Insho «Mening qishlog’im» mavzusida

Insho «Mening qishlog’im» mavzusida

Savol:

Insho rejasi bilan

Mening qishlog’im mavzusida

Javob:

12346uhskgcxzxgjit
Bolaligimda ko‘chaga o‘ynagani chiqdim deguncha o‘rtoqlarim bilan tortishib qolardim. Doim kimning onasi hammadan chiroyli ekani haqida bahslashardik. O‘ylab o‘yimga yetmasdim: bir o‘rtog‘imning onasi to‘ladan kelgan, yana biriniki juda ozg‘in bo‘lsa, nega hadeb maqtayveradi?! Mening onam ko‘chamizdagi, yo‘q, dunyodagi eng go‘zal ayol ekanini ular ham biladi, lekin tan olgisi kelmaydi, deb o‘ylardim o‘zimcha. Kelib onamga o‘ylovimni aytib bersam, kulib yuborardi. “Shu xunuk-chunuk onangning nimasi chiroyli?”, derdi kulayotib. Onamning bunday kamtarligi husniga husn qo‘shgandek bo‘lardi…

 

Endi bilsam, bunday o‘ylaydigan faqat men emas ekanman. Nafaqat bolalar, hatto kattalar ham bu mavzuda bahslashar ekan: “Onam ayvondagi sandalda ko‘ylak tikib o‘tirardi. Ko‘zoynak ustidan menga ajab charaqlab qaradi. Yuzi shunchalar chiroyli bo‘lib ketdiki, onam shunchalar chiroyli, hammadan chiroyli, deb negadir yuragim orqamga tortdi va o‘shandan boshlab onamni suyib qoldim”, deb yozadi taniqli adib Ibrohim G‘afurov. Bunga javoban Xurshid Do‘stmuhammad so‘zlar bilan chizilgan suratda o‘z onasini ko‘radi va shunday yozadi: “Yo‘q, deyman, mening onam dunyoda eng go‘zal ona!” deya hayqirgim keladi…

 

Kechirasiz, aziz ustozlar, dunyodagi eng go‘zal ona – mening onam! Erta tongdan tandirdan non uzgan ham, tunni tongga ulab farzandlari uchun kiyim to‘qigan ham, bir-biridan bejirim liboslar tikib bergan ham, kasal bo‘lsak davolaydigan ham mening onam! Buning ustiga, u juda go‘zal ayol! Shuncha sifat kimning onasida jam bo‘lishi mumkin, albatta, mening onamda! Esimda, ustozim “Hayotingizdagi ideal inson kim?” deb so‘ragan mahal “Onam”, deya javob bergandim. Shunda ustozim kulib qo‘ygandi. Men tushunmagandim, balki bu o‘y uning ham ko‘nglidan o‘tgandir, qaydam. Xurshid Do‘stmuhammad aytganidek: “Axir har bir o‘g‘il-qiz farzand nazdida o‘z onajoni – volidasidan go‘zalroq inson yo‘q dunyoda!”…

 

Fikrlarimni bir dugonamga aytaman, u ham volidasining sifatlarini, fazilatlarini sanay ketadi. Oxiri bir to‘xtamga kelib aytadi: “Baribir mening onam boshqacha!”

 

Oydin Hojiyeva, O‘zbekiston xalq shoiri:

 

— Mening tasavvurimda ham onam dunyodagi eng munis ayol! Onamning ismi Toshbibi bo‘lgan. Onam Bo‘ston qishlog‘ida elim, uyim-joyim, bolam, deb yashab o‘tdi. Joyi jannatdan bo‘lsin, ilohim! U hamma qishloq ayollariga o‘xshash oddiygina, kamtar edi. Ota-onamiz o‘n olti farzand ko‘rgan ekan. O‘n akam go‘dak yoshida chechak, qizamiq, terlama, bezgak singari kasalliklardan nobud bo‘lgan. Og‘ir zamonlar fojiasi bu. Ne’mat akam esa urushga ketib, qaytmagan. Onamning, shuningdek, qishlog‘imiz ayollari — Sarvar xola, Robiya xola, Sharofat xolaning o‘sha og‘ir urush yillari har qanday sharoitda ham iymon chegaralariga pand bermasdan, halol, pok yashab o‘tganlariga guvohman. Ularning dard-u hasrat to‘la qo‘shiq, laparlari meni shoira qilgan bo‘lsa, ajabmas.

 

Sherali Qambarov, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘qituvchisi, podpolkovnik:

 

— Oilamizda 8-mart bayrami o‘zgacha shukuhda o‘tadi. Har doim onamni tabriklaganda bolaligimni eslayman…

 

…Akamdan xushxabar keldi — harbiy bo‘libdi. Onam uchun juda quvonchli kun bo‘ldi. Hammamizni bag‘riga bosdi. Yuragi gurs-gurs urib turgani sezilardi. “Umridan baraka topsin bolam, ilohim g‘am ko‘rmasin”, deya qo‘llarini duoga ochdi. Biroz g‘amga botdi. “Qani endi otang shu kunlarni ko‘rganida…”. Ko‘zyoshini yashirolmadi. Otamning o‘tganiga ancha yillar bo‘lgan. Onam bizni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan…

 

Onam ertasi kuni tong otmasdan hovli supurdi. “Qani turinglar, bugun uyimizga qo‘ni-qo‘shnilar, ko‘p mehmonlar keladi”, deya bizni ham uyg‘otdi. Uyimiz qarindosh-urug‘larga to‘ldi. Ularning biri olib, biri qo‘yib akamni duo qilardi. Men onamning ko‘zlariga boqaman, quvonchi ko‘z- yoshlarga aylanib, yuzini yuvib tushadi…

 

Katta akam harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirib, hammamizning xursandchiligimiz ko‘kka yetdi. Yillar o‘tib, men ham shu bilim yurtida o‘qidim. Mana, hozir sharafli kasb egasiman. Uyimizdan xursandchilik arimaydi. Har bayramda onamizni erta tongdan tabriklashga intilamiz.

 

Shahnoza Ahmedova, O‘zDJTU talabasi:            

 

— Sizni doim avaylaydigan va tushunadigan, boringizcha sevib, qadrlaydigan inson kim, bilasizmi?! U, shubhasiz, ona. Tashvishingizni aytmasangiz ham, onangiz qalbingiz­dagi dardni, azobni his qiladi. U kishiga bayram bahona aytadigan so‘zlarimni qog‘ozga tushirganman. Bir o‘qib ko‘ring-a:

 

“Onajon! Sizga sira aytmagan, g‘amimni oshkor etmagan bo‘lsam-da, hamisha ichimdagini sezib turasiz…

 

Onajon, esingizdami, muzqaymoq yeyman deb xarxasha qilganim? Kech tushib qolganiga qaramay, do‘konga borib kelgandingiz. Yo bo‘lmasa, ishxonangizga borgani­mizda erkalik qilib, stolingiz ustidagi vazani sindir­ganim… Siz esa urishmagandingiz! Yaxshilikka bo‘lsin, deb jilmaygandingiz. Bizning jami injiqligimizga, qaysar­ligimizga chidagan, sabrli onajonim! Mehringiz-muhabba­tingizning chek-chegarasi yo‘q!

 

Ish yuzasidan boshqa viloyatga ketgandingiz. Sizsiz bir kun ming kunday tuyuldi, nazarimda. Uyimizdan qandaydir fayz yo‘qoldi. Dadam asabiy, ukam injiq bo‘lib qoldi. Yaxshiyam, bir kunga ketgan ekansiz. Mana shu bir kun qadringizni his qilishimizga sabab bo‘ldi.

 

Onajon! Sizni juda yaxshi ko‘raman! Borligingiz — mening baxtim! Urib turgan yuragingiz — tirikligim! Har bir olayotgan nafasingiz ko‘nglimga taskin beradi.

Savollarga javoblar
Insho «Mening qishlog’im» mavzusida

Оставьте комментарий