Ikki eshik orasi kitob pdf

Ikki eshik orasi kitob pdf

O’sha, suvdan olib chiqqan yiliyoq Qosim ota unga papka, «Alifbe» olib bergan, Tirkash maktabga qatnay boshlagan edi. Tong-saharlab shudring qo‘ngan dalalardan maktabga yugurganlari, yozlari kolxoz bog‘ida bolalar bilan uzum uzishgani, bultur o‘ninchini bitirganida maktabda o‘tkazilgan kecha uning xayolida jonlandi-yu, yuragi gupillab urib ketdi.
Tirkash kuz kechalari xirmonda ishlashni yaxshi ko‘rardi. U baland xirmon ustiga chiqib, chalqancha yotib olar, nazarida osmon borgan sayin pastlashib tushayotganday bo‘lar, paxtaning yelkalariga iliqqina, yumshoqqina bo-tishi ham, salqin shamoldan junjikib, seskanib ketishi ham — hamma-hammasi juda lazzatli edi.

«IKKI ESHIK ORASI» ROMANIDAN

«IKKI ESHIK ORASI» ROMANIDAN
OLINGAN PARCHA HAQIDA
«Ikki eshik orasi» romani 1986-yilda yozilgan bo‘lib,
O‘tkir Hoshimov adabiy merosida asosiy o‘rinlardan birini
egallaydi. Romanda insonlar taqdiri va inson umrining murak-
kabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlanadi. Adib, birinchi navbat-
da, tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi; uning g‘ayri-
insoniy mohiyatiga urg‘u beradi. Ayniqsa, urush voqeligining
har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, ko‘ngilla
riga ozor yet-
kazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib
qalamga olgan obrazlari vositasida oddiy odamlarning fazilat-
lari – mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini
ko‘rsatadi.
Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran o‘rgangani
uchun har bir epizod o‘quvchini ishontiradi; qalbiga jiddiy
ta’sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlar-
aro munosabatlar, ularning diologlari, shuningdek, yozuvchi-
ning o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi
bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan
roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o‘ziga xoslik kasb
etadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan to‘qqizta
personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi.
Tasvir uchun tanlangan bunday poetik usul yozuvchidan yuk-
sak mahorat talab qiladi, albatta. Aks holda, syujet zanjirida
uzilish yuz berib, voqealar sochilib ketgan bo‘lar edi. Biroq
romanning ta’sir quvvati, ichki intizomi o‘quvchida juda yax-
shi taassurot qoldiradi.
«Ikki eshik orasi» romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma,
Komil tabib kabi obrazlar o‘z individual qiyofasi bilan ajralib
turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlay-
di. Unin g insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro‘-e’ti-
bori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch

143
topishi bilan o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand,
tajribali, hayotning achchiq-
chuchugini tatib ko‘rgan o‘zbek
qariyalariga o‘xshab har bir ishda tashabbuskorlikni o‘z qo‘li-
ga oladi. Orif oqsoqol haqiqatgo‘yligi bois o‘zi anglab yetgan
bor haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydi. Undagi jasorat va
shijoat boshqalarga ilhom beradi. U odamlarga baho berganida
xalqona ta’bir bilan «mard odamning belida belbog‘i bo‘lishi
kerak» degan taomilga rioya qiladi. Atrofidagi odamlarning
ruhiy butunligini, jo‘mardligi va odamiyligini sadoqat, va’daga
vafo, ezgu amallar bilan o‘lchaydi. Ba’zan ayollarga ham shu
o‘lchov bilan yondashadi.
Romanda ayollar obrazi ham zo‘r mahorat bilan tasvirlan-
gan bo‘lib, ular orasida Qora amma o‘ziga xos tabiati bilan
ajralib turadi. Qora amma obrazining aksariyat sifatlari roman-
ning «Qora amma hikoyasi» qismida namoyon bo‘ladi. Qora
amma – mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning
obrazida urush davridagi o‘zbek onalarining siymosi mujassam
topgan. U boshiga tushgan barcha ko‘rgiliklarni sabr-
bardosh
bilan yengib, o‘zida yashashga kuch-qudrat topadi.
Ukasi Shomurodning xotini Ra’no eriga xiyonat qilib,
Umar zakunchining hiyla-nayrangiga uchadi. Ukasining oilaviy
tashvishlari ham Qora ammaning yelkasiga tushadi. Kelini
Ra’noning qilmishlaridan norizo bo‘lgan Qora amma uni aslo
kechira olmaydi. «Juvongina o‘lgur, noinsof! Bolaning uvo-
li tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam joyi yo‘q edi-ku!
Cho‘loq bo‘lsa devor oshib o‘g‘rilik qilib bo‘lmagandir! To‘rt
yil qon kechib keldi-ku! Eri urushda o‘lgan qanchadan qancha
gulday juvonlar yuribdi sabr qilib. Aqal
li bolangni o‘ylasang
bo‘lmasmidi, imonfurush!» – Qora amma shu zaylda yozg‘ira-
di. Asarda Ra’noning taqdiri badbaxtlikka borib taqaladi, u
baxtsiz bo‘ladi.
Aziz o‘quvchi! Shunday o‘rinlarda adib bu dunyoning
kayf-u safosiga uchmasdan, har kim o‘z qalbiga nazar solib,
insof bilan yashamog‘i kerak degan ta’lim-tarbiyani berayot-
gandek tuyuladi.
Bir tasavvur qiling: Qora amma olti farzandini yerga berib,
bittagina Kimsanini yer-u ko‘kka ishonmasdan katta qildi.

144
Yurtda mudhish urush boshlangach, miq etmay, el-yurt ishiga
kamarbasta bo‘lsin degan niyatda yolg‘iz farzandi – Kimsani-
ni urushga kuzat
di. Kimsanning peshonasiga urushda halok
bo‘lish bitilgan edi. Biroq Qora amma o‘g‘lining urushda
o‘lganiga ishonmadi; farzandi
ning bir kunmas bir kun ota
uyiga kirib kelishiga umid qilib yashadi. Shuning uchun aza
ham ochgani yo‘q. Bunday o‘rinlarda ona qalbining naqadar
bebaholigiga tan berasiz. Bag‘ri kuygan mushtipar ona ke-
cha-yu kunduz: «Qayoqdasan, bolam? Qaysi yurtlarda yurib-
san?! Joning sog‘mi o‘zi? Mayli, oyoq-qo‘lsiz bo‘lsang ham,
birov zambilda ko‘tarib kelsayam jon derdim! Kaftimda olib
yurardim! Otang yo‘lingga termula-termula o‘tdi. Endi aqalli
meni o‘z qo‘ling bilan tuproqqa qo‘ysang-chi!» – deb o‘g‘lini
yo‘qlaydi.
Qora ammaga taqdirning bu ko‘rguliklari ham kamlik qil-
di. Yolg‘izgina farzandi Kimsanning sevgilisi, o‘zi
ning o‘gay
qizi Robiyani ukasi Shomurodga xotin qilmoqchi bo‘ladi. Bu
maqsadni amalga oshirish unga qanchalar qiyin kechadi, uning
ichki his-tuyg‘ulari, ruhiy holati har qanday insonni larzaga
soladi. O‘g‘li Kimsanning oldida, qizi Robiyaning oldida ham
o‘zini gunohkor sezadi, ulardan tinimsiz kechirim so‘raydi:
«Yuragim uvishib, boshim xam bo‘lib qoldi. Men noinsof,
men yuzi qaro qaysi yuz bilan. Kimsanim, jon bolam, kechir
gunohkor onangni!»
Romandagi yana bir ayol obrazi bor – Robiya. Unga ham
taqdir kulib boqmadi. Yoshligidan onasidan yetim qolgan Ro-
biya otasi tarbiyasida ulg‘ayadi. Onasining o‘limidan so‘ng
ular Samarqanddan Toshkentga, No‘g‘ay qishloqqa ko‘chib
kelib, Husanboy ismli kishining hovlisida yashay boshlaydi.
Otasi o‘qituvchi bo‘lgani uchun qishloq bolalarini o‘qitadi.
Robiya Husanboy Dumani bobo, uning xotini Qora amma-
ni oyi, ularning o‘g‘li Kimsanni aka, Qora ammaning ukasi
Shomurodni ada deb katta bo‘ldi. Robiya sofdil, mehnatkash
qiz bo‘lib ulg‘ayadi. U Kimsanga ko‘ngil qo‘ydi. Kimsan va
Robiyaning sevgisi bir guli ochilmay so‘ldi. Yurtda urush
boshlangach, urushga ketgan sevgilisi qaytmadi. Robiya uni

145
yillar davomida kutdi. Urush tugaganiga bir necha yil bo‘lsa-
da, uni sadoqat bilan kutishdan charchamadi.
Qora amma, ya’ni oyisi unga sovchi bo‘lib, ukasi Shomu-
rodga so‘raganida, Robiya aql-u hushidan ayrildi: «Ni
ma
deyotganini o‘zi biladimi oyim? Axir. Kimsan akam mening
qaylig‘im bo‘lsa, oyim
ning o‘g‘li-ku! Kimsan akam hamma-
dan ko‘ra oyimga yaqin-ku. Nima jin urdi?»
Bechora Robiya taqdirning achchiq qismatiga ilojsiz
ko‘nadi. Insonlarning murakkab taqdirini maromiga yetkazib
tasvirlagan roman katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Muhtaram o‘quvchi, romanda tasvirlangan voqea-hodisa-
larni o‘zlaringiz yashab turgan davr bilan xayolan qiyoslab
ko‘rishingiz foydadan xoli emas.
Savol va topshiriqlar
1. O‘tkir Hoshimovning o‘zi haqida yozgan «Mashaqqatli sa-
far» nomli avtobiografik hikoyasining to‘liq matnini topib
o‘qing?
2. Adib «Mashaqqatli safar» nomli tarjimayi holida ota-onasini
qanday xotirlaydi?
3. Yozuvchining bolalik va talabalik yillari haqida nimalarni
bilasiz?
4. «Ikki eshik orasi» romanini to‘liq o‘qib chiqing va taqdimot-
ga tayyorlaning.
5. Asardagi Qora amma kim va unga xos bo‘lgan sifatlarni
matnga tayangan holda izohlang?
6. Orif oqsoqol, Husan Duma, muallim obrazlariga tavsif be-
ring.
7. Robiya o‘z hikoyasida bolaligi va «yangi qarindoshlari»
haqida nimalarni eslaydi?
8. Robiyaning bolaligi bilan o‘z bolaligingizni qiyoslab, muno-
sabat bildiring?
9. Asardagi sizni hayajonga solgan o‘rinlarni belgilang va ular-
ga munosabat bildiring?
10. «Mening bolalik xotiralarim» mavzusida ijodiy matn yozing.

146
Jahon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Jek Lon-
don Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida fermer oila-
sida tug‘ildi. U yoshligidan ko‘plab kasblar bilan mashg‘ul
bo‘lib, hayotda turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Kali-
forniya universitetida o‘qiy di, oradan biroz vaqt o‘tib o‘qishni
tashlashga majbur bo‘ladi.
Yozuvchining adabiy faoliyati 1893-yilda boshlangan. Butun
ijodiy faoliyati davomida yigirmaga yaqin roman, yuz ellikdan
ortiq hikoya yozadi. «Bo‘ri bolasi», «Izg‘irin bolalari» kabi
asarlarida, asosan, mamlakatning shimoliy o‘lkalari to‘g‘risi-
da hikoya qilinadi. «Qor qizi», «Hayot uchquni», «Insonga
ishonch» kabi asarlarida sarguzasht motivi yetakchilik qiladi.
Jek London qahramonlari har doim erkka intiladilar, o‘z burch
va majburiyatlarini har xil sharoitlarda chin dildan bajaradilar,
hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Adibning qahramonlari har
qanday holatda ham insoniylikka xi
yonat qilmaydi. Ayrim
hikoyalarida tabiat bilan uyg‘unlashib ketgan kurashchan, zah-
matkash insonlarning hayoti tasvirlanadi.
Yozuvchining «Dengiz bo‘risi», «Martin Iden» va «Uch
qalb» romani dunyo adabiyotining nodir namunalari sanaladi.
Jek London 1916-yil vafot etadi.
JEK LONDON
(1876–1916)
J A H O N A D A B I Y O T I

147
HAYOTGA MUHABBAT
(
Hikoya)
Ular oqsoqlanib soyga tomon tushib borardilar. Hamrohlar-
dan biri, oldinda borayotgani toshloq yerda qoqilib gandiraklab
ketdi. Ikkalasi ham charchab holdan toygan va tishlarini-tish-
lariga qo‘yib taqdirga tan berganliklari yuzlaridan ko‘rinib
turardi – bu uzoq vaqt chekkan qiyinchiliklari oqibati edi.
Orqalaridagi qayish bilan tortib bog‘langan og‘ir yuklari yel-
kalarini ezardi. Ikkalasida ham bittadan miltiq. Ikkalasi ham
bukchayib ko‘zlarini yerdan uzmay borardilar.
– Qani endi yashirib qo‘ygan joyimizdagi o‘qlardan hozir
ikkitaginasi bo‘lsa, – deb qo‘ydi ulardan biri.
Azbaroyi madorsizlikdan ovozi zaif chiqdi. U juda behaf-
salalik bilan gapirardi. Toshlarga urilib, ko‘piklanib oqayotgan
sutdek oppoq suvga endi oyoq bosgan sherigi esa unga hech
narsa deb javob bermadi.
Ikkinchisi ham sherigi orqasidan suvga tushdi. Suv muzdek
sovuq bo‘lishiga qaramay, ular oyoq kiyimlarini yechmadilar.
Suv shu qadar sovuq ediki, oyoqlari barmoqlarigacha uvishib
qoldi. Ba’zi joylarda suv tizzadan kelardi. Shunda suv shitob
bilan urganda, ular o‘zlarini tutolmay, gandiraklab ketardilar.
Orqada kelayotgan yo‘lovchi silliq toshga tiyg‘anib
ketib, yi
qilishiga oz qoldi, og‘riqdan qattiq ixrab yubor-
di, ammo yiqilmadi. Boshi aylandi, shekilli, munkib ketib,
xuddi havodan madad so‘raganday, bo‘sh qo‘lini oldin-
ga cho‘zdi. O‘zini o‘nglab oldi-da, oldinga qadam bosdi,
lekin yana toyib ketib, yiqilishiga sal qoldi. Shundan ke-
yin, to‘xtab o‘z sherigiga qarab qo‘ydi: sherigi esa orqa-
siga ham qaramay, hamon oldinga qarab ketmoqda edi.

Orqada qolgan bir narsani o‘ylagandek birpas qimirlamay
turdi, keyin:
– Menga qara, Bill, oyog‘imni chiqarib oldim, shekilli! –
deb qichqirdi.
Bill oyoqlarini sudrab, sutdek oppoq suvdan kechib bo-
rardi. U orqasiga biror marta ham qayrilib qaramadi. Sherigi
uning orqasidan qarab turardi. Uning yuzi avvalgidek hech

148
narsani ifoda qilmasa-da, ko‘zlarida yaralangan bug‘u singari
chuqur qayg‘u ifodasi aks etdi.
Mana Bill qarshi qirg‘oqqa o‘tib oldi-da, kalovlanib yurib
ketdi. Suvning o‘rtasida turgan hamrohi undan ko‘zini olmay
qarab turdi. Uning lablari shu qadar titrar ediki, o‘siq sariq
mo‘ylovi uchib-uchib ketardi. U tilining uchi bilan qovjiragan
lablarini bir yalab oldi-da:
– Bill! – deb qichqirdi.
Bu falokatga yo‘liqqan odamning jon achchig‘idagi qich-
qirig‘i edi, ammo Bill qayrilib ham qaramadi. Ketib qolgan
sherigining orqasidan uzoq vaqt qarab turdi: sherigi lapang-
lab, oqsoqlanib, qoqilib-suqilib, tepalikda ko‘ringan egri-
bugri
chiziqlar tomon asta-sekin ko‘tarilib borardi. Bill to tepalikni
oshib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha, sherigi orqasidan qarab
turdi. Shundan keyin u tarafdan ko‘zini uzdi-da, Bill ketgani-
dan keyin yolg‘iz o‘zi qolgan yerni bir-bir ko‘zdan kechirib
chiqdi.
U butun og‘irligini bir oyog‘iga solib turib, soatini oldi,
soat to‘rt edi. So‘nggi ikki hafta ichida u hisobni yo‘qotib
qo‘ydi: iyulning oxiri yoki avgustning boshlari bo‘lganligi
sababli quyosh shimoli-g‘arbda bo‘lishi kerak edi. U janub
tomonga qaradi. Mana shu ko‘rimsiz tepalik orqasida, allaqa-
yerdadir, Katta Ayiq ko‘li bor, xuddi o‘sha tomonda Kanada
sahrosidan mudhish Shimoliy Qutb doirasi o‘tadi, deb o‘ylab
qo‘ydi. U turgan soy Kappermayn daryosining irmog‘i, Kap-
permayn esa shimol tomonga oqib, Koronatsiya ko‘rfaziga,
Shimoliy Muz dengiziga quyiladi. Uning o‘zi u yerlarga hech
qachon bormagan, lekin buning hammasini Gudzon ko‘rfazi
kompaniyasining xaritasida ko‘rgan edi.
U o‘zi yolg‘iz qolgan joyini yana bir marta ko‘zdan ke-
chirdi. Tevarak-atrof jimjit, ko‘rimsiz edi. Na daraxt, na buta,
na o‘t-o‘lan ko‘rinadi – poyonsiz va dahshatli sahrodan boshqa
hech narsa yo‘q. Uning ko‘zlarida qo‘rquv ifodalari ko‘rindi.
– Bill! – deb pichirladi. – Bill! – deb takrorladi u yana
ketidan. Poyonsiz sahro go‘yo qudratli kuchi bilan bosayot-
ganday, o‘zining mudhish sokinligi bilan ezayotganday bo‘ldi:
u loyqalanib oqayotgan soy o‘rtasida cho‘qqayib o‘tirib qoldi.

149
U xuddi bezgak tutayotgandek qaltirab ketdi, shu payt miltig‘i
shalp etib suvga tushdi. Bu uni o‘ziga keltirdi. U qo‘rquvni
yengib, es-hushini yig‘di, keyin qo‘lini suvga tiqib, paypasla-
di-da, miltig‘ini topdi. So‘ng mayib oyog‘iga og‘irlik kamroq
tushsin deb, yukni chap yelkasiga oldi-da, og‘riqdan bashara-
sini burishtirib, juda ehtiyotlik bilan asta-sekin qirg‘oqqa to-
mon yurdi.
U to‘xtamay yuraverdi. Og‘riqqa sira parvo qilmay, Bill
oshib o‘tgan tepalik ustiga shosha-pisha dadil chiqaverdi. Te-
palikka chiqib qarasa, vodiyda hech kim ko‘rinmadi. Uni yana
qo‘rquv bosdi, keyin qo‘rquvni yengib, qopini chap yelkasiga
yana ham ko‘proq surib, oqsoqlanib-oqsoqlanib pastga tusha
boshladi.
Vodiyning pastligi chalchiqzor bo‘lib, chimliq jiqqa suv
edi. U har qadam bosganda suv sachrar, nam chimliqdan
oyog‘ini har ko‘targanida, shalop-shulip etgan tovush chiqardi.
U Billning izidan yurishga intilib, ko‘loblarni aylanib o‘tar
yoki chimliqlarda xuddi orol singari cho‘qqayib turgan toshlar
ustidan borardi.
U yolg‘iz qolgan bo‘lsa ham, yo‘lidan adashmadi. Yana
biroz yurganidan keyin atrofini pastakkina, nimjon, quruq pix-
ta va archalar o‘rab olgan kichikkina Titchinichili ko‘liga ye-
tib borishini bilardi, bu ko‘lning nomi mahalliy tilda «Kichik
og‘ochlar o‘lkasi» degan ma’noni anglatardi. Shu ko‘lga bir
ariq kelib quyiladi, suvi ham loyqa emas. Ariq bo‘ylarida
qamish o‘sadi. Buni u yaxshi eslaydi – lekin u yerda daraxt
yo‘q. Shu yerdan g‘arbga tomon boshqa bir ariq oqadi, shu
ariq yoqalab u Diz daryosiga qadar boradi. Xuddi o‘sha yerda
to‘nkarib, ustiga tosh bostirib qo‘yilgan qayiqni topadi. O‘sha
qayiqning ostida miltiq o‘qi, qarmoq, qarmoq iplari, kichik bir
to‘r, umuman, ovqat topish uchun zarur bo‘lgan narsalarning
hammasi yashirib qo‘yilgan. Bundan tashqari, o‘sha yerda oz
bo‘lsa ham un, bir parcha go‘sht, loviya ham bor.
Bill uni o‘sha yerda kutib turadi, keyin ikkisi Diz daryosi
bilan Katta Ayiq ko‘liga boradilar, undan keyin ko‘ldan o‘tib
janubga, to Makkenzi daryosiga yetib olguncha, janubga qarab
boraveradilar. Janubga, hamma vaqt janubga qarab boraveradi-

150
lar, qish esa ularni quvib boradi. Tez oqar soy va jilg‘alar
muz bilan qoplanadi, sovuq tushadi, ular esa janubga, Gudzon
ko‘rfazidagi faktoriyalardan biriga yetib oladilar, u tomonlar-
da baland-ba
land azamat daraxtlar o‘sadi va oziq-ovqat ham
istagancha topiladi.
Zo‘rg‘a sudralib borayotgan yo‘lovchi mana shular haqi-
da o‘ylar edi. Lekin yurish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, Bill
uni yolg‘iz tashlab ketmaydi degan fikrga ishonish undan
ham qiyin edi. Bill hech shubhasiz uni narsalar yashirilgan
joyda kutib o‘tiradi. U shunday deb o‘ylashi kerak, aks hol-
da, bundan keyin kurashni davom ettirishning hech hojati
yo‘q – unda oyoqni cho‘zish-u, o‘lib qo‘ya qolishdan bosh-
qa iloj yo‘q. Quyoshning xira gardishi shimoli-g‘arb tomon-
ga sekin-asta yashirinayotgan qishdan qochib, janub tomonga
qo‘yiladigan har qadamini bir necha bor hisoblab chiqdi.
U narsalar yashirilgan joydagi va Gudzon kompaniyasining
omboridagi oziq-ovqat zaxirasini qayta-qayta o‘z xayolidan
kechirdi. Ikki kundan beri u hech narsa yegani yo‘q, lekin
undan ilgari ham to‘yib ovqat yemagan edi. U tez-tez egilib,
rangsiz botqoq mevalarini uzib og‘ziga solar va chaynab
yutib borardi. Mevalar juda sersuv, suvi ichiga ketib, og‘zida
faqat taxir va qattiq urug‘largina qolardi. Bu mevalar qorin
to‘yg‘izmasligini u bilardi, shunday bo‘lsa ham, ularni sabr
bilan chaynar, chunki umid achchiq haqiqat bilan hisobla-
shishini istamas edi.
Soat to‘qqizlarda u oyog‘ining katta barmog‘ini o‘tkir tosh
qirrasiga urib oldi. Charchoq va darmonsizlikdan gandiraklab,
yiqilib tushdi. Bir yonboshiga ag‘nab, anchagacha qimirlamay
yotdi. Birozdan keyin orqasidagi qop qayishini yelkasidan
chiqarib, ixrab-ixrab o‘tirib oldi. Hali uncha qorong‘i tushga-
nicha yo‘q edi, g‘ira-shirada toshlar orasini paypaslab, quruq
xas-cho‘p yig‘a boshladi. Bir tutam xas-cho‘p yig‘ib, o‘t
yoqdi, keyin kotelokka suv solib, burqsib yonayotgan o‘tga
qo‘ydi.
U qopini ochib hammadan burun gugurtlarni sanab ko‘rdi.
Hammasi bo‘lib oltmish yetti dona gugurt cho‘pi bor edi. U
yanglishgan bo‘lmay deb, gugurt cho‘pini uch marta sanab

151
chiqdi. Gugurtni uch bo‘lakka ajratib, har bir bo‘lagini bir
qog‘ozga o‘radi. Bir bo‘lagini bo‘sh hamyonga solib qo‘ydi,
ikkinchisini ohori to‘kilgan shapkasining astariga tiqdi, uchin-
chisini esa ko‘kragiga yashirib qo‘ydi. Shundan keyin uni
birdan qo‘rquv bosdi: uch bo‘lak gugurtni yana qaytadan
ochib sanab ko‘rdi. Gugurt cho‘plari avvalgidek oltmish yetti
dona edi.
Oyoq kiyimini o‘tga tutib quritdi, mokasini julduri chiqib
ketgan, odeyaldan tikilgan paypoqlari teshik, oyoqlari bo‘lsa
qontalash bo‘lib ketgandi. To‘pig‘i shishib, xuddi tizzasidek
yo‘g‘on bo‘lib ketgandi. U odeyallardan bittasining chetidan
uzun qilib yirtib oldi-da, to‘pig‘ini mahkam siqib bog‘ladi.
Keyin yana bir necha parcha yirtib, mokasini va paypoq o‘rni-
ni bosar deb, oyog‘iga aylantirib o‘radi-da, qaynagan suvdan
ichib oldi, soatni buradi, so‘ng odeyalga o‘ranib yotdi.
U dong qotib uxladi. Yarim tunga borib qorong‘i tush-
di, lekin bu uzoqqa cho‘zilmadi. Shimoli-sharqdan quyosh
ko‘tarildi, to‘g‘rirog‘i, o‘sha tomondan tong yorisha boshladi,
chunki quyosh yuzini quyuq tuman qoplagan edi. Soat oltida
u chalqancha holda uyqusidan uyg‘ondi, kulrang osmonga
qaradi va och qolganini sezdi. Tirsagiga suyanib, qaddini
ko‘targan edi, qulog‘iga qattiq pishqirgan tovush eshitildi.
Qarasa, unga hushyorlik va qiziqish bilan bir bug‘u qarab
turibdi. Bug‘u undan ellik qadamcha narida turardi. Shu on-
dayoq tovada jizillab qovurilayotgan bug‘u go‘shtining hidi
dimog‘iga urilgandek, o‘zi go‘sht mazasini totgandek bo‘ldi.
Beixtiyor o‘qi yo‘q miltig‘ini olib o‘qtaldi, tepkisini bosib
yubordi. Bug‘u cho‘chib bir chekkaga tashlandi va tuyoqlarini
tapillatib qochib ketdi.
U so‘kinib, miltig‘ini uloqtirib tashladi, ixrab-ixrab o‘rni-
dan turishga urinib ko‘rdi, ancha uringandan keyin zo‘rg‘a
turib oldi. Bo‘g‘inlari xuddi zanglab qolgandek edi, qaddini
rostlash yoki bukish juda mashaqqatli edi. Nihoyat, u oyoq
bosganidan keyin ham odamga o‘xshab tik turib olish uchun
rosa bir minutcha urindi.
U chog‘roq bir tepalik ustiga chiqib, atrofga nazar tashladi.
Bo‘zrang chimliq dengizdan boshqa hech narsa – na daraxt, na

152
biron buta – hech narsa ko‘rinmasdi. Osmon bo‘z rangda edi.
Quyosh na nur sochadi, na yilt etgan shu’lasini ko‘rsatadi. U
shimol qayoqda ekanini, kecha kechqurun bu yerga qaysi to-
mondan kelganini eslay olmadi. Lekin u yo‘ldan adashmagan
edi. Buni u yaxshi bilardi. U tezda Kichik og‘ochlar o‘lkasiga
yetib oladi. U o‘lka shu yaqin orada, chap tomonda bo‘lishi
kerak, ehtimol, xuddi mana shu ko‘rinib turgan tepalikning
narigi tomonidadir.
U tepalikdan qaytib tushib, yo‘lga otlandi. Tugunini tugdi,
uch bo‘lak qilib yashirgan gugurtlari turibdimi, yo‘qmi deb
paypaslab ko‘rdi, lekin sanab o‘tirmadi. U bug‘uning terisidan
tikilgan xaltachaga qarab turib, xayol surib qoldi. Xalta uncha
katta emas, ichidagi narsalari bilan bir hovuch kelardi. Lekin
og‘irligi o‘n besh qadoq bo‘lib, boshqa yukning og‘irligidan
qolishmasdi – uni mana shu tashvishga solardi. U xaltani bir
tomonga surib qo‘yib, boshqa narsalarni o‘ray boshladi. Ke-
yin xaltachaga qaradi-da, uni shartta qo‘liga oldi, xuddi sahro
uning qo‘lidan oltinni tortib olayotgandek, atrofga xo‘mrayib
qaradi. Yana o‘rnidan turib yo‘lga tushganida, boshqa narsalar
qatori xaltacha ham uning orqasida edi.
U chapga burildi. Ahyon-ahyonda to‘xtar va botqoq me-
valaridan terib yer edi. Uning oyog‘i butunlay qotib qoldi,
o‘zi borgan sari kuchliroq oqsar, lekin oyoq og‘rig‘i qornidagi
og‘riqqa qaraganda hech gap emasdi. Ochlik azobi uni ko‘proq
qiynar, qornidagi og‘riq esa unga ich-ichdan azob berardi. Endi
u Kichik og‘ochlar o‘lkasiga yetib olish uchun qaysi tomonga
yurishni bilmasdi. Mevalar uni ochlik azobidan qutqarolmas,
til va tanglaylarini lovullatib achitardi. Kichikroq bir soylikka
yetib borganida, toshlar orasidan qanotlarini qoqib, qirqirlashib
bir to‘p oq kaklik ko‘tarildi. U kakliklarga qarab tosh otdi, le-
kin tegizolmadi. Keyin u yukini yerga qo‘yib, xuddi chumchuq
poylagan mushukdek, kakliklarning orqasidan pusib-o‘rmalab
bora boshladi. Shimi o‘tkir tosh qirralarga tegib yirtilib ketdi,
tizzalaridan oqqan qon iz qoldirib borardi. Lekin ochlik azobi
shu qadar kuchli ediki, u boshqa hech qanday og‘riqni sezmas-
di. U chalchiqzor chimliqlar ustidan o‘rmalab borar, kiyimlari
shalabbo bo‘lib ketgan, badani sovuqdan dir-dir titrardi-yu,

153
lekin u faqat ovqat haqida o‘ylar, boshqa hech narsani sezmas-
di. Atrofidan ha deganda par etib uchib ketayotgan kakliklar-
ning qir-qiri endi uni masxara qilayotgandek tuyuldi. U kak-
liklarni so‘kib qo‘ydi-da, ularga qarab qichqirmoqqa boshladi.

Bir gal u kaklikka juda yaqin kelib qoldi, qush chamasi uxlab
yotgan bo‘lsa kerak. U qush toshlar orasidagi uyasidan parillab
uchib chiqmaguncha, odam uni ko‘rmadi. Kaklik bexosdan
parillab chiqib qolganiga qaramay, odam changal soldi. Qo‘li-
da qushning uchta pati qoldi. U uchib ketayotgan qush orqasi-
dan uzoq qarab turdi, kaklik go‘yo uning boshiga katta halokat
keltirgandek, odam ko‘nglida qushga nisbatan cheksiz nafrat
uyg‘ondi. Keyin orqasiga qaytib, yukini ko‘tarib oldi.
Choshgohda u bir botqoqqa yetib keldi, bu yerda ov ko‘p-
roq edi. Xuddi unga o‘chakishganday, oldidan yigirmatacha
bug‘u o‘tib ketdi, ular shunday yaqindan o‘tdiki, miltiq bilan
bemalol otib olsa bo‘lardi. Bug‘ularni quvlagisi keldi, quvlasa
ushlab olishiga juda ishona rdi. Uning oldidan kaklik tishlagan
bir qora tulki ham o‘tib ketdi. U qichqirib yubordi. Shunday
qattiq qichqirdiki, cho‘chib ketgan tulki o‘zini bir chetga urdi,
ammo kaklikni og‘zidan tushirmadi.
Kechqurun u qamishlar orasidan oppoq ohakdek loyqalanib
oqayotgan ariqcha yoqalab borardi. Bir qamishning ostidan
mahkam ushlab, xuddi piyozga o‘xshagan bir narsani sug‘urib
oldi. Qamishning tomiri yumshoq bo‘lib, chaynaganda qars-
qars ovoz chiqarar edi. Lekin mazasi taxir, xuddi chalchiqzor
mevasiga o‘xshagan sersuv bo‘lib, och qorinni to‘yg‘izmasdi.
U yukini yerga tashladi-da, xuddi kavsh qaytarayotgan molga
o‘xshab kavshana-kavshana qamishlar orasidan o‘rmalab ketdi.
U juda charchagan, biroz orom olgisi, yotib uxlagisi kelardi,
lekin Kichik og‘ochlar o‘lkasiga yetib olish orzusi, undan
ham zo‘rroq bo‘lgan ochlik azobi unga tinchlik bermasdi. U
bunday uzoq shimolda qurt va qurbaqa bo‘lmasligini bilsa
ham, chuqurchalardan qurbaqa axtarar, oyoqlari bilan yerni
titkilab, qurt qidirar edi.
U har bir ko‘lmakni sinchiklab qaradi. Nihoyat, qosh
qorayganida bir chuqurda bittagina baliq suzib yurganini
ko‘rib qoldi. U qo‘lini yelkasigacha suvga tiqdi. Lekin baliq-

154
cha qo‘lidan sirg‘alib chiqib ketdi. U baliqni ikki qo‘llab tut-
moqchi bo‘lib suvni loyqalatib yubordi. Esi-dardi baliq bilan
bo‘lib, hayajondan suvga tushib ketdi, beligacha suvga botdi.
Suvni shunday loyqalatib yubordiki, baliqni ko‘rib bo‘lmay
qoldi. Shundan keyin u suvning tinishini kutib turdi.
U yana baliqni tutish bilan ovora bo‘ldi, suvni yana loy-
qalatib yubordi. Ortiq kutishga toqati qolmadi. Yukka qo‘shib
bog‘langan paqirchani oldi-da, chuqurdagi suvni chetga olib
to‘ka boshladi. Avvaliga u zo‘r berib ishladi, usti-boshi sha-
labbo bo‘lib ketdi, shoshganidan suvni chuqurga shunday ya-
qin to‘kar ediki, suv yana qaytib chuqurga oqib tushardi.
So‘ngra u qo‘lining titrashi va yuragining qattiq urishiga
qaramay, xotirjam ishlashga qaror berdi. Yarim soatdan keyin
chuqurchada bir hovuch ham suv qolmadi. Biroq baliq yo‘q
bo‘lib qolgandi. Uning ko‘zi toshlar orasidagi bir yoriqqa
tushdi. Baliq shu yoriqdan katta bir chuqurga o‘tib ketibdi, u
chuqurda suv shu qadar ko‘p ediki, uning suvini bir kecha-yu
bir kunduzda ham tamom qilib bo‘lmasdi. Yoriq borligini ilgari
bilganida, hammadan burun uni tosh bilan berkitib qo‘ygan
bo‘lardi, shunda baliq uning qo‘lidan qochib qutulolmasdi.

Odam chalchiq yerga o‘tdi-da, alamiga chidayolmay yig‘lab
yubordi. Boshda sekin-sekin yig‘ladi. Keyin atrofni o‘rab ol-
gan shafqatsiz cho‘lni uyg‘otmoqchi bo‘lganidek ovozining
boricha ho‘ngrab yig‘layverdi. A’zoyi badani titrab, uzoq
yig‘ladi.
U o‘t yoqdi. Qaynagan suvdan ancha ichib, biroz isidi, yo-
tish uchun tosh ustiga kechagidek joy qildi. Yotishdan avval
gugurtning ho‘l, quruqligini tekshirib ko‘rdi va soatini burab
qo‘ydi. Odeyal ho‘l va muzdek edi. Og‘riqdan oyoqlari o‘tday
yonar, lekin u faqat ochlik azobini sezar edi, xolos. Kechasi
har xil ziyofatlar, mehmondorchiliklar va dasturxonga tortilgan
turli noz-ne’matlarni tushida ko‘rib chiqdi.
U sovuq qotib uyg‘ondi, tobi qochgandi. Quyosh ko‘rin-
masdi. Yer-u ko‘kning bo‘zrang tusi yana ham quyuqlashgan,
qattiq shamol esar, birinchi qor tepaliklarni oppoq libosga
burkagan edi. U o‘t yoqib suv qaynatguncha havo yana ham
quyuqlashgandek, yana ham sovuqlashgandek tuyuldi. Lay-

155
lakqor yog‘a boshlagan edi. Qor avvaliga yerga tushishi bilan
eriyverdi, lekin bora-bora ko‘payib, yer betini qoplab oldi-da,
quruq xas-cho‘plarni ho‘l qilib, o‘tni o‘chirdi.
Bu unga yukini orqasiga ko‘tarib, boshi og‘gan tomon-
ga qarab yo‘lga chiqish uchun signal bo‘ldi. U endi Kichik
og‘ochlar o‘lkasi haqida ham, Bill haqida ham, Diz daryosi
sohilida qayiq ostiga yashirilgan narsalar haqida ham o‘yla-
masdi. Uning xayoliga ovqat
dan bo‘lak narsa kelmasdi. Och-
lik uni aqldan ozdirdi. U qayoqqa ketayotganini ham o‘yla-
may qo‘ydi. Unga endi ikki dunyo bir qa dam bo‘lib qolgandi.
Ishqilib, tekis yerda yursa bo‘lgani edi. Yo‘lda ketarkan, u
mazasi achchiq bir o‘simlik topdi, giyohdan qancha topsa,
hammasini yedi. Lekin bu giyoh juda oz ekan, u yerga yoyilib
o‘sganidan, qor tagida qolgan edi.
Shu kecha u o‘t yoqmadi, suv ham qaynatmadi, odeyal
ichiga kirib oldi-da, ochligicha yotib qoldi. Qor asta-sekin
sovuq yomg‘irga aylandi. Yuziga yomg‘ir tomchilari tusha-
yotganini sezib tez-tez uyqusidan uyg‘onardi. Tong otib, yana
quyoshsiz, bulutli kun boshlandi. Yomg‘ir tingan. U endi
ochlik to‘g‘risida o‘ylamay qo‘ygandi. Qorni sal-pal og‘rirdi,
xolos, ammo bu og‘riq unga unchalik azob bermasdi. Uning
fikri biroz ravshanlashdi. Endi u yana Kichik og‘ochlar o‘lkasi
haqida, Diz daryosi bo‘yiga yashirib qo‘ygan narsalar haqida
o‘ylay boshladi.
U yirtiq odeyaldan qolgan qismini yana uzunasiga yirtib,
shilinib qontalash bo‘lib ketgan oyog‘ini bog‘ladi, chiqqan
to‘pig‘ining lattasini yangiladi-da, yana yo‘lga tushishga ho-
zirlandi. Yukni ko‘tarib olishdan oldin bug‘u terisidan tikilgan
xaltaga uzoq tikilib turdi-yu, yana xaltani o‘zi bilan olib ketdi.
Yomg‘ir qorni eritib yuborgandi, tepachalarning cho‘qqila-
rigina oqarib turardi. Quyosh ko‘rinib qoldi, bundan foydala-
nib yo‘lovchi dunyoning to‘rt tomonini belgilab oldi, yo‘ldan
adashganligi aniq bo‘ldi. So‘nggi kunlarda chap tomonga
ko‘proq ketib qolgan bo‘lsa kerak, endi u to‘g‘ri yo‘lga tushib
olish uchun o‘ng tomonga qarab yura boshladi.
Ochlik azobi unga kor qilmay qolgan edi-yu, lekin u
o‘zining holdan ketganini sezdi. Dam olgani tez-tez to‘xtar,

156
yerdan meva terar va qamishlarni tomiri bilan sug‘urib olar-
di. Uning tili qaqrab, shishib ketdi. Og‘zida ham achchiq va
bemaza ta’m bor edi. Hammadan ko‘proq uni yuragi bezovta
qilardi. U bir necha qadam bosmasdan, yuragi duk-duk urib
ketar, qinidan chiqib ketay deb dukkillab ura boshlardi-da,
nafasi bo‘g‘ilib, boshi aylanar, o‘zidan ketib qolay derdi.
Tush paytida u katta bir chuqurda ikkita tanga baliq suzib
yurganini ko‘rib qoldi. Chuqurning suvini quritib bo‘lmasdi.
Lekin u o‘zini ancha bosib olgandi, paqirchasi bilan baliqlarni
tutib oldi. Baliqlar jimjiloqdek-jimjiloqdek kichkina edi. Lekin
uning uncha ovqat yegisi yo‘q edi. Qorin og‘rig‘i ancha pa-
saygandi. U baliqlarni xomligicha og‘ziga solib, hafsala bilan
chaynay boshladi. Ishtahasi bo‘lmasa ham, ovqat yeyishga
o‘zini majbur qildi, chunki yashamoq uchun ovqat yeyish
zarurligini yaxshi bilardi.
Kechqurun u yana uchta tanga baliq tutdi, ikkitasini yeb,
uchinchisini ertalabga olib qo‘ydi. Quyosh onda-sonda uchrab
turgan xa shaklarni quritgandi, u suv qaynatib ichib, biroz isidi.
O‘sha kuni u o‘n mildan
1
ortiq yo‘l bosolmadi. Ertasiga yuragi
qattiq urib, besh milga yaqin yo‘lni bosib o‘tdi. Qorni ortiq
og‘rimay qo‘ydi. Endi u notanish yerlardan borardi, bug‘ular
tez-tez uchrar, hatto bo‘rilar ham ko‘rinib qolardi. Uning qu-
log‘iga ularning uvillagani tez-tez chalinardi. Bir marta u pusib
yo‘lni kesib o‘tayotgan uchta bo‘rini ko‘rib qoldi.
Yana tun kirdi. Tongda u biroz o‘ziga kelib, xaltaning
qayishini yechdi-da, ichidagi oltinni yerga to‘kdi. Oltinni
bab-baravar ikki qismga bo‘ldi. Bir bo‘lagini lattaga o‘rab,
uzoqdan yaxshi ko‘ri nib turadigan bir tepalikka, toshlar orasi-
ga yashirib qo‘ydi. Ikkinchi qismini yana xaltaga solib, og‘zi-
ni bog‘ladi. Keyin u bitta-yu bitta odeyalini yirtib, oyoqlarini
o‘radi. Lekin u hamon miltig‘ini tashlamasdi, chunki Diz
daryosi bo‘yida yashirib qo‘yilgan narsalar orasida patronlar
bor, axir.
Bugun hamma yoqni quruq tuman qopladi. Shu kuni u
yana ochlik azobini t
ortdi. Yo‘lovchi juda zaiflashib qolgan,
1
M i l – qadimdan qo‘llab kelingan, turli davlatlarda har xil qiymatlarga ega
bo‘lgan uzunlik o‘lchovi. Geografik milya – 7420 m; dengiz milyasi – 1852 m.

157
tez-tez boshi aylanar, vaqti-vaqti bilan hech narsani ko‘rmay
qolardi. U endi tez-tez qoqilar, yiqilar edi. Bir marta u kak-
lik uyasi ustiga yiqilib tushdi. Uyada endigina tuxumni yorib
chiqqan kaklik bolalari bor ekan. U shoshib-pishib ularni
tiriklayin og‘ziga sola boshladi. Kaklik bolalarining suyaklari
uning tishlari orasida xuddi tuxum po‘stlog‘i singari qasirlar
edi. Ona kaklik uning tepasida charx aylanib, uchib yurar va
achchiq-achchiq faryod qilardi. Odam miltiq qo‘ndog‘i bi-
lan kak
likni urib tushirmoqchi bo‘ldi, lekin qush chap berib
qoch
di. Keyin u kaklikka tosh ota boshladi, qanotini sindirdi.
Kaklik yaralangan qanotini sudrab, bir tomonga qarab qochdi.
Odam uning orqasidan quvlashga tushdi.
Kaklik bolalari uning ishtahasini yana ham ochib yubor-
di. U kalovlanib, oqsoqlanib, goh kaklikka tosh otib bo‘g‘iq
tovush bilan qiyqirar, goh har yiqilganda chidam bilan o‘rni-
dan turib, qovog‘ini solib, indamay qadam tashlar edi, boshi
aylanganda hushidan ketmaslik uchun ko‘zlarini ishqalar edi.
Kaklik orqasidan quvib borayotib, pastlikdagi bir chal-
chiqzorga duch keldi. Uning ko‘zi ho‘l chimliqdagi odam
iziga tushdi. Bu izlar uniki emasligi ravshan edi. Billning
izlari bo‘lsa kerak. Lekin u to‘xtab turolmasdi, chunki kaklik
tobora undan uzoqlashar edi. U qushni quvlay berib char-
chatdi, lekin o‘zining ham tinkasi quridi. Kaklik yonboshiga
ag‘darilib og‘ir-og‘ir nafas olib yotardi, lekin odam ham o‘n
qadamcha berida entikib yotar, qushga yetib olishga sira ham
madori qolmagandi. Odam biroz dam oldi, lekin qush ham
nafasini rostlagandi. U qo‘l uzatish bilan qush tipirlab qochdi.
Yana quvishga tushdi. Qosh qorayib, qush ko‘zdan g‘oyib
bo‘ldi. Odam juda charchaganligidan madori qurib qoqildi
va orqasidagi yuki bilan yiqildi-da, yuzlari shilinib ketdi. U
anchagina qimirlamay yotdi, keyin yonboshiga ag‘darilib, soa-
tini burab qo‘ydi-da, tong otguncha shu holatda yotib qoldi.
Yana tuman bosdi. Odeyalning yarmisi oyoqni o‘rashga
ketdi. Billning izini u qaytib topolmadi. Endi unga baribir
edi. Ochlik uni tinmay olg‘a haydardi. Bordi-yu. Bordi-yu,
Bill ham adashib qolgan bo‘lsa-chi? Tushga borib u juda ham
holdan toydi. U yana oltinni ikkiga bo‘ldi. Bu gal o‘lchab

158
o‘tirmay, yarmisini yerga to‘kib qo‘ya qoldi. Kechga borib,
odeyalning yarmini, paqircha va miltiqni olib qolib, oltinning
hammasini yerga to‘kib tashladi.
Ba’zi bir fikrlar uning miyasini juda chulg‘ab olgan-
di. Tasavvurida miltiqda xuddi bir o‘q bordek, u esa buni
ko‘rmay qolgandek edi. Shu bilan bir vaqtda miltiqda o‘q
yo‘qligini yaxshi bilardi. Lekin bu xom xayol uni sira tinch
qo‘ymasdi. Pirovardida miltig‘ini qarab, o‘qning yo‘qligiga
ishonch hosil qildi. Shunday hafsalasi pir bo‘ldiki, go‘yo u,
haqiqatan ham, o‘q borligini kutgan edi.
Yarim soat o‘tdi. Keyin miyasiga yana o‘sha fikr keldi,
u bu fikrni miyasidan chiqarib tashlayolmadi-da, o‘zini biroz
ovutish uchun miltig‘ini yana tekshirib chiqdi. Ahyon-ahyon-
da miyasi ishlamay qolar, o‘zi esa jonsiz narsadek beixtiyor
kalovlanib borar edi; g‘alati xayollar va bema’ni tasavvur-
lar uning miyasini qurtday kemirar edi. Lekin u tez o‘ziga
kelardi, chunki ochlik uni hamma vaqt haqiqatga qaytishga
majbur qilardi. Bir marta uning ko‘z oldida shunday bir ajib
manzara paydo bo‘ldiki, hushidan ketib qolishiga sal qoldi.
Uning oldida bir ot turardi. Ot! U ko‘zlariga ishonmadi. Ko‘z
oldi jimirlashib, atrofni tuman bosganday bo‘ldi. U zo‘r berib
ko‘zini ishqaladi, ko‘z oldi ravshanlanganda qarasa, qarshisida
ot emas, kattakon bir targ‘il ayiq turibdi. Ayiq unga o‘qrayib-
o‘qrayib qarardi. U miltig‘ini yelkasidan oldi-yu, shu ondayoq
esini yig‘di. Miltiqni qo‘yib, munchoq qadalib tikilgan qini-
dan pichog‘ini sug‘urdi. Uning oldida go‘sht va hayot turar-
di. Bosh barmog‘i bilan pichoqning tig‘ini tekshirib ko‘rdi.
Pichoqning tig‘i ham, uchi ham o‘tkir edi. U hozir ayiqqa
tashlanib, uni o‘ldiradi. Lekin uning yuragi xuddi xavfdan
ogoh
lantirayotgandek, duk-duk ura boshladi. Keyin birdan
yuragi qinidan chiqar darajada sakrab ketdi; miyasi xuddi
iskanjaga olgandek qattiq og‘ridi, ko‘z oldi qorong‘ilashdi.
Hozirgina jo‘sh urib turgan botirlik o‘rnini qo‘rquv egal-
ladi: u shu qadar zaif tortib ketdiki, ayiq hujum qilsa, nima
bo‘ladi? U mumkin qadar haybatliroq bo‘lib ko‘rinish uchun
qaddini rostladi, pichoqni qo‘liga olib, to‘g‘ri ayiqning ko‘zla-
riga tikildi. Yirtqich lapanglab oldinga bir qadam bosdi, ikki

159
oyog‘ini ko‘tarib o‘kirib yubordi. Odam qochganida, ayiq
unin g orqasidan quvgan bo‘lardi. Lekin odam qo‘rquvni bosib,
o‘rnidan qimirlamadi; u ham yirtqich hayvonday dahshat bilan
o‘kirib yubordi, bu o‘kirik qo‘rquv ifodasi edi, chunki qo‘rquv
yashash uchun kurash bilan chambarchas bog‘liq.
Ayiq undan qo‘rqmay tik turgan mana shu sirli maxluqdan
ha yiqib, o‘kirgancha bir tomonga chekindi. Lekin odam o‘rni-
dan qimirlamadi. U xavf o‘tib ketguncha qaqqayib turaverdi,
keyin xuddi bezgak tutgandek, titrab-qaqshab ho‘l chimliqqa
yiqildi.
U biroz o‘ziga kelib, qo‘rquv ichida yana yo‘lga tushdi. U
endi ochlikdan o‘lishdan emas, balki hayot uchun kurashning
so‘nggi intilishlari so‘nguncha yirtqich hayvonlar panjasida
o‘lib ketishdan qo‘rqardi. Atrofida bo‘rilar izg‘ib yuribdi.
Bo‘rilar ikkita-ikkitadan, uchta-uchtadan bo‘lib, tez-tez
unin

g yo‘lini kesib o‘tishardi. Lekin ular odamga yaqin ke-
lishmasdi. Ular juda ham ko‘p emasdi. Bundan tashqari, ular
qarshilik ko‘rsatmaydigan bug‘ularni ovlashga o‘rganishgan
edi, ikki oyoqli g‘alati maxluq esa chang solib qolsa ham,
tishlab olsa ham ajab emasdi.
Kechga borib u yerda sochilib yotgan suyaklarni ko‘rib
qoldi. Bo‘rilar xuddi mana shu yerda ovni qo‘lga tushirishgan
edi. Bir soat ilgari bu bug‘ucha sakrab-sakrab, ma’rab yurgan-
di. Odam top-toza qilib qo‘yilgan, yarqiroq qizg‘ish suyaklar-
ga qarab turdi. Suyaklar ning rangi qizg‘ish edi, chunki undagi
hayot hali so‘nmagandi. Kechqurunga borib, ehtimol, uning
taqdiri ham shunday bo‘lar. Hayot shunaqa, hayot bevafo va
bebaqo. Lekin hayot alam chektiradi, o‘limda esa qiynalish
yo‘q. O‘lmoq uxlamoqdir, o‘lim orom olmoqdir. Bo‘lmasa
nima uchun u o‘lishni istamaydi?
Lekin u uzoq o‘ylab o‘tirmadi. Ko‘p o‘tmay u cho‘kka
tushdi-da, suyaklarni kemira boshladi, suyaklarga qizg‘ish tus
berib turgan hayotning oxirgi nishonalarini so‘rmoqqa tutindi.
Go‘shtning o‘tmishdan qolgan xotira singari bo‘lib tuyulgan
sezilar-sezilmas mazasi uni o‘zini yo‘qotar darajada hayajon-
ga soldi. Suyakni tishlari orasiga olib, g‘ajiy boshladi. Goh
suyak sinar, goh uning tishi sinardi. Keyin u suyakni tosh

160
bilan yanchib, ochko‘zlik bilan yuta boshladi. Shoshilganidan
toshni barmoqlariga urar, ammo qancha hovliqmasin, nima
uchun og‘riqni sezmayotirman deb ajablanib qo‘yardi.
Qor va yomg‘irli kunlar yetib keldi. U endi qachon yotib,
qachon yo‘lga tushganini eslay olmasdi. Vaqtni surishtirmay,
kechasi ham, kunduzi ham yo‘l bosdi, yiqilgan yerida dam
oldi, undagi so‘nayotgan hayot uchquni alangalandi deguncha
yana oldinga qarab o‘rmaladi. Odam endi hayot uchun kurash-
may qo‘ydi. Undagi hayotning o‘zi o‘lishni istamas, shuning
uchun ham uni ilgariga haydardi. U ortiq azob chekmasdi.
Uning asablari uyushib qolgan, miyasi esa g‘alati xayollar,
shirin tushlar bilan to‘la edi.
U yo‘lda borarkan, bitta qo‘ymay yig‘ishtirib olgan
suyaklarni tinmay so‘rar va chaynar edi. U ortiq tepaliklarga
ko‘tarilmas, ariqlarni kechib o‘tmasdi, u endi keng vodiydan
oqib o‘tayotgan anhor yoqalab borardi. Uning ko‘ziga xayoliy
manzaralar ko‘rinardi. Uning tani bilan joni birga borardi-yu,
shunday bo‘lsa ham, ular bir-biridan ajralgandek edi: ularni
bir-biriga bog‘lab turgan hayot rishtasi shu qadar ingichka edi.
Bir kuni u yassi tosh ustida yotganida hushi o‘ziga kel-
di. U uzoq vaqtgacha qimirlamay yotdi. Quyosh saxiylik
bilan nur sochib, uning ayanchli badanini isitar edi. U ming
azob-uqubat bilan bir yonboshiga ag‘darildi. Pastda katta sokin
bir daryo oqib yotardi. Bu daryo odamga notanish edi: bu
uni ajablantirdi. U notanish dar
yoning oqimini shoshmasdan,
sovuqqonlik bilan to ufqqa qadar kuzatdi-da, daryoning uzoq-
da yarqirab turgan dengizga quyilayotganini ko‘rdi. Shunday
bo‘lsa ham, bu narsa uni sira hayajonlantirmadi. «Qiziq, – deb
o‘yladi u. – Ko‘zimga shunday ko‘rinyaptimi yoki miyam
aynib qoldimikin?» Dengiz o‘rtasida langar tashlab turgan
kemani ko‘rganida bu fikrning to‘g‘ri ekanligiga yana bir bor
ishondi. U bir zumga ko‘zlarini yumib yana ochdi. Qiziq,
o‘sha narsalar yana ko‘rindi. Bunga ajablanmasa ham bo‘lar-
di. Miltig‘ida patron bo‘lmaganidek, mana shu sahroning qoq
o‘rtasida dengizning ham, kemaning ham bo‘lishi mumkin
emasligini bilardi u.

161
Orqadan xirillagan bir tovush eshitildi, bu xo‘rsinishmi,
yo‘talmi – bilib bo‘lmas edi. G‘oyat zaiflik va karaxtlikni
juda sekinlik bilan yengib, u ikkinchi yonboshiga ag‘darildi.
Yaqinida hech narsa ko‘rinmadi. U sabr bilan kuta boshladi.
Yana xirillagan va yo‘tal tovushi eshitildi. Yigirma qadamcha
narida o‘tkir qirrali ikki toshning orqasidan bir bo‘rining kul-
rang boshi ko‘rindi. Uning quloqlari boshqa bo‘rilarniki singa-
ri tik emas, ko‘zlari xira va qon quyilgan, boshi solingan.
Bo‘ri kasal bo‘lsa kerak: u tinmay aksa urar va yo‘talar edi.
«Hech bo‘lmaganda bunisi haqiqatdir» deb o‘yladi u va
sarob pardasi bilan qoplanmagan, haqiqiy dunyoni ko‘rish
uchun boshqa yonboshiga ag‘darildi. Lekin dengiz hali ham
ilgarigidek uzoqda yaltirab turar, kema ham aniq ko‘zga chali-
nardi. Ehtimol, bu rostdan ham haqiqatdir. U ko‘zlarini yumib
o‘ylay boshladi. Pirovardida hamma narsa ayon bo‘ldi. U
shimoli-sharqqa qarab yurgan va Diz daryosidan uzoqlashib,
Kappirmayn daryosi vodiysiga kelib qolgan. Sokin oqayotgan
shu daryo Kappirmayn daryosining xuddi o‘zginasi. Yaltirab
turgan dengiz Shimoliy Muz dengizi. Bu kema kit ovchilari-
ning kemasi bo‘lib, Makkenzi daryosi dengizga quyiladigan
joydan sharq tomonga ancha ketib qolgan. Bu kema Koronat-
siya ko‘rfazida turibdi. U bir vaqtlar ko‘rgan Gudzon ko‘rfazi
kompaniyasining xaritasini esladi-yu, shunda bor gap ravshan
va tushunarli bo‘lib qoldi.
U yerga o‘tirib oldi-da, eng zarur ishlar haqida o‘ylab
ketdi. Oyoqlarini o‘rab bog‘lagan odeyal parchalari titilib ket-
ganidan oyoqlari shilinib qip-qizil go‘sht bo‘lib qolgandi. Eng
so‘nggi odeyalni ham ishlatib bo‘lgan. Miltiq bilan pichoq
yo‘qolgan. Qal
pog‘i ham tushib qolibdi, qalpoq bilan birga
astariga yashirilgan gugurt ham yo‘qolgandi, lekin qog‘ozga
o‘rab, hamyoniga yashirib qo‘ygan gugurt hali ham turibdi.
U soatiga qaradi, soati yurib turar va o‘n birni ko‘rsatardi.
Soatni burab turgan bo‘lsa kerak.
U xotirjam, aqli joyida edi. Juda ham holdan toyganiga
qaramay, og‘riqni sezmas, ovqat yegisi ham kelmasdi. Ovqat
haqida o‘ylagisi ham kelmasdi. U nima qilmasin, hammasini
idrok hukmi bilan qilardi. U shimining pochasidan to tizzasi-

162
gacha yirtib oldi-da, to‘pig‘ini o‘rab bog‘ladi. Chelakchasini
nima uchundir tashlamagan edi. Kemaga qarab yo‘l solishdan
avval suv qaynatib ichish kerak – bu safarning juda og‘ir
bo‘lishini u oldindan bilardi.
U juda sekin qimirlar, shol odamdek qaltirar edi. Quruq
xashak yig‘moqchi bo‘ldi-yu, lekin o‘rnidan turolmadi. Bir
necha marta o‘rnidan turishga urinib ko‘rdi, bo‘lmagach,
emaklab ketdi. Bir gal hatto kasal bo‘rining oldiga juda
yaqin borib qoldi. Bo‘ri istar-istamas o‘zini chetga oldi va
zo‘rg‘a tilini qimirlatib, tumshug‘ini yaladi. Uning tili sog‘lom
bo‘rinikidek qizil emas, kulrang, sarg‘ish bo‘lib, yelim singa-
ri quyuq shilliq bilan qoplangan. Odam qaynagan suvdan
ichdi-da, deyarli kuch-quvvatdan qolgan bo‘lsa ham, o‘rnidan
tu rishga, hatto yurishga ham madori yetishini his qildi. Daqiqa
sayin to‘xtab dam olardi, bazo‘r qadam tashlar, bo‘ri ham
uning orqasida xuddi shu yo‘sinda sudralib borardi.
Qorong‘i tushib, yarqirab turgan dengiz zulmat ichiga
g‘arq bo‘lganida, u oraliqdagi masofa ko‘p emas to‘rt milga
qisqarganini angladi.
Tun bo‘yi kasal bo‘rining yo‘talishi va ba’zan bug‘u bo-
lalarining ma’rashi eshitilib turdi. Atrofda hayot qaynamoqda,
u kuch-quvvatga to‘la, sog‘lom hayot. U esa orqasidan kasal
bo‘ri ergashib kelayotganini, kasal odam avval o‘ladi degan
umidda ekanligini tu
shunar edi. Ertalab turib qarasa, bo‘ri
unga g‘amgin va ochko‘zlik bilan tikilib turibdi. Bo‘ri dumini
qisib, xuddi tinkasi qurigan it kabi boshini quyi solib turardi.
Bo‘ri sovuq shamolda qaltirar, odam xirillagan tovush bilan
unga so‘z qotganida, tishini ko‘rsatib irillar edi.
Ufqdan yorqin quyosh ko‘tarildi. Odam choshgohga qadar
yiqilib-surilib yaltiroq dengizda turgan kemaga qarab yurdi.
Tushdan keyin u bir izga duch keldi. Bu boshqa bir odam-
ning izi bo‘lib, u odamning emaklab yurgani bilinib turardi.
«Ehtimol, bu Billning izidir» deb o‘yladi u xotirjam. Unga
baribir edi. To‘g‘risi, u hech narsani sezmay, hech narsadan
hayajonlanmay qo‘ygan edi. U hatto og‘riqni ham sezmasdi.
Qorin bilan asablari go‘yo mudrab qolgandek. Lekin hali
so‘nmagan hayot uchquni uni olg‘a boshlardi. U juda char-

163
chagan, lekin sira o‘lgisi kelmas edi. Shuning uchun ham u
chalchiqzordan meva terib yer, tanga baliq ovlar, suv qaynatib
ichar va olazarak bo‘lib kasal bo‘rini kuzatar edi.
U o‘rmalab o‘tgan boshqa odamning izidan borardi. Ko‘p
o‘tmay, o‘zidan oldingi odamning manziliga yetib keldi. Ho‘l
chimliq ustida kemirib tashlangan suyaklar va bo‘rining iziga
ko‘zi tushdi. Yerda xuddi o‘zinikiga o‘xshash, o‘tkir tishlar
tortqilab yirtgan bug‘u teri sidan tikilgan xalta yotardi. Bunday
og‘ir yukni ko‘tarishga madori kelmasa ham, kuchsiz barmoq-
lari bilan qopni yerdan ko‘tarib oldi. Bill oltinlarini so‘nggi
daqiqalarga qadar tashlamagan. Ha-ha-ha! U hali Billning
ustidan masxara qilib kuladi, tirik qoladi va xaltani yarqirab
turgan dengizdagi kemaga olib ketadi. U xuddi qarg‘a
ning
qag‘illashiga o‘xshagan bo‘g‘iq ovozda dahshatli qilib kular-
di. Kasal bo‘ri ham unga jo‘r bo‘ilb xirillagan tovush bilan
uvilladi. Odam darhol jim bo‘ldi. Agar mana shu suyaklar
Billniki bo‘lsa, shu toza kemirilgan, qizg‘ish suyaklar Billniki
bo‘lsa, qanday qilib uning ustidan kulyapti-ya!
U yuzini o‘girib oldi. Nima qilsin, Bill uni tashlab ketdi,
lekin u Billning oltinlarini olmaydi, uning suyaklarini kemir-
maydi. «Agar mening o‘rnimda Bill bo‘lganida shunday qil-
gan bo‘lardi» deb o‘ylab qo‘ydi va kalovlanib yo‘lga tushdi.
U kichkina bir ko‘lga duch keldi. Baliq yo‘qmikan deb
chuqurchaga engashib qaradi-yu, xuddi ilon chaqqandek ses-
kanib o‘zini orqaga tashladi. Suvda u o‘z aksini ko‘rib qoldi.
Basharasi shu qadar qo‘rqinchli ediki, bu diydasi qotib qolgan
odamning ko‘ngliga vahima soldi. Ko‘lchada uchta baliq suzib
yurardi, lekin ko‘lcha kattagina bo‘lib, suvni quritishga uning
qurbi yetmasdi. U baliqlarni chelakcha bilan tutishga urinib
ko‘rdi, keyin bu fikrdan qaytdi. O‘lgundek charchaganidan suv-
ga yiqilib, cho‘kib ketaman deb qo‘rqdi. Cho‘kib ketishidan
qo‘rqib, u qumloq sohilda yog‘och xodalar ko‘p bo‘lsa ham,
sol yasab, daryodan suzib ketishga jur’at qilolmadi. O‘sha
kuni u kemagacha bo‘lgan masofani uch milga qisqartdi. Er-
tasiga esa ikki mil yo‘l bosdi. Endi u xuddi Billga o‘xshab
o‘rmalab borardi. Beshinchi kun kechqurun kemaga yetish
uchun yana yetti mil yo‘l qolgan edi; endi bir kunda bir mil

164
yo‘l bosishga ham madori qolmadi. Erta kuzning iliq kunlari
hali tugamagan edi, u esa goh o‘rmalar, goh hushidan ketib
yiqilardi, kasal bo‘ri esa yo‘talib, aksa urib, uning orqasidan
qolmay sudralib borardi. Odamning tizzalari qip-qizil go‘sht
bo‘lib ketgan, tovonlari bundan ham badtar edi. Ko‘ylagidan
yirtib olib tizza va tovonlarini o‘rab bog‘lagan bo‘lsa ham,
orqasidan chimliq va toshlar ustiga qonli iz qoldirib borardi.
U bir marta orqasiga qayrilib qarab, bo‘rining ochko‘zlik bilan
qonli izlarini yalayotganini ko‘rib qoldi. Agar bo‘rini bir yoq-
liq qilmasa, holi nima kechishini juda yaxshi bilardi. Shundan
keyin hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan kurashlar
ning eng
shiddatlisi boshlandi: emaklab borayotgan kasal odam, uning
orqasidan sudralayotgan kasal bo‘ri – ikkisi ham chala o‘lik
holda bir-birini poylashib, sahrodan sudralib bordilar.
Bo‘ri sog‘ bo‘lganida, odam bunchalik qarshilik ko‘rsatib
o‘tirmagan bo‘lardi, lekin mana shu badburush, deyarli o‘lak-
sa bo‘lib qolgan razil maxluqning qorniga tushishini o‘ylasa,
ko‘ngli aynir edi. U yana alahlay boshladi, yana ko‘ziga
allanimalar ko‘rina boshladi, bu safar uning o‘ziga kelishi
ancha qiyin bo‘ldi.
Bir marta xuddi qulog‘i ostida kimdir tez-tez nafas olayot-
ganini eshitib, hushiga keldi. Tepasida turgan bo‘ri o‘zini
orqaga tashladi va qoqilib ketdi-da, nimjonligidan yiqilib

165
tushdi. Bu juda kulgili edi, lekin odam kulmadi. U hat-
to qo‘rqmadi ham. U endi qo‘r
qish nimali
gini ham sezmay
qolgan edi. Uning ongi bir daqiqaga ravshanlashdi, u o‘ylab
ketdi. Kemaga qadar endi ko‘pi bilan to‘rt mil yo‘l qolgan-
di. U tuman bosgan ko‘zlarini ishqalab, kemani juda ravshan
ko‘rdi, yarqirab turgan dengizni kesib o‘tayotgan oq yelkanli
qayiqchani ham ko‘rdi. Lekin bu to‘rt millik masofani bosib
o‘tishga holi qolmagan edi. Odam buni bilardi, shuning uchun
ham bezovtalanmadi. Yarim mil ham yo‘l bosa olmasligiga
aqli yetardi. Shunday bo‘lsa ham yashashni istardi. Shun-
cha azob-uqubatlardan keyin o‘lib ketish bema’nilik bo‘lardi.
Taqdir undan juda ko‘p narsa talab qilardi. Joni halqumiga
tiqilganda ham u o‘limga bo‘ysunishni istamasdi. Ehtimol, bu
aqlsizlik edi, lekin u o‘lim changaliga tushib qolgan bo‘lsa
ham, uning changalidan qutulib chiqish uchun jon-jahdi bilan
kurashaverdi.
U ko‘zlarini yumib, bor kuchini to‘pladi. Xuddi to‘lqin
singari uning vujudini bosib olayotgan alahsirashga yon bos-
maslik uchun o‘zini tetik tutishga urinardi. Bu to‘lqin o‘qtin-
o‘qtin ko‘tarilib, uning ongi ni xiralashtirardi. Ba’zan u chora-
siz tipirchilab, o‘zini bilmay qolar, keyin yana bir amallab
hushini yig‘ar edi.
U qimirlamasdi, chalqancha yotganicha kasal bo‘rining
xirilla
gan tovushi tobora yaqinroq eshitilayotganiga quloq
soldi. Bo‘rining nafasi juda yaqindan eshitila boshladi-yu,
qurg‘ab qolgan til xuddi shildiroq qog‘oz singari uning yuzini
timdaladi. Qo‘llari yuqoriga cho‘zildi, barmoqlari xuddi chan-
gak singari bukildi, lekin mehnati zoye ketdi. Tez va ishonch
bilan harakat qilish uchun kuch kerak, unda esa kuch yo‘q.
Bo‘ri sabrli edi, lekin odam undan ham sabrliroq edi.
U hushdan ketib qolmaslik uchun urinib va bo‘rini poylab,
yarim kun qimirlamasdan yotdi. Bo‘ri uni yemoqchi edi,
qo‘ldan kelsa, odam ham bo‘rini yemoqchi edi. Vaqti-vaqti
bilan u hushidan ketib qolar, shunda u uzoq-uzoq tushlar
ko‘rar edi; lekin tushida ham, o‘ngida ham mana hozir bo‘ri
tili bilan meni yalaydi deb kutib yotardi.

166
Nafas tovushini eshitmadi, lekin bo‘ri uning qo‘lini ya-
layotganligini sezib o‘ziga keldi. Odam kutib yotdi. Bo‘ri
unin

g qo‘lini tishlari orasiga olib kuchining boricha qisdi,
keyin u shuncha vaqt kutgan g‘animatiga tishlarini qattiqroq
botiraverdi. Lekin odam ham shu paytni sabrsizlik bilan kut-
gandi, uning tishlangan qo‘llari bo‘ri
ning jag‘ini qisdi. Bo‘ri
bazo‘r o‘zini himoya qilardi, odam bir qo‘li bilan uning jag‘ini
qisardi, ikkinchi qo‘lini ham uzatib bo‘rining tomog‘idan
bo‘g‘a boshladi. Besh daqiqadan keyin odam o‘zining butun
og‘irligi bilan bo‘rini bosib tushdi. Bo‘rini bo‘g‘ib o‘ldirish
uchun uning kuchi yetmas, shunda odam tishi bilan bo‘rining
tomog‘iga yopishdi, uning og‘zi yungga to‘ldi. Yarim soat
o‘tdi, odam o‘z tomog‘iga issiq qon quyilayotganini sezdi.
Xuddi uning og‘ziga eritilgan qo‘rg‘oshin quyilayotgandek,
uni yutish bir azob edi. Lekin u o‘zini chidashga majbur
qildi. Keyin odam chalqanchasiga ag‘darildi-da, uyquga ketdi.
Kit ovlovchi «Bedford» kemasida ilmiy ekspeditsiya
a’zolari bor edi. Ular kema palubasida turib, qirg‘oqda g‘alati
bir maxluqni ko‘rib qolishdi. Bu maxluq qum ustida zo‘rg‘a
o‘rmalab dengiz tomonga kelardi. Olimlar bu
ning nima ekan-
ligini bilolmadilar, tabiatshunos bo‘lganliklari uchun qayiqcha-
ga o‘tirib qirg‘oqqa suzib ketdilar. Ular tirik bir maxluqni
ko‘rdilar, lekin uni odam deb bo‘ladimi?! U hech narsani
eshitmas, hech narsani tushunmas, qum ustida ulkan qurt
singari buralar edi. U oldinga deyarli siljimas, lekin orqasiga
ham qaytmasdi, buralib-buralib oldinga qarab harakat qilar va
soatiga yigirma qadamdan yo‘l bosardi.
Uch hafta o‘tgandan keyin u «Bedford» kemasida karavotda
yotgan holda ko‘z yoshlarini oqizib, o‘zining kimligi va qan-
day mashaqqatlarni boshidan kechirganini hikoya qilib berdi.
U onasi, serquyosh janubiy Kaliforniya apelsin daraxtlari va
gullar orasiga ko‘milgan uyi haqida poyma-poy gapirib berdi.
Bir necha kun o‘tganidan keyin u olimlar va kapitan bilan
birga kayut-kampaniyada o‘tirar edi. U ovqatning mo‘lligidan
quvonar, boshqalarning og‘ziga tushib yo‘q bo‘lib ketayotgan
har bir luqma uni zo‘r tashvishga solardi. Uning aqli joyida,
lekin stol atrofida o‘tirgan odamlarga nafrat bilan boqardi.

167
Ovqatning tamom bo‘lib qolishidan qo‘rqib, bezovta bo‘lar-
di. U hadeb oshpazdan, xizmatchi boladan, kapitandan ovqat
zaxirasini surishtirardi. Ular yuz martalab tasalli bersalar ham
ishonmas, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani ovqat omboriga tez-tez
tushib turardi.
Kemadagilar uning o‘nglanayotganini sezib qoldilar. U kun
sayin semiraverdi. Olimlar bosh chayqab turli taxminlar qi-
lishardi. Unga ovqatni kamroq bera boshladilar, lekin shunda
ham semirib, qorin sola boshladi.
Matroslar bunga kulishardi, ular gap nimada ekanligini
bi
lishardi. Olimlar uning orqasidan poylab, sirni bilib oldilar.
Ertalab no
nushtadan keyin u bakka chiqar va matroslarga
xuddi tilanchiday qo‘l cho‘zardi. Matros kulib, unga suxari
berardi. U ochko‘zlik bilan suxarini olar va xuddi oltinga
ko‘zi tushgan xasisdek, nonni qo‘ltig‘iga urardi. Boshqa mat-
roslar ham yo‘lini topib, uni quruq qo‘ymasdi.
Olimlar indamay uni o‘z holiga qo‘yib qo‘ydilar. Ular
o‘ziga bildirmay uning karavotini tekshirdilar. Karavotning
osti suxari bilan to‘la edi. To‘shakning ichiga ham suxari
to‘ldirgan ekan. Har bir burchakka suxari yashirilgan. Lekin
uning miyasi joyida edi. U faqat, yana och qolguday bo‘lsam
deb shuning chorasini ko‘rardi, xolos. Olimlar bu kasallik
tez o‘tib ketadi degan fikrda edilar. Haqiqatan ham, «Bed-
ford» kemasi San-Fransisko gavaniga langar tashlamasidanoq
bu kasal o‘tib ketdi.

O’tkir Hoshimov. Muhabbat & “Ikki eshik orasi” romanidan ostiga chizilgan parchalar

Қизнинг соч толалари Тиркашнинг юзига тегиб турар, алланечук нотаниш, аммо тотли ис анқир, унинг бутун вужуди таранг тортилиб, оёқлари титрар, қизнинг ҳам елкалари билинар-билинмас силкинаётганини ҳис қилиб турарди. Тўсатдан қиз силтаниб қаддини ростлади-ю, зарб билан итариб юборди уни…

Ўткир Ҳошимов
МУҲАББАТ

Ўткир Ҳошимов 1941 йил 5 августда Тошкент шаҳрида туғилган. Ўзбекистон халқ ёзувчиси (1991). ТошДУнинг филология факултетининг журналистика бўлимини тугатган (1964). Илк китоби — «Пўлат чавандоз» (1962, очерклар тўплами). Биринчи йирик насрий асари — «Чўл ҳавоси» (1963). «Одамлар нима деркин» (1965), «Шамол эсаверади» (1966), «Қалбингга қулоқ сол» (1973), «Баҳор қайтмайди» (1970), «Дунёнинг ишлари» (1982) қиссалари ҳамда «Нур борки, соя бор» (1976), «Икки эшик ораси» (1986), «Тушда кечган умрлар» (1994) романлари нашр этилган.
Ёзувчининг бир қанча асарлари экранлаштирилган. «Хазон бўлган баҳор», «Инсон садоқати» (1975), «Виждон дориси», «Тўйлар муборак» (1979), «Қатағон» каби драма, комедия, бир қатор киносценарийлар муаллифи. «Дафтар ҳошиясидаги битиклар» (2001) китоби ижтимоий-маънавий ҳаётда муайян из қолдирган.
Ҳамза номидаги Ўзбекистон Давлат мукофоти лауреати (1986). «Меҳнат шуҳрати» (1996), «Буюк хизматлари учун» (2001) орденлари билан мукофотланган. 2013 йил 24 май куни вафот этган.

Узоқ, энтикиб ўпишдилар. Қизнинг соч толалари Тиркашнинг юзига тегиб турар, алланечук нотаниш, аммо тотли ис анқир, унинг бутун вужуди таранг тортилиб, оёқлари титрар, қизнинг ҳам елкалари билинар-билинмас силкинаётганини ҳис қилиб турарди. Тўсатдан қиз силтаниб қаддини ростлади-ю, зарб билан итариб юборди уни.

Тиркаш лайлак қилиб қўйилган аравага суяниб қолди. У ҳамон ўзига келолмас, аллақандай ички бир тўлқин борган сайин қаттиқроқ жўш урарди.

— Дадам сўйиб ташлайди, — деди қиз тўзиб кетган сочларини кафти билан текисларкан. Аммо дадасидан ҳеч қачон ҳайиқмаганлиги, бундан кейин ҳам ҳайиқмаслиги унинг овозидан билиниб турарди.

Тиркаш аравадан уч-тўрт қадам нарида, майсалар устига ташлаб қўйилган бир парча намат устида ухлаб ётган чолга қаради. Чол ола-була хуржунга бошини ташлаб, оёқларини керганича, чалқанча ётар, қоронғида юзи аниқ кўринмасди. Ундан ҳам нарироқда бир туп дўлананинг тўкилган хазонини шитирлатиб, шарпадай қоп-қора эшак ўтлаб юрарди.

Тиркаш қаддини ростлаб, қизга тикилиб қолди. Унинг катта-катта кўзлари ёниб турар, узун-узун киприклари, қирра бурни қоронғида янаям жозибали кўринар, Тиркаш ҳали ҳам ҳаяжонини босиб ололмас эди. Икковлари анчагача жимиб қолишди. Арслонбоб тоғининг чўққиси ёниб кетди. Зум ўтмай дум-думалоқ тўлин ой чиқди. Чор атрофга нур аралаш сукунат сели қуйилгандай, ҳаммаёқ жимжит бўлиб қолди. Япроқлари тўкила бошлаган дўлана соядай қорайиб кўринар, ҳавода хазон, ғўзапоя иси анқирди.

Қиз сочини қайтадан ўриб, орқасига ташлади. Тиркашнинг ёнига келди-да, ниҳолдай нозик гавдасини эгиб, арава ичидан пахталик нимча олиб кийди. Тиркашга бир қараб қўйди-ю, оёқларини осилтириб, аравага ўтириб олди. У энди ҳамма нарсани унутгандай, Тиркашни кўрмаёттандай эди. Бошини баланд кўтариб, ойга тикилиб ўтирар, чеҳрасида бепарволик кўриниб турарди. Бояги тўлқин яна жўш уриб кетди. Тиркаш нима қилаётганини ўзи ҳам сезмай, тиз чўкиб, қизнинг оёқларидан маҳкам қучоқлаб олди.

— Дилор, кетма. Илтимос қиламан, ялинаман… — У қизнинг тиззасига бош қўйди. Негадир шу топда қизнинг қўллари сочини силашини кутар, орзу қиларди. Дилор эгилиб унинг елкасидан итарди.
— Кет бу ердан!

— Тушунсанг-чи, ахир, қаёққа борасан?! Нимага борасан? — Тиркаш қизнинг оёқларини маҳкамроқ қисиб илтижо билан бош чайқади. — Йўқ дема, Дилор. Иккаламиз бирга ишлаймиз. Сен нимани хоҳласанг…
— Кет, мен ухлайман! — Дилор тағин унинг елкасидан итарди.

Тиркаш қизнинг чимирилган қошларига, қатъият билан қимтилган лабларига қараб, энди гапириш ортиқча эканини тушунди. Аста қаддини ростлаб, бошини қуйи солди. Ўзига ҳам эриш туюлган паст, ўкин овозда пичирлади:
— Кетиб қолманглар, тонготарда келаман.

Шартта бурилди-да, тасмадай оқариб ётган тупроқ кўчадан соясини босиб, чопиб кетди. Ой коптокдай сакраб-сакраб унга эргашиб келаётгандек бўлар, қишлоқ томондан итларнинг акиллагани эшитилар, сой шовиллар эди. Қир устига чиққанида олд томондан қишлоқ чироқлари кўринди. У тўхтаб қолди. Орқасига бурилиб қаради. Пастлиқда, йўл ёқасидаги ўша бир туп дўлана қорайиб кўринар, Дилор ҳам, отаси хам дарахт кўланкаси тагида қолиб кетганди.

Тиркаш тез юрганидан нафаси қисиб, терлаб кетганини энди сезди. Кўйлагини ечиб елкасига ташлади-да, тағин қишлоқ томонга қаради. Катта йўлдан нур занжири билан боғланиб қолгандай қатор-қатор машиналар ўтиб борарди. «Пунктга пахта олиб кетишяпти», деб ўйлади у. Бирдан кўнгли чўкди. «Йўқ! — деди у пичирлаб. — Ҳеч қаёққа бормайман. Бормайман! Уйга ҳам, Дилорнинг олдига ҳам. Ҳеч нима керакмас менга, ҳеч нима!»

У кўйлагини ерга ташлаб, қуриб, сарғайиб қолган кўкатлар устига ўтирди.

«Нима бўляпти ўзи? Қаёқданам шу қизни учратдим?! Наҳотки энди ҳамма нарсадан — уйим, қишлоғим, отамдан айрилсам? Наҳотки энди Тентаксойдан бир умр бош олиб кетсам? Нима бўляпти ўзи?»
У диққат билан қулоқ сола бошлади. Бу сафар сойнинг шовиллаши аниқ эшитилди. Кейин хўрозлар чўзиб-чўзиб қичқира бошлади. Эҳтимол, уларнинг ҳовлисидаги тождор хўроз ҳам қўноқда туриб бўйнини чўзганча жўр бўлаётгандир. Эҳтимол, Қосим ота хирмондан қайтиб, унинг келишини кутиб, супада нос чекиб мудраб ўтиргандир.

Тиркашнинг хаёлида Қосим отанинг оппоқ қоши остидан ўйчанлик, мулойимлик билан боқиб турган кўзлари, сўлғинроқ, аммо нуроний юзи, чўққи соқоли жонланди. Шу кўзларнинг нурини олган Тиркашнинг ўзи эмасмикин? Шу соч-соқолга қиров қўндирган Тиркашнинг ўзи эмасмикин! Ахир уни одам қилган, ота ўрнида ота бўлган киши шу эмасмиди. Тиркашдан бошқа суянчиғи борми унинг…
Кошки эди, Тентаксойга ўша эски арава кириб келмаган бўлса… Кошки эди, Тиркаш шу аравада келаётган лўли қизни — Дилорни кўрмаган бўлса…

Тиркаш бирданига ўрнидан сакраб тургиси, қишлоқ томонга югуриб кетгиси келди. Лекин қачонлардир гўдаклик хотирасига маҳкам ўрнашиб қолган, унутилаёзган соғинч бир туйғу устун келди-ю, чалқанча ётиб олди. Ой ҳаволаб кетган, қатлам-қатлам куз булутлари оҳиста сузиб ўтар, намхуш тупроқ иси анқир эди.

Бу воқеага анча йил бўлиб кетган. Анча йиллар…

Тиркаш эсини танибдики, шу тупроқ вояга етказди уни. Дунёга қайси куни келганини, отаси ким, онаси ким эканини ҳалиям билмайди. Тўрт-беш ёшида одам ажратадиган бўлиб қолганида лўлилар чодирида кўрди ўзини. Ота-онаси аллақачон кўз юмиб кетганини шулардан эшитди. Ҳаммага эргашиб юргани учун Тиркаш деб чақиришаркан уни. Улар Тиркашни қўлма-қўл кўтариб катта қилишибди… Тиркаш ҳам шу лўлилардан биттаси эди. Ярим кечагача чилдирма чалиб, базм қилишни, қизил кўйлагининг этагини ҳилпиратиб рақс тушишни ҳеч нимага алишмайдиган хотинларнинг ҳаммаси унинг онаси эди. Гулхан атрофида давра қуриб ўтирган лўлиларнинг ҳаммаси ота эди унга.

Ҳазин қўшиқлар оғушида мудраган оқшомлар, ой нурига ғарқ бўлган осмон… Тиркаш дунёга келиб энг аввал шуларни кўрганди. Кун ботар-ботмас уларнинг элати кўкаламзор бир ерга чодир тикар, Тиркаш кўкатлар устига чалқанча тушиб оларди-да, чилдирманинг гумбирлашига, қувноқ қаҳқаҳаларга қулоқ солиб ётар, гулхан атрофида лип-лип айланаётган соялардан кўзи тиниб ухлаб қоларди.
Эрта тонгда одамларнинг ғовур-ғувури, эшакларнинг ҳанграшидан уйғониб кетарди. Шудрингдан ҳўл бўлиб кетган жингалак сочларини силаб ўрнидан турар, увушиб қолган қўлларини уқалаб-уқалаб қўярди.

Яна ўша узун-узун йўллар бошланарди. Дунёда йўлларнинг нега шунчалик кўплигига унинг ақли етмас, лўлилар элати бўлса бир зум ҳам тўхтамас, қаёққа кетишаётганини ҳеч ким билмасди.
Тиркашнинг сўнгсиз-ниҳоясиз йўллари Тентаксойда тўхтади. Баҳор оқшомларидан бирида лўлилар элати шундоққина сойнинг бўйига, тошлоқ соҳилга чодир тикди. Тентаксой сон-саноқсиз оролчалар ҳосил қилиб ҳайқирар, осмони фалакка марварид сочарди.

Тиркаш ўшанда етти-саккизларга бориб қолган, тишлари бир марта тўкилиб чиққан эди. Кун бўйи йўл юравериб чарчаганиданми, ҳаммадан олдин ухлаб қолибди.

Тонготарга яқин энтикиб уйғониб кетди. Уйғонди-ю, тўлқинлар кетма-кет урилиб, сув қаърига тортиб кетаётганини билиб чинқириб юборди. Аммо овозини ўзи ҳам эшитолмади. Оғзига сув тўлиб ўқчий бошлади. Сой даҳ-шатли гулдуросдан титрар, еру кўк қоп-қора тўлқинларга кўмилган эди. Тиркаш сувдан қалқиб чиқиб, қоп-қора осмонни сўнгги марта кўрди-ю, типирчилаб чўкиб кетди.

У кўзини очганида бошига эгилиб турган нотаниш кишини кўрди. Элатида бундай одам йўқ эди. Бошига кўк духоба дўппи кийиб олибди. Юзлари қизариб кетган, оқ оралаган мўйлови ҳўл бўлиб, чўққи соқолига ёпишиб қблибди. У жиққа сув кўйлагининг этагини қайириб, Тиркашнинг пешанасини артди.
— Отинг нима, ўғлим?

Тиркаш ўзини шу одам сувдан олиб чиққанини энди тушунди.
— Кетаман!

У ўрнидан турмоқчи бўлган эди, мажоли келмади. Нотаниш киши унинг устига кўрпа ташлади.

— Элатларинг кетиб қолишди. Сени аллақачон ўлдига чиқаришган бўлса керак. — Нотаниш киши чуқур хўрсинди. — Сел ёмон қутурди-да! Тентаксой шунақа ўзи. Ҳар баҳорда жиловини йўқотиб қўяди.

Тиркаш бегона уйнинг гулдор қоғоз ёпиштирилган шифтига тикилиб ёта-ёта кўзлари илинди.

…Бу воқеага анча йил бўлиб кетган… Анча йиллар…

Агар уч кун аввал қишлоққа яна битта лўли арава кириб келмаганида, агар Дилорни кўрмаганида, қиз кетаман деб туриб олмаганида, ўша дамларни эслаб ўтирмасди.

Қуёш уфққа лаб босди. Кичкина шалақ арава тупроқ йўлдан имиллаб борар эди. Қора эшак чиллакдай ингичка оёқлари билан тупроқ чангитиб, аравани судраб борар, ғилдираклар нола чеккан каби ҳазин ғийқилларди.

Аравада ўтирган чолнинг ингичка, буришиқ бўйнидаги чуқурчаси, оқ оралаган сочи Тиркашга кўриниб турарди. Дилорнинг отаси ҳеч қаёққа шошилмаётганини шама қилгандай эшакни қистамас, бошини ташлаб, мудраб борарди. Эрталабдан бери чол Тиркашга бир оғиз ҳам гапирмади. Фақат аҳён-аҳёнда милки қизариб кетган кўзлари билан унга синчиклаб қараб қўяр, яна индамасдан тескари қараб оларди.

Араванинг кетида Тиркаш билан ёнма-ён келаётган Дилор унга қараб жилмайиб қўяр, аллақаёқдан синдириб олган тол хивичи билан йўл четидаги гиёҳларни савалаб борарди. Унинг шапалоқ гулли қизил куйлаги шафакда ловиллар, ўзи ҳам ўт бўлиб ёниб кетаётгандай кўринарди. Тиркаш шу топда қизнинг нима ўйлаётганини билолмас, аммо бир кўзини сал қисиб, истеҳзоли, жозибали жилмайишидан ўзининг гўзаллигидан, йигитни эргаштириб келаётганидан мамнун эканлигини кўриб турарди.

Қуёш ер ортига юмалаб кетди. Оқшом шамоли уфқда ёниб турган шафақ алангасини пуфлаб ўчирди. Ҳамон ғилдираклар нола чекар, шалақ арава тепаликка чиқиб борарди.

Тиркаш қишлоқдан чиқиб кетаётганида ҳозиргидек кўнгли ғаш бўлишини ўйламаганди. У Қосим отанинг кўзига кўринишдан қўрққан, Тентаксойдан чиқиб олгунча таниш шофёрларнинг учраб қолишидан юрак ҳовучлаб турганди. Йўқ, ҳеч ким учрамади… У Дилорни энди ўзиники деб ўйлар, шу қиз учун дунёнинг нариги чеккасигача боришга ҳам тайёр эди. Лекин қишлоқдан узоқлашган сайин унинг қадами секинлашар, ўзи қилаётган гуноҳини энди тушунаётгандай бўларди. Гўё кимдир кўзга кўринмас нозик, жуда нозик иплар билан уни Тентаксойга боғлаб қўйгану, бу иплар борган сайин таранг тортилар, яна бир қадам юрса, узилиб кетаётгандай бўларди.

Шалақ арава тепалик устига чиққанда тўхтади. Тиркаш тағин бурилиб орқага қаради. Пастда қишлоқни тасмадай ўраб олган сой ялтиллаб кўринар, аммо уйлар кўзга ташланмас, қуюқ дарахтзор устига оқшом шарпаси қўнганди. Узоқда — катта йўл устида қуюқ чанг кўринди.

— Пода қайтяпти, — пичирлади у. Бирдан кўз ўнги қоронғилашиб, хотиралар қуюнидан боши айланиб кетди.

Бир вақтлар ўзи ҳам каттакон тарғил сигирни тонг-саҳарда подага қўшиб юборар, кечқурун сигирнинг ўзи эшикдан маъраб кириб келарди. Сигирни қўшни келин соғиб берар, Қосим отанинг кампири ўлиб кетган, сўққабош эди. Чолнинг ўзидан бошқа овунчоғи йўқлигини, унинг умиди ёлғиз Тиркашдан эканини эндигина тушунди у.

Ўша, сувдан олиб чиққан йилиёқ Қосим ота унга папка, «Алифбе» олиб берган, Тиркаш мактабга қатнай бошлаган эди. Тонг-саҳарлаб шудринг қўнган далалардан мактабга югурганлари, ёзлари колхоз боғида болалар билан узум узишгани, бултур ўнинчини битирганида мактабда ўтказилган кеча унинг хаёлида жонланди-ю, юраги гупиллаб уриб кетди.

Тиркаш куз кечалари хирмонда ишлашни яхши кўрарди. У баланд хирмон устига чиқиб, чалқанча ётиб олар, назарида осмон борган сайин пастлашиб тушаётгандай бўлар, пахтанинг елкаларига илиққина, юмшоққина бо-тиши ҳам, салқин шамолдан жунжикиб, сесканиб кетиши ҳам — ҳамма-ҳаммаси жуда лаззатли эди.

У роҳат қилиб ётганида пастдан машинанинг бўғиқ овози эшитилар, кабина эшиги тарақлаб очиларди.
— Ухлаб қолдингми, ҳой лўли!

Тиркаш шофёрларнинг қўполлигига парво қилмас, ўзини шу қишлоқнинг бир ўзбеги, бир фарзанди ҳисобларди. У хирмон устидан сакраб тушарди-да, кузовга паншаха билан пахта ортарди…
Кейин тракторчига шогирд тушди. У омочларни тўғрилаб борар, палахса-палахса бўлиб кўчаётган тупроқ иси, керосин ҳиди маст қилиб қўйгандай боши айланиб кетар, моторнинг гувиллаши ҳам, трактор атрофида парвонадай айланаётган қарғаларнинг қағиллаши ҳам гаштли туюларди унга.

Йигит ўша тупроқ исини, баҳор қўнғироғидан уйғонган ернинг илиқ нафасини, Тентаксойнинг тишни қамаштириб юборувчи муздай сувларини ҳеч қачон, ҳеч нимага алишмаслигини, алиша олмаслигини энди тушунди. Тушунди-ю, тишлари ғижирлаб кетди.

…Тиркаш елкасига келиб тушган хивич зарбидан сесканиб кетди.

Дилор бир қўлини биқинига тираб, бир қўлида хивич ўйнатиб жилмайиб турарди. Атроф қоронғилашиб қолган, шалақ арава аллақачон пастга тушиб кетганди.

Дилорнинг ҳокимона жилмайиб туриши ҳам, ўтдай ёниқ кўзлари, қирра бурни ҳам биринчи марта хунук кўриниб кетди унга.

— Туртмасдан гапир! — деди у бўғилиб. Ғазабдан юзлари ловиллаб кетганини ўзи ҳам сезиб турарди.
— Бечора ошиқ! — Дилор бирдан қаҳ-қаҳ уриб кулиб юборди. Сукунат чўккан адирлар устидан оқшом шарпасидай сирли, бўғиқ акс-садо келди.

Тиркаш бир силтаниб қизнинг хивичини тортиб олдида, майда-майда қилиб ерга отди. Дилор ҳеч нима бўлмагандай ҳамон жилмайиб турарди.

— Қишлоққа қайтамиз! — Тиркаш жуда муҳим, азиз бир нарсани тушунтирмоқчи бўлгандай, қизнинг елкаларидан ушлаб ўтинч билан силай бошлади. — Илтимос, Дилор, йўқ демагин! Кетишимиздан нима фойда, қаёққа борамиз? Жон Дилор, хўп дегин, — у бирдан қизни бағрига босиб шивирлай бошлади: — Тентаксойга қайтамиз. У ерда менинг отам, ўртоқларим, тракторим бор, биласанми, — у негадир бўғилиб кетди. Томоғига тиқилиб қолган илиқ бир нарсани ютиб аранг шивирлади, — биласанми, Дилор, у ерда менинг… менинг ватаним бор. — Қизнинг соч толалари яна юзига тегиб кетди. Яна ўша, кишини маст қилиб юборувчи майин ис гуркиради. — Дилор, хўп дегин, битта хўп дегин…

Қиз силтаниб чекинди. Энди у жилмаймас, кўзлари ўт бўлиб ёнарди.

— Ҳеч ким сени судраб кетаётгани йўқ. Ўзинг келяпсан, — у бирдан чинқириб юборди. — Сен лўли эмассан, анқовсан! — кейин кўзлари қисилиб киноя билан овозини пасайтирди. — Ким қўйибди сенга дуч келган қизга эргашиб юришни? Бор, қишлоғингга боравер! Сен билан ишим йўқ. Мен билан ҳам ишинг бўлмасин!

Дилор тупроқ йўлдан пастга қараб чопиб кетди. Тиркаш унинг шамолда ҳилпираб узоқлашиб бораётган кўйлагини кўриб турар, аммо нима бўлаётганига ҳали ҳам тушунолмасди. У бир нафас иккиланиб турди-да, қизнинг кетидан югурди. Тепанинг ярмига борганда, ҳаллослаб етиб олиб, қўлидан тортди.

— Дилор!
— Қоч! — қизнинг кўзлари нафрат билан ёниб турарди.

— Кетма, Дилор!
— Қоч, лайча!

Бирдан Тиркашнинг.вужуди музлаб қолди. Бояги қайноқ ҳислар ўрнини аллақандай ёввойи куч эгаллади-ю, тарсакилаб юборди уни.
— Йўқол! — деди хириллаб, — йўқол!

У Дилорнинг кафти билан юзини ушлаб қолганини кўрди. Кейин кескин бурилди-да, қишлоқ йўлини мўлжаллаб чопиб кетди. Бир марта ҳам орқасига қарамади.

Арслонбоб чўққисидан қип-қизариб ой чиқиб келар, тупроқ йўл оқариб кўринар, Тиркашнинг соясигача қалтирарди.

Қиш эрта тушди. Ҳали ғўзапоялар йиғиштириб олинмасдан қор ёғди. Эртасига ҳаво чарақлаб очилиб кетди.

Тиркаш қор кўрпасига бурканиб эндигина уйқуга кетган ерни чўчитиб трактор ҳайдар, қор босган далалар офтоб нурида кўзни қамаштириб ярқирар, яккам-дуккам ғўзапоялар тақдиридан нолигандай шумшайиб турарди. Трактор ҳали яхламаган далада енгилгина сузиб, музёрар кемадай орқасидан қоп-қора из қолдириб борарди.

У тушликка чиқиш учун моторни ўчириб, кабинадан сакраб тушди-ю, пайкал бошидаги тутзор ёнида турган қизни кўриб қолди. Боя, моторга сув қуяётганида ҳам кўргандай бўлганди. Қиз сариқ пахталик кийиб, бошига кўк рўмол ўраб олганди. Унинг бир қўлини биқинига тираб туриши танишдай кўринди йигитга.

«Ўткинчилардан бўлса керак». Тиркаш шийпон томонга бурилиб кетаётган эди, қиз қўл силтаб имо қилди.

Тиркаш кирза этиклари билан қор кечиб, беш-ўн қадам юрди-ю, қизни таниб қолиб, югуриб кетди. Юраги яна ўша соғинч ҳислар билан жўш урар, этикнинг сирғанишига ҳам, ғўзапояларга қоқилишига ҳам парво қилмасди. «Дилор, Дилор!» — дерди у пичирлаб. Негадир қувончдан энтикар, нимага қувонаётганини ўзи ҳам билмасди.

У нафаси тиқилиб югуриб келди-ю, Дилорнинг нозик, аммо чайир қўлларини кафтига олди.

«Қўли музлаб кетибди», — деб ўйлади қизнинг юзига тикиларкан. Дилорнинг ранги сўлғинлашган, кўзлари чўккан, аммо ҳамон жозибали табассум билан жилмайиб турарди. У исиб кетгандай пахмоқ рўмолининг тугунини ечаркан, тирсаги билан Тиркашнинг кўкрагига туртди.

— Ҳайдаб юбормайсанми?
— Қачон келдинг?

— Бутунлай! — деди Дилор бепарво. Тиркаш қизнинг кўзларига бир қаради-ю, шу бир оғиз сўзга ишониш мумкинлигини тушунди.
— Жинни! — деди у кулиб.

Қизнинг елкасига оҳиста қўл ташлади-да, қор босган дала йўлидан қишлоққа — ўз ҳаётига бошлаб кетди.

БАҲОР КЕЛААВЕРАДИ,
ҚИЗҒАЛДОҚЛАР ОЧИЛАВЕРАДИ…
“Икки эшик ораси” романидан парчалар

“Рост билан ёлғоннинг ўртаси — тўрт энлик”, деган гап бор. Қизиқ, нега энди оз эмас, кўп эмас, тўрт энлик? Гап шундаки, кўз билан қулоқнинг ораси — тўрт энлик экан. Эшитганингга эмас, кўрганингга ишон… Мақсад — шу… Начора, ҳамма рост гапиравермайди. Аммо ёлғон гапираётган одам ҳам ичида, барибир ростини ўйлайди…

Катта виждонсизликлар кичкина нопокликдан бошланишини билсам нима қилай ахир?

Одамзоднинг қонида ғалати адолатсизликлар бўлади. Бегоналардаги ўзгаришни дарров сезасизу яқин одамингизга эътибор бермайсиз. Худди ота¬онангизни биров сизга боғлаб бериб қўйгандек. Гўё улар сиз учун абадий яшаши шартдек. Ойим кексайиб қолганини, сочлари оқариб кетганини, қовоқлари салқиб, юзи йиллаб тўшакка ёпишиб ётган одамдек сарғимтил¬заҳил тусга кирганини энди пайқадим.

Ажаб, инсон хотираси — эшиги ёпиб қўйилган омборга ўхшаркан. Омбор олдидан ҳар куни ўтасиз. Ўтасизу ўз юмушингиз билан овора бўлиб, қайрилиб қарамайсиз. Вақти келиб тасодифий шамол омборнинг эшигини очиб юборади-ю, беихтиёр ичкарига мўралаб қарайсиз. Шунда қизиқ ҳолат рўй беради. Омбор ичида олтиндан азиз нарса ҳам, кўзингиз тушиши билан таъбингизни хира қиладиган қақир¬қуқурлар ҳам қалашиб ётган бўлади. Алам қиладиган жойи шундаки, сиз улардан хоҳлаганингизни ажратиб ололмайсиз… Ҳаммаси бараварига жон ато қилиб, атрофингизни қуршаб олади.

***
…Тинч, тўкин замоннинг аллақандай осойишта завқи бўлади.

Одам қимматбаҳо нарсасини йўқотса ачинади. Туҳматга қолса бошини тоғ-тошга уради. Қадри ерга урилса, исён кўтаради. Яқин кишиларидан айрилса дод солади… Лекин умидингдан айрилсанг ғалати бўларкан. Ҳеч нимага, ҳеч кимга, ҳатто ўз қадрингга ҳам ачинмайсан. Дод солмайсан. Исён кўтармайсан… Гўё сен ўлгансан. Ўзинг ўлиб, қуруқ суратинг қолган…

Сомонсувоқ қилинган томлар устини бир қарич қор босган, ёришиб келаётган осмонда учқунлар ғужғон ўйнар эди… Негадир биринчи қор ёғишини узоқ касал бўлиб ётган одамнинг жон таслим қилишига ўхшатаман. Бемор тўшагига ёпишиб инқиллаб ёта-ёта охири омонатини топширади-ю, бу дунёнинг азобларидан қутулганига шукр қилгандек тинчиб чеҳраси ёришади.

Из тушмаган қордан юришнинг гашти ғалати бўлади. Ҳаммаёқ жимжит. Йўл четидаги қор босган толлар турмушнинг баланд¬пастини кўравериб, ҳар қандай мушкулотни хотиржамлик билан кутиб олишга ўрганиб кетган қариялардек оппоқ бошини қуйи солганча ўйга чўмган.

Садоқат билан хиёнатнинг ораси шунчалик яқинми?

Дунёда ҳадиксираб яшашдан ортиқ азоб йўқ экан. Гўё бошингда биров қилич кўтариб тургандек, сен бўлсанг ҳар лаҳзада ўша қилич бўйнингга тушишини кутаётгандек. Бора-бора шунақанги жонингдан тўйиб кетасанки, қилич танингни бошингдан тезроқ жудо қилишига орзуманд бўлиб қоласан. Нима бўлгандаям ҳадик азобидан қутулсам, бир чўқиб, атрофга минг аланглаган қарғадек аянчли аҳволдан халос бўлсам дейсан…

…Одам боласининг феъли қизиқ. Аввало, умид билан қурган иморатинг бир оғмасин экан. Бир оғдими бўлди, барибир йиқиларкан. Тўсиб қоламан десанг, босиб тушиб, ўзингни ҳам парча¬парча қилиб ташлашидан қўрқар экансан. Негаки, ўша иморатнинг пойдевори қўпорилишига бир чеккаси ўзинг ҳам сабабчи эканлигингни биларкансан.

Бу — қадим дунёнинг одамлар билан нима иши бор! Баҳор келаверади, қизғалдоқлар очилаверади… Одамлар эса келадию кетади. Дунё ўткинчи деймиз. Йўқ, дунё эмас, биз ўткинчимиз. Баҳор бир айланиб келгунча биров туғилади, биров ўлади. Биров¬бировни яхши кўради. Биров¬ бировнинг кўзига чўп солади…

Амал — асов отдек гап. Қўлингдан бир чиқардингми, икки дунёдаям етолмайсан. От-ку, охир¬оқибат эгасига қайтиб келса¬келар. Лекин амал қайтмайди. Уни аллақачон бошқаси эгарлаб миниб олган бўлади. Мабодо сени амал отидан туширганлар бир эмас, минг марта ноҳақ бўлганида ҳам қайтиб ўша отни минишингга йўл қўймайди. Ўзи отдан тушишини ўйлаб қўрқади.

Билмадим. Эҳтимол одамзод фаришта бўлиб туғилса-туғилар. Аммо бир умр фаришта бўлиб яшолмайди. Ҳеч ким! Ҳеч ким фаришта эмас. Фақат ўзини оппоқ қилиб кўрсатгиси келади. Минг урингани билан фаришта бўлолмайди. Йўлидан шунақанги шайтонлар кесиб чиқадики, гуноҳга ботганини ўзи ҳам сезмай қолади.

…Ҳар қадамда ўлим кутиб турган жанггоҳдан тирик қайтишимга ишонмаган эдим. Лекин уруш оёқлаган сайин умидим кучая бошлади. Назаримда соғ-саломат уйга қайтсам, буёғи нуқул байрам бўладиганга ўхшарди. Эрталаб ишга бораман. Кечқурун уйга келсам овқат тайёр, иссиқ ўрним тайёр. Бундан ортиқ бахт борми одамга?

Одам ўзини жудаям бахтиёр ҳис этса, худбин бўлиб қоларкан. Ўзгаларнинг дардини сезмас экан.

Ҳар хил одамларни кўравергандан кейин психолог бўлиб кетаркансан. Бир тоифа шикоятчилар бор: уялиб, қимтиниб, ҳатто қўрқиб киради. Арзимаган нарсаниям овози титраб гапиради. Булар — кўпинча ҳақ бўлади.

Яна бир тоифа бор. Эски қадрдонлардек бемалол омонлашади. Овозини пасайтириб гапиради. “Биламиз, сиздаям бола-чақа бор, шу иш тўғри бўлса қарздор бўлиб қолмаймиз”, дегандек имо-ишоралар қилади. Бола-чақа уёқда турсин, хотиним ҳам йўқлигини билмайди. Аммо пинжимга кириб кетгудек бўлади. Тўғри, пора бераман демайдию дудмалроқ қилиб гапиради. Бунақалар билан муомала қилишни боплайман. Трубкани кўтариб, атайлаб иккита номер тераман. “Милициями?” дейишим билан ё қочиб қолади, ё бидир-бидир қилиб бошқача сайраб кетади.

***
Эҳтимол ўғрилик қилган одамнинг сири очилмас. Эҳтимол қотиллик қилган олчоқнинг ҳам сири билинмас. Аммо хиёнат фош бўлмай қолмайди. Негаки, хиёнатни бир одам қилмайди. Албатта, шериги бўлади. Фақат, ёмон жойи шундаки, хиёнатдан озор чеккан одам бу сирни ҳаммадан кейин билади. Шуниси алам қилади.

…Одамзотнинг феъли шунақа. Нохуш нарсани эслагиси келмайди. Аммо ёмон хотира бармоққа чиққан ярага ўхшайди. Қўлингни қимирлатишинг билан ўша лаънати яра бехосдан бир жойга тегиб кетади-ю, азоб беради.

Аччиқни аччиқ кесади дейишарди. Баъзан аччиқни ширин ҳам кесаркан.

Одам бировни алдаши мумкин. Аммо ўзингни ўзинг алдай олмайсан. Осмондаги юлдузни узиб олиб бўлмайди!

Тирикларни ҳурматлаган одам, марҳумларни иззат қилади.

Марҳумлар ҳеч нимани эсламайди, десангиз хато қиласиз. Марҳумларнинг хотираси сиз тирикларникидан яхшироқ бўлади. Негаки, сиз минг хил ташвиш билан елиб¬югурасиз. Бизнинг эса хотираларни эслашдан бошқа юмушимиз йўқ.

Ҳаёт нима ўзи. Толе ҳадя этган инъом. Аммо одамлар ҳар хил. Биров шу инъомни бошқалар билан баҳам кўради. Биров бошқаларникиниям қўшиб олгиси келади. Шу билан умри узайиб қоладигандек. Гап қачон ўлишдами? Қандай ўлишда эмасми!

Минг йил яшаган бир саҳоба “Эсиз-эсиз, у эшикдан кирдиму бу эшикдан чиқиб кетаяпман”, деган экан. Шунақа, болам… Ҳеч ким ўлишни ўйламайди. Аммо одамзодга умр ўлчаб берилган. Шунақаликка шунақа-ку, одамнинг умри неча йил яшагани билан ўлчанмайди. Бир хил одамлар бор: у эшикдан кириб, бу эшикдан чиқиб кетаётганда қўлидан келганча савобли иш қилади. Ҳаёт деган иморатга ақалли битта ғишт қўйиб кетади. Яна бир хиллари бор: ўша иморатдан ақалли битта ғиштни ўғирлаб кетгиси келади. Ўғирлаб¬ку, ҳеч қаёққа боролмайди, нариги эшик олдига борганда барибир ташлаб кетади. Икки орада иморатни бузгани қолади…

Қуёш ҳар куни уйғонган заҳоти жилмайиб боқадию унсиз хитоб қилади: “Бир киприк қоқгулик қисқагина умрингизда тинч-тотув яшасаларинг бўлмайдими? Гоҳ нон талашасизлар, гоҳ шон! Гоҳ макон талашасизлар, гоҳ имон? Ахир ҳаммангиз инсонсиз-ку. Ҳаммангиз менинг болаларимсиз-ку, мен сизларнинг оталарингизман-ку. Бир¬бирларинг билан қирпичоқ бўлаверишларингни кўриб чарчаб кетдим-ку! Ўз онангизни — Ер куррасини адойи тамом қилиб тинчимоқчимисиз?! Шу ниятда кўтариб юрибдими кўксида!”

Замира РЎЗИЕВА тайёрлаган.

Манба: «Қашқадарё» газетаси веб-саҳифаси

O’tkir Hoshimov
MUHABBAT

O’tkir Hoshimov 1941 yil 5 avgustda Toshkent shahrida tug’ilgan. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1991). ToshDUning filologiya fakultetining jurnalistika bo’limini tugatgan (1964). Ilk kitobi — «Po’lat chavandoz» (1962, ocherklar to’plami). Birinchi yirik nasriy asari — «Cho’l havosi» (1963). «Odamlar nima derkin» (1965), «Shamol esaveradi» (1966), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Bahor qaytmaydi» (1970), «Dunyoning ishlari» (1982) qissalari hamda «Nur borki, soya bor» (1976), «Ikki eshik orasi» (1986), «Tushda kechgan umrlar» (1994) romanlari nashr etilgan.Yozuvchining bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. «Xazon bo’lgan bahor», «Inson sadoqati» (1975), «Vijdon dorisi», «To’ylar muborak» (1979), «Qatag’on» kabi drama, komediya, bir qator kinostsenariylar muallifi. «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» (2001) kitobi ijtimoiy-ma’naviy hayotda muayyan iz qoldirgan.Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1986). «Mehnat shuhrati» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. 2013 yil 24 may kuni vafot etgan.

Uzoq, entikib o‘pishdilar. Qizning soch tolalari Tirkashning yuziga tegib turar, allanechuk notanish, ammo totli is anqir, uning butun vujudi tarang tortilib, oyoqlari titrar, qizning ham yelkalari bilinar-bilinmas silkinayotganini his qilib turardi. To‘satdan qiz siltanib qaddini rostladi-yu, zarb bilan itarib yubordi uni.

Tirkash laylak qilib qo‘yilgan aravaga suyanib qoldi. U hamon o‘ziga kelolmas, allaqanday ichki bir to‘lqin borgan sayin qattiqroq jo‘sh urardi.
— Dadam so‘yib tashlaydi, — dedi qiz to‘zib ketgan sochlarini kafti bilan tekislarkan. Ammo dadasidan hech qachon hayiqmaganligi, bundan keyin ham hayiqmasligi uning ovozidan bilinib turardi.

Tirkash aravadan uch-to‘rt qadam narida, maysalar ustiga tashlab qo‘yilgan bir parcha namat ustida uxlab yotgan cholga qaradi. Chol ola-bula xurjunga boshini tashlab, oyoqlarini kerganicha, chalqancha yotar, qorong‘ida yuzi aniq ko‘rinmasdi. Undan ham nariroqda bir tup do‘lananing to‘kilgan xazonini shitirlatib, sharpaday qop-qora eshak o‘tlab yurardi.

Tirkash qaddini rostlab, qizga tikilib qoldi. Uning katta-katta ko‘zlari yonib turar, uzun-uzun kipriklari, qirra burni qorong‘ida yanayam jozibali ko‘rinar, Tirkash hali ham hayajonini bosib ololmas edi. Ikkovlari anchagacha jimib qolishdi. Arslonbob tog‘ining cho‘qqisi yonib ketdi. Zum o‘tmay dum-dumaloq to‘lin oy chiqdi. Chor atrofga nur aralash sukunat seli quyilganday, hammayoq jimjit bo‘lib qoldi. Yaproqlari to‘kila boshlagan do‘lana soyaday qorayib ko‘rinar, havoda xazon, g‘o‘zapoya isi anqirdi.

Qiz sochini qaytadan o‘rib, orqasiga tashladi. Tirkashning yoniga keldi-da, niholday nozik gavdasini egib, arava ichidan paxtalik nimcha olib kiydi. Tirkashga bir qarab qo‘ydi-yu, oyoqlarini osiltirib, aravaga o‘tirib oldi. U endi hamma narsani unutganday, Tirkashni ko‘rmayottanday edi. Boshini baland ko‘tarib, oyga tikilib o‘tirar, chehrasida beparvolik ko‘rinib turardi. Boyagi to‘lqin yana jo‘sh urib ketdi. Tirkash nima qilayotganini o‘zi ham sezmay, tiz cho‘kib, qizning oyoqlaridan mahkam quchoqlab oldi.

— Dilor, ketma. Iltimos qilaman, yalinaman… — U qizning tizzasiga bosh qo‘ydi. Negadir shu topda qizning qo‘llari sochini silashini kutar, orzu qilardi. Dilor egilib uning yelkasidan itardi.
— Ket bu yerdan!
— Tushunsang-chi, axir, qayoqqa borasan?! Nimaga borasan? — Tirkash qizning oyoqlarini mahkamroq qisib iltijo bilan bosh chayqadi. — Yo‘q dema, Dilor. Ikkalamiz birga ishlaymiz. Sen nimani xohlasang…
— Ket, men uxlayman! — Dilor tag‘in uning yelkasidan itardi.

Tirkash qizning chimirilgan qoshlariga, qat’iyat bilan qimtilgan lablariga qarab, endi gapirish ortiqcha ekanini tushundi. Asta qaddini rostlab, boshini quyi soldi. O’ziga ham erish tuyulgan past, o‘kin ovozda pichirladi:
— Ketib qolmanglar, tongotarda kelaman.

Shartta burildi-da, tasmaday oqarib yotgan tuproq ko‘chadan soyasini bosib, chopib ketdi. Oy koptokday sakrab-sakrab unga ergashib kelayotgandek bo‘lar, qishloq tomondan itlarning akillagani eshitilar, soy shovillar edi. Qir ustiga chiqqanida old tomondan qishloq chiroqlari ko‘rindi. U to‘xtab qoldi. Orqasiga burilib qaradi. Pastliqda, yo‘l yoqasidagi o‘sha bir tup do‘lana qorayib ko‘rinar, Dilor ham, otasi xam daraxt ko‘lankasi tagida qolib ketgandi.

Tirkash tez yurganidan nafasi qisib, terlab ketganini endi sezdi. Ko‘ylagini yechib yelkasiga tashladi-da, tag‘in qishloq tomonga qaradi. Katta yo‘ldan nur zanjiri bilan bog‘lanib qolganday qator-qator mashinalar o‘tib borardi. «Punktga paxta olib ketishyapti», deb o‘yladi u. Birdan ko‘ngli cho‘kdi. «Yo‘q! — dedi u pichirlab. — Hech qayoqqa bormayman. Bormayman! Uyga ham, Dilorning oldiga ham. Hech nima kerakmas menga, hech nima!»

U ko‘ylagini yerga tashlab, qurib, sarg‘ayib qolgan ko‘katlar ustiga o‘tirdi.

«Nima bo‘lyapti o‘zi? Qayoqdanam shu qizni uchratdim?! Nahotki endi hamma narsadan — uyim, qishlog‘im, otamdan ayrilsam? Nahotki endi Tentaksoydan bir umr bosh olib ketsam? Nima bo‘lyapti o‘zi?»

U diqqat bilan quloq sola boshladi. Bu safar soyning shovillashi aniq eshitildi. Keyin xo‘rozlar cho‘zib-cho‘zib qichqira boshladi. Ehtimol, ularning hovlisidagi tojdor xo‘roz ham qo‘noqda turib bo‘ynini cho‘zgancha jo‘r bo‘layotgandir. Ehtimol, Qosim ota xirmondan qaytib, uning kelishini kutib, supada nos chekib mudrab o‘tirgandir.

Tirkashning xayolida Qosim otaning oppoq qoshi ostidan o‘ychanlik, muloyimlik bilan boqib turgan ko‘zlari, so‘lg‘inroq, ammo nuroniy yuzi, cho‘qqi soqoli jonlandi. Shu ko‘zlarning nurini olgan Tirkashning o‘zi emasmikin? Shu soch-soqolga qirov qo‘ndirgan Tirkashning o‘zi emasmikin! Axir uni odam qilgan, ota o‘rnida ota bo‘lgan kishi shu emasmidi. Tirkashdan boshqa suyanchig‘i bormi uning…

Koshki edi, Tentaksoyga o‘sha eski arava kirib kelmagan bo‘lsa… Koshki edi, Tirkash shu aravada kelayotgan lo‘li qizni — Dilorni ko‘rmagan bo‘lsa…

Tirkash birdaniga o‘rnidan sakrab turgisi, qishloq tomonga yugurib ketgisi keldi. Lekin qachonlardir go‘daklik xotirasiga mahkam o‘rnashib qolgan, unutilayozgan sog‘inch bir tuyg‘u ustun keldi-yu, chalqancha yotib oldi. Oy havolab ketgan, qatlam-qatlam kuz bulutlari ohista suzib o‘tar, namxush tuproq isi anqir edi.

Bu voqeaga ancha yil bo‘lib ketgan. Ancha yillar…
Tirkash esini tanibdiki, shu tuproq voyaga yetkazdi uni. Dunyoga qaysi kuni kelganini, otasi kim, onasi kim ekanini haliyam bilmaydi. To‘rt-besh yoshida odam ajratadigan bo‘lib qolganida lo‘lilar chodirida ko‘rdi o‘zini. Ota-onasi allaqachon ko‘z yumib ketganini shulardan eshitdi. Hammaga ergashib yurgani uchun Tirkash deb chaqirisharkan uni. Ular Tirkashni qo‘lma-qo‘l ko‘tarib katta qilishibdi… Tirkash ham shu lo‘lilardan bittasi edi. Yarim kechagacha childirma chalib, bazm qilishni, qizil ko‘ylagining etagini hilpiratib raqs tushishni hech nimaga alishmaydigan xotinlarning hammasi uning onasi edi. Gulxan atrofida davra qurib o‘tirgan lo‘lilarning hammasi ota edi unga.

Hazin qo‘shiqlar og‘ushida mudragan oqshomlar, oy nuriga g‘arq bo‘lgan osmon… Tirkash dunyoga kelib eng avval shularni ko‘rgandi. Kun botar-botmas ularning elati ko‘kalamzor bir yerga chodir tikar, Tirkash ko‘katlar ustiga chalqancha tushib olardi-da, childirmaning gumbirlashiga, quvnoq qahqahalarga quloq solib yotar, gulxan atrofida lip-lip aylanayotgan soyalardan ko‘zi tinib uxlab qolardi.
Erta tongda odamlarning g‘ovur-g‘uvuri, eshaklarning hangrashidan uyg‘onib ketardi. Shudringdan ho‘l bo‘lib ketgan jingalak sochlarini silab o‘rnidan turar, uvushib qolgan qo‘llarini uqalab-uqalab qo‘yardi.
Yana o‘sha uzun-uzun yo‘llar boshlanardi. Dunyoda yo‘llarning nega shunchalik ko‘pligiga uning aqli yetmas, lo‘lilar elati bo‘lsa bir zum ham to‘xtamas, qayoqqa ketishayotganini hech kim bilmasdi.
Tirkashning so‘ngsiz-nihoyasiz yo‘llari Tentaksoyda to‘xtadi. Bahor oqshomlaridan birida lo‘lilar elati shundoqqina soyning bo‘yiga, toshloq sohilga chodir tikdi. Tentaksoy son-sanoqsiz orolchalar hosil qilib hayqirar, osmoni falakka marvarid sochardi.

Tirkash o‘shanda yetti-sakkizlarga borib qolgan, tishlari bir marta to‘kilib chiqqan edi. Kun bo‘yi yo‘l yuraverib charchaganidanmi, hammadan oldin uxlab qolibdi.
Tongotarga yaqin entikib uyg‘onib ketdi. Uyg‘ondi-yu, to‘lqinlar ketma-ket urilib, suv qa’riga tortib ketayotganini bilib chinqirib yubordi. Ammo ovozini o‘zi ham eshitolmadi. Og‘ziga suv to‘lib o‘qchiy boshladi. Soy dah-shatli guldurosdan titrar, yeru ko‘k qop-qora to‘lqinlarga ko‘milgan edi. Tirkash suvdan qalqib chiqib, qop-qora osmonni so‘nggi marta ko‘rdi-yu, tipirchilab cho‘kib ketdi.
U ko‘zini ochganida boshiga egilib turgan notanish kishini ko‘rdi. Elatida bunday odam yo‘q edi. Boshiga ko‘k duxoba do‘ppi kiyib olibdi. Yuzlari qizarib ketgan, oq oralagan mo‘ylovi ho‘l bo‘lib, cho‘qqi soqoliga yopishib qblibdi. U jiqqa suv ko‘ylagining etagini qayirib, Tirkashning peshanasini artdi.
— Oting nima, o‘g‘lim?

Tirkash o‘zini shu odam suvdan olib chiqqanini endi tushundi.
— Ketaman!

U o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan edi, majoli kelmadi. Notanish kishi uning ustiga ko‘rpa tashladi.
— Elatlaring ketib qolishdi. Seni allaqachon o‘ldiga chiqarishgan bo‘lsa kerak. — Notanish kishi chuqur xo‘rsindi. — Sel yomon quturdi-da! Tentaksoy shunaqa o‘zi. Har bahorda jilovini yo‘qotib qo‘yadi.

Tirkash begona uyning guldor qog‘oz yopishtirilgan shiftiga tikilib yota-yota ko‘zlari ilindi.
…Bu voqeaga ancha yil bo‘lib ketgan… Ancha yillar…
Agar uch kun avval qishloqqa yana bitta lo‘li arava kirib kelmaganida, agar Dilorni ko‘rmaganida, qiz ketaman deb turib olmaganida, o‘sha damlarni eslab o‘tirmasdi.

Quyosh ufqqa lab bosdi. Kichkina shalaq arava tuproq yo‘ldan imillab borar edi. Qora eshak chillakday ingichka oyoqlari bilan tuproq changitib, aravani sudrab borar, g‘ildiraklar nola chekkan kabi hazin g‘iyqillardi.
Aravada o‘tirgan cholning ingichka, burishiq bo‘ynidagi chuqurchasi, oq oralagan sochi Tirkashga ko‘rinib turardi. Dilorning otasi hech qayoqqa shoshilmayotganini shama qilganday eshakni qistamas, boshini tashlab, mudrab borardi. Ertalabdan beri chol Tirkashga bir og‘iz ham gapirmadi. Faqat ahyon-ahyonda milki qizarib ketgan ko‘zlari bilan unga sinchiklab qarab qo‘yar, yana indamasdan teskari qarab olardi.

Aravaning ketida Tirkash bilan yonma-yon kelayotgan Dilor unga qarab jilmayib qo‘yar, allaqayoqdan sindirib olgan tol xivichi bilan yo‘l chetidagi giyohlarni savalab borardi. Uning shapaloq gulli qizil kuylagi shafakda lovillar, o‘zi ham o‘t bo‘lib yonib ketayotganday ko‘rinardi. Tirkash shu topda qizning nima o‘ylayotganini bilolmas, ammo bir ko‘zini sal qisib, istehzoli, jozibali jilmayishidan o‘zining go‘zalligidan, yigitni ergashtirib kelayotganidan mamnun ekanligini ko‘rib turardi.

Quyosh yer ortiga yumalab ketdi. Oqshom shamoli ufqda yonib turgan shafaq alangasini puflab o‘chirdi. Hamon g‘ildiraklar nola chekar, shalaq arava tepalikka chiqib borardi.
Tirkash qishloqdan chiqib ketayotganida hozirgidek ko‘ngli g‘ash bo‘lishini o‘ylamagandi. U Qosim otaning ko‘ziga ko‘rinishdan qo‘rqqan, Tentaksoydan chiqib olguncha tanish shofyorlarning uchrab qolishidan yurak hovuchlab turgandi. Yo‘q, hech kim uchramadi… U Dilorni endi o‘ziniki deb o‘ylar, shu qiz uchun dunyoning narigi chekkasigacha borishga ham tayyor edi. Lekin qishloqdan uzoqlashgan sayin uning qadami sekinlashar, o‘zi qilayotgan gunohini endi tushunayotganday bo‘lardi. Go‘yo kimdir ko‘zga ko‘rinmas nozik, juda nozik iplar bilan uni Tentaksoyga bog‘lab qo‘yganu, bu iplar borgan sayin tarang tortilar, yana bir qadam yursa, uzilib ketayotganday bo‘lardi.

Shalaq arava tepalik ustiga chiqqanda to‘xtadi. Tirkash tag‘in burilib orqaga qaradi. Pastda qishloqni tasmaday o‘rab olgan soy yaltillab ko‘rinar, ammo uylar ko‘zga tashlanmas, quyuq daraxtzor ustiga oqshom sharpasi qo‘ngandi. Uzoqda — katta yo‘l ustida quyuq chang ko‘rindi.
— Poda qaytyapti, — pichirladi u. Birdan ko‘z o‘ngi qorong‘ilashib, xotiralar quyunidan boshi aylanib ketdi.

Bir vaqtlar o‘zi ham kattakon targ‘il sigirni tong-saharda podaga qo‘shib yuborar, kechqurun sigirning o‘zi eshikdan ma’rab kirib kelardi. Sigirni qo‘shni kelin sog‘ib berar, Qosim otaning kampiri o‘lib ketgan, so‘qqabosh edi. Cholning o‘zidan boshqa ovunchog‘i yo‘qligini, uning umidi yolg‘iz Tirkashdan ekanini endigina tushun-diu.

O’sha, suvdan olib chiqqan yiliyoq Qosim ota unga papka, «Alifbe» olib bergan, Tirkash maktabga qatnay boshlagan edi. Tong-saharlab shudring qo‘ngan dalalardan maktabga yugurganlari, yozlari kolxoz bog‘ida bolalar bilan uzum uzishgani, bultur o‘ninchini bitirganida maktabda o‘tkazilgan kecha uning xayolida jonlandi-yu, yuragi gupillab urib ketdi.
Tirkash kuz kechalari xirmonda ishlashni yaxshi ko‘rardi. U baland xirmon ustiga chiqib, chalqancha yotib olar, nazarida osmon borgan sayin pastlashib tushayotganday bo‘lar, paxtaning yelkalariga iliqqina, yumshoqqina bo-tishi ham, salqin shamoldan junjikib, seskanib ketishi ham — hamma-hammasi juda lazzatli edi.

U rohat qilib yotganida pastdan mashinaning bo‘g‘iq ovozi eshitilar, kabina eshigi taraqlab ochilardi.
— Uxlab qoldingmi, hoy lo‘li!

Tirkash shofyorlarning qo‘polligiga parvo qilmas, o‘zini shu qishloqning bir o‘zbegi, bir farzandi hisoblardi. U xirmon ustidan sakrab tushardi-da, kuzovga panshaxa bilan paxta ortardi…
Keyin traktorchiga shogird tushdi. U omochlarni to‘g‘rilab borar, palaxsa-palaxsa bo‘lib ko‘chayotgan tuproq isi, kerosin hidi mast qilib qo‘yganday boshi aylanib ketar, motorning guvillashi ham, traktor atrofida parvonaday aylanayotgan qarg‘alarning qag‘illashi ham gashtli tuyulardi unga.

Yigit o‘sha tuproq isini, bahor qo‘ng‘irog‘idan uyg‘ongan yerning iliq nafasini, Tentaksoyning tishni qamashtirib yuboruvchi muzday suvlarini hech qachon, hech nimaga alishmasligini, alisha olmasligini endi tushundi. Tushundi-yu, tishlari g‘ijirlab ketdi.

…Tirkash yelkasiga kelib tushgan xivich zarbidan seskanib ketdi.
— Yurmaysanmi?

Dilor bir qo‘lini biqiniga tirab, bir qo‘lida xivich o‘ynatib jilmayib turardi. Atrof qorong‘ilashib qolgan, shalaq arava allaqachon pastga tushib ketgandi.
Dilorning hokimona jilmayib turishi ham, o‘tday yoniq ko‘zlari, qirra burni ham birinchi marta xunuk ko‘rinib ketdi unga.

— Turtmasdan gapir! — dedi u bo‘g‘ilib. G’azabdan yuzlari lovillab ketganini o‘zi ham sezib turardi.
— Bechora oshiq! — Dilor birdan qah-qah urib kulib yubordi. Sukunat cho‘kkan adirlar ustidan oqshom sharpasiday sirli, bo‘g‘iq aks-sado keldi.

Tirkash bir siltanib qizning xivichini tortib oldida, mayda-mayda qilib yerga otdi. Dilor hech nima bo‘lmaganday hamon jilmayib turardi.
— Qishloqqa qaytamiz! — Tirkash juda muhim, aziz bir narsani tushuntirmoqchi bo‘lganday, qizning yelkala-ridan ushlab o‘tinch bilan silay boshladi. — Iltimos, Dilor, yo‘q demagin! Ketishimizdan nima foyda, qayoqqa boramiz? Jon Dilor, xo‘p degin, — u birdan qizni bag‘riga bosib shivirlay boshladi: — Tentaksoyga qaytamiz. U yerda mening otam, o‘rtoqlarim, traktorim bor, bilasanmi, — u negadir bo‘g‘ilib ketdi. Tomog‘iga tiqilib qolgan iliq bir narsani yutib arang shivirladi, — bilasanmi, Dilor, u yerda mening… mening vatanim bor. — Qizning soch tolalari yana yuziga tegib ketdi. Yana o‘sha, kishini mast qilib yuboruvchi mayin is gurkiradi. — Dilor, xo‘p degin, bitta xo‘p degin…

Qiz siltanib chekindi. Endi u jilmaymas, ko‘zlari o‘t bo‘lib yonardi.
— Hech kim seni sudrab ketayotgani yo‘q. O’zing kelyap-san, — u birdan chinqirib yubordi. — Sen lo‘li emassan, anqovsan! — keyin ko‘zlari qisilib kinoya bilan ovozini pasaytirdi. — Kim qo‘yibdi senga duch kelgan qizga ergashib yurishni? Bor, qishlog‘ingga boraver! Sen bilan ishim yo‘q. Men bilan ham ishing bo‘lmasin!
Dilor tuproq yo‘ldan pastga qarab chopib ketdi. Tirkash uning shamolda hilpirab uzoqlashib borayotgan ko‘ylagini ko‘rib turar, ammo nima bo‘layotganiga hali ham tushunolmasdi. U bir nafas ikkilanib turdi-da, qizning ketidan yugurdi. Tepaning yarmiga borganda, halloslab yetib olib, qo‘lidan tortdi.

— Dilor!
— Qoch! — qizning ko‘zlari nafrat bilan yonib turardi.

— Ketma, Dilor!
— Qoch, laycha!

Birdan Tirkashning.vujudi muzlab qoldi. Boyagi qaynoq hislar o‘rnini allaqanday yovvoyi kuch egalladi-yu, tarsakilab yubordi uni.
— Yo‘qol! — dedi xirillab, — yo‘qol!

U Dilorning kafti bilan yuzini ushlab qolganini ko‘rdi. Keyin keskin burildi-da, qishloq yo‘lini mo‘ljallab chopib ketdi. Bir marta ham orqasiga qaramadi.
Arslonbob cho‘qqisidan qip-qizarib oy chiqib kelar, tuproq yo‘l oqarib ko‘rinar, Tirkashning soyasigacha qaltirardi.

Qish erta tushdi. Hali g‘o‘zapoyalar yig‘ishtirib olinmasdan qor yog‘di. Ertasiga havo charaqlab ochilib ketdi.
Tirkash qor ko‘rpasiga burkanib endigina uyquga ketgan yerni cho‘chitib traktor haydar, qor bosgan dalalar oftob nurida ko‘zni qamashtirib yarqirar, yakkam-dukkam g‘o‘zapoyalar taqdiridan noliganday shumshayib turardi. Traktor hali yaxlamagan dalada yengilgina suzib, muzyorar kemaday orqasidan qop-qora iz qoldirib borardi.
U tushlikka chiqish uchun motorni o‘chirib, kabinadan sakrab tushdi-yu, paykal boshidagi tutzor yonida turgan qizni ko‘rib qoldi. Boya, motorga suv quyayotganida ham ko‘rganday bo‘lgandi. Qiz sariq paxtalik kiyib, boshiga ko‘k ro‘mol o‘rab olgandi. Uning bir qo‘lini biqiniga tirab turishi tanishday ko‘rindi yigitga.
«O’tkinchilardan bo‘lsa kerak». Tirkash shiypon tomonga burilib ketayotgan edi, qiz qo‘l siltab imo qildi.
Tirkash kirza etiklari bilan qor kechib, besh-o‘n qadam yurdi-yu, qizni tanib qolib, yugurib ketdi. Yuragi yana o‘sha sog‘inch hislar bilan jo‘sh urar, etikning sirg‘anishiga ham, g‘o‘zapoyalarga qoqilishiga ham parvo qilmasdi. «Dilor, Dilor!» — derdi u pichirlab. Negadir quvonchdan entikar, nimaga quvonayotganini o‘zi ham bilmasdi.
U nafasi tiqilib yugurib keldi-yu, Dilorning nozik, ammo chayir qo‘llarini kaftiga oldi.
«Qo‘li muzlab ketibdi», — deb o‘yladi qizning yuziga tikilarkan. Dilorning rangi so‘lg‘inlashgan, ko‘zlari cho‘kkan, ammo hamon jozibali tabassum bilan jilmayib turardi. U isib ketganday paxmoq ro‘molining tugunini yecharkan, tirsagi bilan Tirkashning ko‘kragiga turtdi.
— Haydab yubormaysanmi?
— Qachon kelding?
— Ertalab.
— Butunlaymi?
— Butunlay! — dedi Dilor beparvo. Tirkash qizning ko‘zlariga bir qaradi-yu, shu bir og‘iz so‘zga ishonish mumkinligini tushundi.
— Jinni! — dedi u kulib.
Qizning yelkasiga ohista qo‘l tashladi-da, qor bosgan dala yo‘lidan qishloqqa — o‘z hayotiga boshlab ketdi.

BAHOR KELAAVERADI,
QIZG’ALDOQLAR OCHILAVERADI…
“Ikki eshik orasi” romanidan parchalar

“Rost bilan yolg’onning o’rtasi — to’rt enlik”, degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko’p emas, to’rt enlik? Gap shundaki, ko’z bilan quloqning orasi — to’rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko’rganingga ishon… Maqsad — shu… Nachora, hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolg’on gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini o’ylaydi…

Katta vijdonsizliklar kichkina nopoklikdan boshlanishini bilsam nima qilay axir?

Odamzodning qonida g’alati adolatsizliklar bo’ladi. Begonalardagi o’zgarishni darrov sezasizu yaqin odamingizga e’tibor bermaysiz. Xuddi ota¬onangizni birov sizga bog’lab berib qo’ygandek. Go’yo ular siz uchun abadiy yashashi shartdek. Oyim keksayib qolganini, sochlari oqarib ketganini, qovoqlari salqib, yuzi yillab to’shakka yopishib yotgan odamdek sarg’imtil¬zahil tusga kirganini endi payqadim.

Ajab, inson xotirasi — eshigi yopib qo’yilgan omborga o’xsharkan. Ombor oldidan har kuni o’tasiz. O’tasizu o’z yumushingiz bilan ovora bo’lib, qayrilib qaramaysiz. Vaqti kelib tasodifiy shamol omborning eshigini ochib yuboradi-yu, beixtiyor ichkariga mo’ralab qaraysiz. Shunda qiziq holat ro’y beradi. Ombor ichida oltindan aziz narsa ham, ko’zingiz tushishi bilan ta’bingizni xira qiladigan qaqir¬ququrlar ham qalashib yotgan bo’ladi. Alam qiladigan joyi shundaki, siz ulardan xohlaganingizni ajratib ololmaysiz… Hammasi baravariga jon ato qilib, atrofingizni qurshab oladi.

***
…Tinch, to’kin zamonning allaqanday osoyishta zavqi bo’ladi.

Odam qimmatbaho narsasini yo’qotsa achinadi. Tuhmatga qolsa boshini tog’-toshga uradi. Qadri yerga urilsa, isyon ko’taradi. Yaqin kishilaridan ayrilsa dod soladi… Lekin umidingdan ayrilsang g’alati bo’larkan. Hech nimaga, hech kimga, hatto o’z qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan. Isyon ko’tarmaysan… Go’yo sen o’lgansan. O’zing o’lib, quruq surating qolgan…

Somonsuvoq qilingan tomlar ustini bir qarich qor bosgan, yorishib kelayotgan osmonda uchqunlar g’ujg’on o’ynar edi… Negadir birinchi qor yog’ishini uzoq kasal bo’lib yotgan odamning jon taslim qilishiga o’xshataman. Bemor to’shagiga yopishib inqillab yota-yota oxiri omonatini topshiradi-yu, bu dunyoning azoblaridan qutulganiga shukr qilgandek tinchib chehrasi yorishadi.

Iz tushmagan qordan yurishning gashti g’alati bo’ladi. Hammayoq jimjit. Yo’l chetidagi qor bosgan tollar turmushning baland¬pastini ko’raverib, har qanday mushkulotni xotirjamlik bilan kutib olishga o’rganib ketgan qariyalardek oppoq boshini quyi solgancha o’yga cho’mgan.

Sadoqat bilan xiyonatning orasi shunchalik yaqinmi?

Dunyoda hadiksirab yashashdan ortiq azob yo’q ekan. Go’yo boshingda birov qilich ko’tarib turgandek, sen bo’lsang har lahzada o’sha qilich bo’yningga tushishini kutayotgandek. Bora-bora shunaqangi joningdan to’yib ketasanki, qilich taningni boshingdan tezroq judo qilishiga orzumand bo’lib qolasan. Nima bo’lgandayam hadik azobidan qutulsam, bir cho’qib, atrofga ming alanglagan qarg’adek ayanchli ahvoldan xalos bo’lsam deysan…

…Odam bolasining fe’li qiziq. Avvalo, umid bilan qurgan imorating bir og’masin ekan. Bir og’dimi bo’ldi, baribir yiqilarkan. To’sib qolaman desang, bosib tushib, o’zingni ham parcha¬parcha qilib tashlashidan qo’rqar ekansan. Negaki, o’sha imoratning poydevori qo’porilishiga bir chekkasi o’zing ham sababchi ekanligingni bilarkansan.

Bu — qadim dunyoning odamlar bilan nima ishi bor! Bahor kelaveradi, qizg’aldoqlar ochilaveradi… Odamlar esa keladiyu ketadi. Dunyo o’tkinchi deymiz. Yo’q, dunyo emas, biz o’tkinchimiz. Bahor bir aylanib kelguncha birov tug’iladi, birov o’ladi. Birov¬birovni yaxshi ko’radi. Birov¬ birovning ko’ziga cho’p soladi…

Amal — asov otdek gap. Qo’lingdan bir chiqardingmi, ikki dunyodayam yetolmaysan. Ot-ku, oxir¬oqibat egasiga qaytib kelsa¬kelar. Lekin amal qaytmaydi. Uni allaqachon boshqasi egarlab minib olgan bo’ladi. Mabodo seni amal otidan tushirganlar bir emas, ming marta nohaq bo’lganida ham qaytib o’sha otni minishingga yo’l qo’ymaydi. O’zi otdan tushishini o’ylab qo’rqadi.

Bilmadim. Ehtimol odamzod farishta bo’lib tug’ilsa-tug’ilar. Ammo bir umr farishta bo’lib yasholmaydi. Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o’zini oppoq qilib ko’rsatgisi keladi. Ming uringani bilan farishta bo’lolmaydi. Yo’lidan shunaqangi shaytonlar kesib chiqadiki, gunohga botganini o’zi ham sezmay qoladi.

…Har qadamda o’lim kutib turgan janggohdan tirik qaytishimga ishonmagan edim. Lekin urush oyoqlagan sayin umidim kuchaya boshladi. Nazarimda sog’-salomat uyga qaytsam, buyog’i nuqul bayram bo’ladiganga o’xshardi. Ertalab ishga boraman. Kechqurun uyga kelsam ovqat tayyor, issiq o’rnim tayyor. Bundan ortiq baxt bormi odamga?

Odam o’zini judayam baxtiyor his etsa, xudbin bo’lib qolarkan. O’zgalarning dardini sezmas ekan.

Har xil odamlarni ko’ravergandan keyin psixolog bo’lib ketarkansan. Bir toifa shikoyatchilar bor: uyalib, qimtinib, hatto qo’rqib kiradi. Arzimagan narsaniyam ovozi titrab gapiradi. Bular — ko’pincha haq bo’ladi.

Yana bir toifa bor. Eski qadrdonlardek bemalol omonlashadi. Ovozini pasaytirib gapiradi. “Bilamiz, sizdayam bola-chaqa bor, shu ish to’g’ri bo’lsa qarzdor bo’lib qolmaymiz”, degandek imo-ishoralar qiladi. Bola-chaqa uyoqda tursin, xotinim ham yo’qligini bilmaydi. Ammo pinjimga kirib ketgudek bo’ladi. To’g’ri, pora beraman demaydiyu dudmalroq qilib gapiradi. Bunaqalar bilan muomala qilishni boplayman. Trubkani ko’tarib, ataylab ikkita nomer teraman. “Militsiyami?” deyishim bilan yo qochib qoladi, yo bidir-bidir qilib boshqacha sayrab ketadi.

***
Ehtimol o’g’rilik qilgan odamning siri ochilmas. Ehtimol qotillik qilgan olchoqning ham siri bilinmas. Ammo xiyonat fosh bo’lmay qolmaydi. Negaki, xiyonatni bir odam qilmaydi. Albatta, sherigi bo’ladi. Faqat, yomon joyi shundaki, xiyonatdan ozor chekkan odam bu sirni hammadan keyin biladi. Shunisi alam qiladi.

…Odamzotning fe’li shunaqa. Noxush narsani eslagisi kelmaydi. Ammo yomon xotira barmoqqa chiqqan yaraga o’xshaydi. Qo’lingni qimirlatishing bilan o’sha la’nati yara bexosdan bir joyga tegib ketadi-yu, azob beradi.

Achchiqni achchiq kesadi deyishardi. Ba’zan achchiqni shirin ham kesarkan.

Odam birovni aldashi mumkin. Ammo o’zingni o’zing alday olmaysan. Osmondagi yulduzni uzib olib bo’lmaydi!

Tiriklarni hurmatlagan odam, marhumlarni izzat qiladi.

Marhumlar hech nimani eslamaydi, desangiz xato qilasiz. Marhumlarning xotirasi siz tiriklarnikidan yaxshiroq bo’ladi. Negaki, siz ming xil tashvish bilan yelib¬yugurasiz. Bizning esa xotiralarni eslashdan boshqa yumushimiz yo’q.

Hayot nima o’zi. Tole hadya etgan in’om. Ammo odamlar har xil. Birov shu in’omni boshqalar bilan baham ko’radi. Birov boshqalarnikiniyam qo’shib olgisi keladi. Shu bilan umri uzayib qoladigandek. Gap qachon o’lishdami? Qanday o’lishda emasmi!

Ming yil yashagan bir sahoba “Esiz-esiz, u eshikdan kirdimu bu eshikdan chiqib ketayapman”, degan ekan. Shunaqa, bolam… Hech kim o’lishni o’ylamaydi. Ammo odamzodga umr o’lchab berilgan. Shunaqalikka shunaqa-ku, odamning umri necha yil yashagani bilan o’lchanmaydi. Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib, bu eshikdan chiqib ketayotganda qo’lidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan imoratga aqalli bitta g’isht qo’yib ketadi. Yana bir xillari bor: o’sha imoratdan aqalli bitta g’ishtni o’g’irlab ketgisi keladi. O’g’irlab¬ku, hech qayoqqa borolmaydi, narigi eshik oldiga borganda baribir tashlab ketadi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi…

Quyosh har kuni uyg’ongan zahoti jilmayib boqadiyu unsiz xitob qiladi: “Bir kiprik qoqgulik qisqagina umringizda tinch-totuv yashasalaring bo’lmaydimi? Goh non talashasizlar, goh shon! Goh makon talashasizlar, goh imon? Axir hammangiz insonsiz-ku. Hammangiz mening bolalarimsiz-ku, men sizlarning otalaringizman-ku. Bir¬birlaring bilan qirpichoq bo’laverishlaringni ko’rib charchab ketdim-ku! O’z onangizni — Yer kurrasini adoyi tamom qilib tinchimoqchimisiz?! Shu niyatda
ko’tarib yuribdimi ko’ksida!”

Zamira RO’ZIEVA tayyorlagan.

Manba: «Qashqadaryo» gazetasi veb-sahifasi

Qiziqarli malumotlar
Ikki eshik orasi kitob pdf