INTOKSIKATSIYA

INTOKSIKATSIYA

INTOKSIKATSIYA (lot. in – ichki va toxikon — zahar) — odam yoki hayvon organizmiga tashqaridan tushgan (ekzogen) yoki uning oʻzida hosil boʻlgan (endogen) turli zaharlar taʼsirida roʻy beradigan kasallik holati. Ekzogen Intoksikatsiyaga oʻsimlik va hayvon mahsulotlari (turli oʻsimliklar, bakteriyalar, ilon zahari va b.), shuningdek, kimyoviy moddalar sabab boʻladi. Organizm ayiruv faoliyatining izdan chiqishi, endokrin kasalliklar oqibatida unda turli zaharli moddalar yigilishi yoki hosil boʻlishi natijasida endogen Intoksikatsiya yuzaga keladi (q. Zaharlanish). I. faqat unga sabab boʻlgan omillarga emas, balki shu organizmning reaktivlik xususiyatlariga (koʻpincha nerv sistemasi faoliyatiga) bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
INTOKSIKATSIYA

Оставьте комментарий