A.)
1) zidlov bog’lovchilari guruhiga biroq, ammo, lekin, balki, holbuki kabi so’zlar kiradi. Bu bog’lovchilar mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan bo’laklarni yoki gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladi.
Biroq, ammo, lekin bog’lovchilari gap bo’laklarini bog’lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to’ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi. Qo’shma gap qismlari tarkibidagi sodda gaplarni bog’lashda esa keyingi qism avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. SHuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo’layotganini, ikkinchisi inkor etilganigi ma’nosi anglashiladi. Masalan, Mahallada bolalar ko’p, lekin bir-biriga o’xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do’stning eskisi yaxshi. («Oz-oz o’rganib dono bo’lur»). O’xshash mevalarni saralaydi, xidlaydi, biroq egisi kelmaydi. (O.)
Zidlov bog’lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo’lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog’laydi:
Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo’laklari va gaplarni bog’lashda –da, -u (-yu) yuklamalari ham qo’llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.)
2) ayiruv bog’lovchilar guruhiga yo, yoki, yo…, yo, yoxud, dam…, dam, goh…, goh, xoh…, xoh, ba’zan…, ba’zan, bir-bir kabi so’zlar kiradi.
Bu bog’lovchilar narsa, voqea-hodisalarni boshqarishdan ajratish yoki ularning galma-gal bo’lishini ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
Bulardan yo, yoki, yo…, yo, xoh…, xoh bog’lovchilari uyushgan bo’laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko’rsatish uchun ishlatiladi: Poshshaxon Umrinisabibining qizini yo ko’rmadi, yo ko’rsa ham nazarga ilmadi. (CHo’lpon). «YO podshoh biron erga chiqadi yoki elchi kelishi kutiladi», – dedi Zayniddin. (O.) Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to’qqiz tonna paxta teribman. (S. A.)
Ba’zan…, ba’zan, dam…, dam, goh…, goh bog’lovchilari esa galma-gallikni, navbat bilan almashinib, takrorlanib turishni ifodalaydi. Dam tekisliklar bo’ylab balandga, dam pastga tushib boramiz. (O.) Nimqorong’i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. (O’.Hoshimov) Hasanali eshitmadimi yoxud eshitsa ham eshitmaganga soldimi, har nechuk javob bermadi (A. Qod.)
2.Ergashtiruvchi bog’lovchilar
Ergashtiruvchi bog’lovchilar qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga tobelanish yo’li bilan bog’laydi.
Ergashtiruvchi bog’lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga qarab: 1) aniqlov bog’lovchisi; 2) sabab bog’lovchilari; 3) chog’ishtiruv bog’lovchilari; 4) maqsad bog’lovchisi; 5) shart va to’liqsizlik bog’lovchilariga bo’linadi.
1) aniqlov bog’lovchlariga ya’ni, -ki (-kim) so’zlari mansub bo’lib, ular ergash gaplarni bosh gapga bog’lash uchun qo’llanadi. Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi. Mirzo Ulug’ bek joyiga o’tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi nomani tutdi. (O.Y.)
2) sabab bog’lovchilariga chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki kabi so’zlar kiradi. Bu bog’lovchilar ergash gapni bosh gapga bog’lab, sabab, payt ma’nolarini ifodalaydi. Chorasi bo’lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo’lmaydi. (Amir Temur o’gitlari) Ko’chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.) U ikki, balki uch yildan buyon o’z to’yini kutar edi. (O.)
3) chog’ishtiruv bog’lovchilari: go’yo, go’yoki. Bu bog’lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko’rsatadi. Sen menga baxsh etding ko’rkam bir yoshlik, go’yo qalbimda ulg’aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo’lishadi, go’yo yoshliklarini sog’inganday boshlarini quyi solishadi (O.)
4) maqsad bog’lovchisi toki qo’shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog’laydi. Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G’ .)
5) shart va to’liqsizlik bog’lovchilari: agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo.
Bu bog’lovchilar shart va to’liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo’lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to’liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g’ oya uchun kurash bilan o’tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo’lsa ham, kechagidan ko’ra qo’rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)
Bog’lovchi vazifasini bajaruvchi so’zlar
Boshqa so’z turkumiga oid ba’zi so’zlar ham bog’lovchi o’rnida qo’llanadi: bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da.
Masalan: Umrim shirin o’tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o’tirishibdi (O.)
Mavzu: Aqli zaif bolalarni pedagogik tekshirish. Reja: Kirish. Aqli zaiflik bu- I bob
Mavzu:Aqli zaif bolalarni pedagogik tekshirish.
Kirish. Aqli zaiflik bu-………..
I BOB.Aqli zaiflikning klinik tavsifi.
1.1. Aqli zaif bolalarda rivojlanish buzilishining biologik va jismoniy sabablari
1.2. Aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining muammosi va xususiyatlari
1.3. Aqli zaif bolalarni normal tengdoshlaridan farqlash
II BOB.Aqli zaif bolalarni pedagogik o’rganish va tekshirish
2.1. Aqli zaif bolalar bilish faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari
2.2. Aqli zaif bolalarni ta’limga o’rgatishdagi qiyinchiliklar va tasirlar
2.3. Aqli zaif bolalar uchun ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni komplekst tashkillashtirish
III BOB.Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar.
3.1. Nozik vosita mahoratlarini rivojlantiruvchi mashg’ulotlar.
3.2. Aqliy zaif bolalarning intellektual rivojlanishi uchun tuzatish mashqlari.
3.3. Aqli zaif bolalar uchun didaktik o’yinlar
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Tayanch tushunchalar: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim to‘g‘risida ”gi qonun, “ Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida ”gi qonun, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida ”gi qaror, Aqli zaiflik,Oligofrenopedagogika,egoizm, deletsiya,translokatsiya , fenilketonuriya,galaktozemiya,gistidinamiya,gistinuriya,tirozinemiya, fruktozuriya,
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus ta’lim talablariga muvofiq bilim olishlarini ta’minlash maqsadida hamda “ Ta’lim to‘g‘risida ” Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida ”, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida ”,” O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida ”asoslanib,bugungi kunda Aqli zaiflik va Aqli zaif bolalarni har tomonlama jumladan “Pedagogik o’rganish” bizning keng maqsadimiz bo’lib qoldi.
1929-yilda O‘zbekiston Respublikasi markaziy ijroiya qo‘mitasi raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev tashabbusi bilan nuqsonli bolalar uchun Toshkentda alohida maktab ochildi. ” Aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiliklari bo‘lgan bolalami o’qitish, tarbiyalash va ishga joylashtirish haqida”gi (1975) Qarordan keyin turli nuqsonli bolalarga bo‘lgan munosabat birmuncha kuchaydi. Buning natijasida ancha mukammallashtirilgan darsliklar yaratila boshlandi. Biroq, yordamchi maktab, uning maqsadi, vazifalari, bu maktablardagi ta’lim -tarbiya ishlarini tashkil etish, dars, uning tuzilishi, ta’lim tamoyillarining qo’llanilish xususiyatlari, ta’lim usullari, uning o‘ziga xos tomonlari, aqli zaif bolalarni tarbiyalash masalalarini va boshqa qator muammolami ochib beruvchi oligofrenopedagogika fanidan o‘zbek tilida birorta qo‘llanmaning yo‘qligi qilinayotgan ishlarimizning yanada samarali bo‘lishiga to‘sqinlik qilib kelgan. Mustaqillik sharofati bilan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar o‘zbek tilida yaratilishiga va nashr etilishiga keng imkon yaratildi. Jumladan, «Aqli zaif o‘quvchilar psixologiyasi», «Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar psixologiyasi», A.Soatov, P.M.Po‘latova bilan hammualliflikda «Oligofrenopedagogika asoslari» o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratdi.
Aqli zaiflik.Aqli zaif deganda bosh miyaning organik jihatdan jarohatlanishi natijasida psixik, birinchi navbatda intellektual rivojlanishning turg‘un pasayishi tushuniladi.Aqli zaif bolalar umum ta’lim maktablari dasturini о’zlashtirishga qodir bo’lmaydilar. Og’ir darajadagi aqli zaif bolalar maktabda bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirib ololmaydilar. Aqliy zaiflik – bu butun ruhiyatning, umuman shaxsning markaziy asab tizimiga barqaror organik shikastlanishi natijasida sifatli o’zgarish. Bu nafaqat rivojlanish, balki hissiyotlar, irodalar, xatti-harakatlar, jismoniy rivojlanishda ham azoblanadigan rivojlanishning atipiyasi.Aqli zaif bolalar bilim qiziqishlarining rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi, bu ularning bilimga bo’lgan ehtiyojni his qiladigan oddiy rivojlanayotgan tengdoshlaridan kam ekanligidir. Ular sekinroq sur’atlarga ega va idrokni kam farqlashadi. Aqli zaif bolalarni o’qitishda bu xususiyatlar tan olishning sust sur’atlarida namoyon bo’ladi, shuningdek, o’quvchilar ko’pincha ovozli harflar,so’zlar o’xshash harflar, raqamlar, ob’ektlarni chalkashtirib yuborishadi. Idrok hajmining torayishi ham qayd etilgan. Ushbu toifadagi bolalar umumiy tushunish uchun muhim bo’lgan materialni ko’rmasdan yoki eshitmasdan tomosha qilinayotgan ob’ektning alohida qismlarini eshitishadi. Ta’kidlashning barcha kamchiliklari ushbu jarayonning yetarli emasligi fonida yuzaga keladi. Ularning idrokini boshqarish kerak.Aqli zaif bolalardagi barcha aqliy operatsiyalar yetarli darajada shakllanmagan va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Obektlarni sintez qilish va tahlil qilish qiyin. Ularning alohida qismlarini ob’ektlarga (matnda) ajratib, bolalar ular o’rtasida aloqa o’rnatmaydilar. Obekt va hodisalardagi asosiy narsani ajratib bo’lmaydigan qilib, talabalar qiyosiy tahlil qilish va sintez qilish, muhim bo’lmagan xususiyatlarga asoslanib taqqoslash qiyinlashadi. Aqli zaif odamni fikrlashning o’ziga xos xususiyati tanqidiylik, ularning xatolarini sezmaslik, fikr jarayonlarining faolligi pasayishi, fikrlashning tartibga soluvchi rolining sustligi.
Ushbu bolalardagi xotiraning asosiy jarayonlari ham o’ziga xos xususiyatlarga ega: tashqi, ba’zida tasodifiy seziladigan vizual belgilar yaxshiroq esga olinadi, ichki mantiqiy aloqalarni tanib olish va eslab qolish qiyin kechadi, keyinchalik o’zboshimchalik bilan eslab qolish shakllanadi; og’zaki materialni takrorlashda ko’plab xatolar. Asab tizimining umumiy zaifligi tufayli epizodik unutish xarakterlidir. Aqli zaif bolalarning tasavvurlari parchalangan, noto’g’ri va sxematik.
Nutqning barcha tomonlari azoblanadi: fonetik, leksik, grammatik. Yozuvda turli xil buzilishlar mavjud, o’qish texnikasini o’zlashtirishda qiyinchiliklar mavjud bo’lib, og’zaki muloqotga ehtiyoj kamayadi.
Aqli zaif bolalar odatdagi tengdoshlariga qaraganda ko’proq e’tiborni kamchiliklarini ta’kidladilar: past barqarorlik, diqqatni taqsimlashdagi qiyinchilik, sekin almashtirish. Ixtiyoriy e’tiborning sustligi o’quv jarayonida diqqat ob’ektlarining tez-tez o’zgarib turishi, biron bir ob’ektga yoki faoliyatning bir turiga diqqatni jamlashning mumkin emasligi bilan namoyon bo’ladi.
Hissiy-ixtiyoriy sohasi bir qator xususiyatlarga ega: Tuyg’ularning beqarorligi qayd etilgan. Tajribalar yuzaki,to’satdan hissiy o’zgarishlar holatlari mavjud: yuqori hissiy qo’zg’aluvchanlikdan ma’lum hissiy pasayishga qadar.O’z niyatlari, motivatsiyalari va katta taklifi zaifligi aqliy nogiron bolalarning ixtiyoriy jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari. Aqli zaif bolalar kuchli iroda kuchini talab qilmaydigan oson usulni afzal ko’rishadi. Shuning uchun ularning faoliyatida ko’pincha taqlid va dürtüsel harakatlar kuzatiladi. Talablarning orqada qolishi tufayli aqliy nogironligi bo’lgan ba’zi talabalar salbiy va o’jarlikni rivojlantiradilar. Aqli zaif o’quvchilarning aqliy jarayonlarining barcha bu xususiyatlari ularning faoliyati yo’nalishiga ta’sir qiladi.
Oligofrenopedagogika — aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o‘qitish haqidagi fan bo‘lib, defektologiyaning bir qismi hisoblanadi. Pedagogikaning umumpedagogik va didaktik tamoyillarini qo‘llash aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasida o‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi. Ta’limiy materiallarni tanlash, mehnat tayyorgarligini aniqlash, aqli zaif bolalarni jismoniy rivojlantirish ishlari tuzatish mazmunini kasb etishi kerak. Tuzatish (korreksiya) deganda aqli zaif bolalarning jismoniy va ruhiy nuqsonlarini to‘g‘rilash, yumshatish, hayotga moslashtirish tushuniladi. Tuzatish ishlarida nuqsonli bolaning rivojlanish imkoniyatlariga asoslaniladi.
Oligofrenopedagogikaning mavzu bahsi — nuqsonli bolalar ta’limtarbiyasi va rivojlanishidir. Bu esa har doim g‘oyaviy kurashlar uchun manba bo‘lib kelgan.Aqli zaif bolalaming rivojlanish imkoniyatlari va ularning ijtimoiy mehnatga moslashish masalalari ham o ‘tkir munozaralarga sabab bo‘lgan. Chet el «defektologlarining» ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar ongi tashqi olamni aks ettirish sifatida emas, balki ularning ichki nuqsonli holatining aks etishidir. Shu asosda ular aqli zaif bolalarga «axloqiy nuqsonlilik», «axloqsizlik» xosdir, deb tushuntirishga urinadilar. G o‘yoki aqli zaif bolalar tug‘ma yolg‘onchilik, egoizm, qaysarlik kabi xislatlar bilan dunyoga kelar ekanlar. Ularning ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar rivojlanishga, tuzatilishga imkoniyatlari bo‘lmagan nuqsonlilardir. Bunga o’xshash qarama-qarshiliklar, ayniqsa, sobiq tuzumning bolalaming aqliy qobiliyatlarini aniqlash vaqtlarida testlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida normal bolgan bolalaming ko‘pchiligi asossiz ravishda yordamchi maktablarga yuborildi. Bu narsa haqiqiy aqli zaif bolalaming ta’lim-tarbiya usullarini, tamoyillarini ishlab chiqishga juda katta salbiy ta’sir etdi. Oligofrenopedagogika nuqsonli shaxs rivojida irsiy omillarga alohida e’tibor beradi. Ammo irsiy, nasliy belgilar shaxsning ijtimoiy mohiyatini belgilamaydi. Bilimlar, axloqiy moyillik, ko‘nikma va malakalar xromosomlar orqali nasliy yo‘l bilan avloddan avlodga berilmaydi. Balki bular hayot jarayonida orttirilib boriladi. Inson tug‘ma tabiiy belgilar bilan unga ta’sir etuvchi holatlarning o‘zaro mahsulidir.
Intellektual rivojlanmagan bolalarda ma’rifiy faoliyatni o’rganish ko’nikmalarining etishmasligini ta’kidlab, ularda faoliyatning maqsadga muvofiqligi, o’z faoliyatini mustaqil rejalashtirishda qiyinchiliklar mavjudligini ta’kidlash kerak. Aqli zaif bolalar ishlashni zaruriy yo’naltirmasdan boshlaydilar, asosiy maqsadga yo’naltirmaydilar. Natijada, ular ish paytida, ko’pincha harakatni to’g’ri boshlanganidan uzoqlashadi, ilgari bajarilgan harakatlarga o’tadilar va boshqa vazifani bajarayotganlarini hisobga olmay, ularni o’zgarishsiz qoldiradilar. Maqsaddan chetga chiqish qiyinchiliklar paydo bo’lganda kuzatiladi. Aqli zaif bolalar olingan natijalarni ular oldiga qo’yilgan vazifalar bilan o’zaro bog’lamaydilar va shuning uchun uning echimini to’g’ri baholay olmaydilar. Ularning ishidagi tanqidsizlik bu bolalar faoliyatining o’ziga xos xususiyatidir.
Aqli zaif bolalarning aqliy faoliyatining barcha qayd etilgan xususiyatlari tabiatda turg’undir, chunki ular rivojlanishning turli bosqichlarida (genetik, intrauterin, tug’ruqdan keyingi) organik shikastlanish natijasidir. Biroq, to’g’ri tashkil etilgan tibbiy va pedagogik ta’sir bilan, ushbu toifadagi bolalar rivojlanishida ijobiy dinamika mavjud.
Qiziqarli malumotlar
Ipini bog oyoq kiyim bog’ichini bog’lash