Imtiyoz belgilari. (yo’l qoidalari)
2. Imtiyoz belgilari.
Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, yo’lning qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yo’lning tor qismida
yo’l harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qo’llaniladi.
2.1-«Asosiy yo’l»
Harakat tartibga solinmagan
chorrahalarda, ikkinchi darajali yo’lda harakatlanayotgan
transport vositasidan oldin o’tish huquqini beradi.
Belgi yo’lning boshlanishida o’rnatilib, har bir chorraxa oldida takrorlanishi mumkin.
Asosiy yo’l bilan kesishadigan ko’ndalang yo’llarda, chorraxa oldida «
Yo’l bering»
yoki «
To’xtamasdan harakatlanish taqiqlangan»
belgilari o’rnatiladi.
Agar chorraxada asosiy yo’l yo’nalishini o’zgartirsa, ushbu belgi ostiga qo’shimcha
«Asosiy yo’lning yo’nalishi»
belgisi o’rnatiladi.
2.2-Asosiy yo’lning oxiri»
Asosiy yo’l imtiyozli «
Yo’l bering»
belgisi o’rnatilgan joyda tugaydi.
2.3.1-Ikkinchi darajali yo’l bilan kesishuv»
Bu belgi asosiy yo’lda o’rnatilib, haydovchiga harakatlanish tartibga solinmagan chorraxada imtiyoz beradi.
Aholi yashaydigan joylarda jorrahadan 50-100 metr va aholi yashamaydigan joylarda 150-300 metr masofada o’rnatiladi.
2.3.2-Ikkinchi darajali yo’lning tutashuvi»
2.3.2 — tutashuv o’ngdan
Bu belgi asosiy yo’lda o’rnatiladi va avvalgi belgiga o’xshab tartibga solinmagan chorrahalarda haydovchiga imtiyoz beradi.
2.3.3-Ikkinchi darajali yo’lning tutashuvi»
2.3.3 — tutashuv chapdan.
Bu belgi asosiy yo’lda o’rnatiladi va avvalgi belgiga o’xshab tartibga solinmagan chorrahalarda haydovchiga imtiyoz beradi.
2.4-Yo’l bering»
Bu belgi haydovchi kesib o’tayotgan yo’ldagi transport vositasiga yo’l berishi kerakligini bildiradi. Asosiy yo’lda transport vositalari bo’lmasa,
ikkinchi darajali yo’ldan kelayotgan haydovchi chorrahadan to’xtamasdan o’tib ketishi mumkin.
Asosiy yo’lning yo’nalishidan qat’iy nazar, belgi haydovchiga tartibga solinmagan chorrahaga to’xtamasdan kirib kelishini taqiqlaydi. Haydovchi to’xtash chizig’i oldida, agar u bo’lmasa, kesib o’tiladigan qatnov qismi chetida to’xtab o’tadi.
Belgi temir yo’l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o’rnatilgan bo’lsa, haydovchi to’xtash chizig’i oldida, u bo’lmasa, belgi oldida to’xtashi kerak. Bu belgi sakkiz qirrali bo’lib uni shakli orqali ajratish mumkin.
2.6-Ro’para harakatlanishning ustunligi»
Yo’lning tor qismlarida (Ko’prik, tonnel va boshqa joylar) qarama qarshi keluvchi transport vositalari bir vaqtda o’ta olmaydigan holatlarda, ro’paradan kelayotgan transport vositasiga yo’l berishi kerak.
Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan xollarda yo’lning tor qismiga kirish taqiqlanadi.
2.7-Ro’paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz»
Bu belgi qarama-qarshi keluvchi transport vositalari bir vaqtning o’zida o’ta olmaydigan yo’l qismlarida ro’paradan kelayotgan transport vositasidan oldin o’tish huquqini beradi.
Avto, Ypx Jarimalari
Imtiyoz belgilari.