Ichki ishlar idoralariga qanday tartibda ishga kiriladi
Yuqorida ko’rsatilgan ovqatlanish sxemasi mo’ljal sifatida qaralishi kerak. Ich ketishda ovqatlanish diareya intensivligidan, kasallikning shakli va bosqichidan kelib chiqib tanlanadi. Tabiiyki, ich ketishining dastlabki soatlarida umuman ovqatlanishdan tiyilib turgan yaxshi, faqat biroz shirin choy va har xil suyuqliklardan tashqari. Bunday yondashuv shikastlangan ichak hujayralari uchun oziqlantiruvchi bo’ladi va ularni ta’sirlantirmaydi. Asta-sekin oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi kengayib, ruxsat etilgan mahsulotlar joriy etiladi.
Orqa chiqaruv kanalidan qon ketishi
Erkaklarda orqa chiqaruv kanalidan qon ketishining turli tuman sabablari mavjud. Koʻpincha orqa kanaldan qon ketishi yoʻgʻon ichaklarning pastki qismida uchraydigan kasalliklar yoki uning jarohatlanishi natijasida yuzaga chiqadi. Ammo, bunday holat oshqozon-ichak tizimiga bogʻliq boʻlmagan boshqa kasalliklar sababli ham kuzatilishi mumkin.
- Qon ketishi sabablari
- Orqadan qon ketishi qaysi kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin?
- Gemorroy (bavosir)
- Anal yormalari
- Ichaklarning yalligʻlanish kasalliklari
- Ichak va tizimli infeksion kasalliklar sababli qon ketishi
- Gelmentlar invaziyasi
- Orqa chiqaruv kanalidan qon ketsa qaysi mutaxassisga murojaat etish kerak?
Qon ketishi sabablari
Xoʻsh orqa chiqaruv yoʻlidan nima sababdan qon keladi, ich kelgandan keyin yoki ich kelishidan avval qon kelishiga sabab nima, bunday vaziyatda qanday chora tadbirlar qilish kerak, qaysi shifokorga murojaat etish zarur? Bu kabi savollarga quyida javob topasiz degan umiddamiz.
Orqa chiqaruv kanalidan ich kelayotgan vaqtda yoki ich kelishidan avval qon kelishi, ogʻriq boʻlishi yoki boʻlmasligi, qorin sohasida ogʻriq kuzatilishi, ichki kiyimlarda yopishqoq shilliq ajralib turishi shifokor huzuriga borish uchun sabab boʻla oladi.
Bunday holatga sabab oddiy shilliq qavatlar yormasi, gemarroy yoki ogʻir holatlarda ichak saratoni, leykoz va boshqa inson hayotiga xavf soluvchi kasalliklar boʻlishi ham mumkin.
Ammo, orqa kanaldan qon ketishida tez tibbiy yordam chaqirish uchun asos boʻla oladigan holatlar ham mavjud. Ular quyidagilar boʻlishi mumkin:
- Qon ketish bilan birgalikda tana harorati koʻtarilishi, qorin sohasida kuchli ogʻriq;
- Anusdan ketayotgan qon sababli bemor umumiy ahvolining ogʻirlashuvi, es-xushning buzilishi, umumiy holsizlik kuzatilsa;
- Anusdan qon ketishi bilan bir qatorda teri osti qavatiga ham qon quyilishi (jarohatlar roʻy bermasa ham qon toʻplanishi), burundan qon ketish holatlari qoʻshilishi;
- Ketayotgan qonning laxtalanishi, qon hajmining koʻpligi, qon yoʻqotish tufayli hayotga xavf tugʻilishga shubha qilish;
- Agar qon ketish koʻngil aynishi, qayt qilish bilan birgalikda kuzatilsa, qusuq massasida ham qon aniqlansa.
Yuqorida sanab oʻtilgan holatlarning barchasi inson hayoti uchun xavfli boʻlgan jarayonlar hisoblanadi, ular jarohat olish, infeksion yoki somatik kasalliklarning oʻtkir davri uchun xos boʻlib, bunday vaziyatda mustaqil ravishda davo choralarini koʻrmaslik zarur va tez tibbiy yordamga murojaat etish talab etiladi.
Orqadan qon ketishi qaysi kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin?
Orqa chiqaruv kanalidan ich kelayotgan vaqtda qon ketishi – koʻpgina kasalliklar simptomi boʻlishi mumkin. Anamnez yigʻishda qon ketishi ich kelayotgan vaqtda yoki ich kelishidan oldin roʻy beradimi, ogʻriq sindromi boʻladimi yoki yoʻqmi, qon rangi toʻq yoki ochmi kabi savollarga aniqlik kiritib olishi zarur.
Toʻq qizil rangdagi qon ich kelayotgan vaqtda ketsa bu toʻgʻri ichak pastki qismlaridan, agar qon rangi juda toʻq, qora rangli axlat bilan birgalikda ketsa bu oshqozon-ichak tizimi yuqori qismlarida biror bir patologiya borligidan dalolat beradi.
Qon ketish sabablarida inson jinsining ahamiyati aytarli rol oʻynamaydi. Ammo, ayollarda homiladorlik vaqtida venoz qon tomirlarda qon dimlanishi hisobiga qon ketishi tugʻruq jarayoni boshlanishiga belgi boʻlishi mumkin.
Gemorroy (bavosir)
Kasallik koʻpincha yoshi katta insonlarda uchraydi (40-50 yoshlarda), ayollarda koʻpincha tugʻruqdan keyin yoki homiladorlik vaqtida yuzaga chiqadi. Homiladorlik jarayoni organizmda gormonal disbalans bilan kechadi, bu esa qon tomirlar devori elastikligiga oʻz taʼsirini oʻtkazadi, homilaning oshqozon-ichaklarni ezishi, hazm jarayonining buzilishi, ich kelishining oʻzgarishi, ich qotishi va kuchanish anal kanali atrofidagi venoz kavernalarning kengayishiga sabab boʻladi.
Kasallik koʻpincha tugʻruqdan keyin oʻz belgilarini namoyon eta boshlaydi. Bunda gemorroy tugunlari yalligʻlanishi yoki trombozga uchrashi mumkin. Ich qotishi esa jarayonni yanada murakkablashtiradi.
Bunda ich kelgan vaqtda toʻgʻri ichak pastki qismlaridagi kengaygan venoz kavernalardan qon ketadi, ogʻriq sindromi kuzatiladi, anal kanali qichishadi va diskomfort hissi yuzaga keladi.
Kasallikning birinchi darajasi belgilarsiz kechishi mumkin, shunchaki ich kelgan vaqtda diskomfort hissi seziladi. Ammo, gemorroyning oxirgi darajalarida kengaygan venoz kavernalarda doimiy qon ketadi, surunkali anemiya rivojlanadi va bunday holat jarrohlik amaliyotini oʻtkazishni talab etadi.
Ketayotgan qon hajmi kasallikning darajasiga bogʻliq: ilk darajalarda qon koʻp hajmli boʻlmaydi, ammo oxirgi darajaga yetganda ketayotgan qon hajmi koʻp, bemor umumiy ahvoli ogʻirlashuviga ham sabab boʻlishi mumkin. Davo muolajalari proktolog tomonidan amalga oshiriladi, kasallikning eng samarali davosi jarrohlik amaliyoti hisoblanadi.
Anal yormalari
Anal kanali atrofida yoki shilliq qavatida yormalar rivojlanishiga sabab surunkali ich qotishidir. Kasallik tashxisoti asosan anamnez yigʻish va vizual koʻruv, palpatsiya yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bemorda kuchli ogʻriq, najasda kam miqdorda qon tomchilari aniqlanadi.
Kasallik davosi ich kelishini yaxshilash, ogʻriq qoldiruvchi, regeneratsiyani kuchaytiruvchi va sfinkter mushaklarini boʻshash turuvchi preparatlar qoʻllash bilan amalga oshiriladi. Bunda ovqatlanish ratsionini toʻgʻirlash, ich qotmasligiga harakat qilish, anal kanali shaxsiy gigiyenasiga rioya etish ham kasallik profilaktik chora tadbirlariga qatoriga kiradi. Bu kabi amaliyotlar bajarilmasa medikomentoz davo samara bermaydi. Anal yormalari kuchli ogʻriq beradigan boʻlsa jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi.
Ichaklarning yalligʻlanish kasalliklari
Nospetsifik yarali kolit va Kron kasalligi belgilaridan biri anal kanalidan qon kelishidir. Bundan tashqari qorin sohasida ogʻriq, ich kelishining buzilishi, najasning suyuq va qonli kelishi, yondosh kasalliklar rivojlanishi ham kuzatiladi (artrit, dermatit, jigar disfunksiyasi).
Bu kabi kasalliklar tizimli davo muolajalari talab etadi, aks holda saraton kasalliklari rivojlanish ehtimoli juda yuqori boʻladi. Medikomentoz davoda gormonal preparatlar, immun hujayralar aktivligini pasaytiruvchi va ogʻriq qoldiruvchi preparatlardan foydalaniladi. Ovqat hazm qilish jarayonini va ich kelishini normallashtirish kerak boʻladi.
Ichak va tizimli infeksion kasalliklar sababli qon ketishi
Infeksion kasalliklar natijasida ham anal teshigidan qon kelishi koʻp uchraydi. Masalan, enterovirus va rotaviruslar sababli ayniqsa erkaklarda qon ketishi koʻp qayd etiladi, bunga sabab ichak shilliq qavatining qoʻzgʻalishi, uning yalligʻlanishi va eroziyalarning shakllanishidir. Bunda qon ich kelishiga bogʻliq boʻlmagan holatda ham kelishi mumkin.
Qorin tifi, dizenteriya, gemorragik isitma natijasida qon formulasining oʻzgarishi va massiv darajada ichki qon ketishlar, orqa chiqaruv kanalidan ham qon ketishiga sabab boʻladi. Bunday holatda zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilishi va bemorlar izolatsiyalanishi shart (epidemik izolyatsiya). Bu kabi holatlarda oʻlim kuzatilish ehtimoli juda yuqori boʻladi.
Gelmentlar invaziyasi
Ichaklarda parazitlarning koʻp toʻplanishi natijasida shilliq qavatlar butunliging buziladi, bu esa jarohatlangan sohadan qon ketishiga sabab boʻladi. Bemor umumiy ahvoli sekin asta yomonlashib boradi va surunkali anemiya rivojlanishi ham mumkin.
Parazitar kasalliklarda organizm umumiy immuniteti susayadi, allergik reaksiyalar namoyon boʻladi, respirator virusli-bakteriologik kasalliklarga moyilllik ortadi, ichki aʼzolarda disfunksiya holati kelib chiqadi. Gelmentlar invaziyasi tufayli qon ketishi aniqlangan vaqtda bemorlar statsionar sharoitda davolanishlari zarur.
Orqa chiqaruv kanalidan qon ketsa qaysi mutaxassisga murojaat etish kerak?
Agar ketayotgan qon hajmi koʻp boʻlmasa, bemorning umumiy ahvoli ogʻirlashmasa, zudlik bilan shifoxonaga olib borish uchun yuqorida sanab oʻtilgan asoslar bemorda kuzatilmasa, bemorlar terapevt va proktolog koʻrigidan oʻtishlari mumkin. Zarurat tugʻilsa infeksionist, gastroenterolog va boshqa mutaxasisslar tavsiyasi ham kerak boʻladi.
Baʼzida najasda aniq qon tomchilari koʻrinmasligi mumkin, agar oshqozon-ichak tizimining yuqori qismlaridan qon ketayotgan boʻlsa, to anal kanaliga kelgunicha qon najas bilan aralashadi va najasning rangi toʻq qora tusda boʻladi.
Qon ketish sababini aniqlashda quyidagi tekshiruvlar amalga oshirilishi mumkin:
- Retroskopik tekshiruv;
- Kolonoskopik tekshiruv;
- Irrigoskopik tekshiruv (ichaklarga kontrast modda yuborilib rentgenografiya oʻtkazish);
- Gastroduodenoskopiya;
- Laproskopik tekshiruv.
Najasda kam miqdorda qon boʻlishi xavfli kasallik belgisi emas. Ammo, bu kabi holatni oʻz vaqtida aniqlamaslik va davolamaslik, yoki mustaqil ravishda davolash kasallikning ogʻir darajalariga oʻtib ketishi olib keladi. Bunday vaziyatda bemor hayotiga xavf tugʻilishi ham mumkin.
Orqa chiqaruv kanalidan qon ketishining koʻp uchraydigan sabablari:
Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari |
Infeksion-parazitarkasalliklar | Qon va qon ivish tizimidagi kasalliklar |
Gemorroy, anal kanali yormalari, jarohatlar; |
Enterovirus, rotovirus infeksiyasi; | Leykemiya; |
Gastritning eroziv shakli, oshqozon shilliq qavatidan yara tufayli qon ketishi; |
Dizenteriya, qorin tifi, gemorragik isitma, salmonellez; | Leykozlar; |
Qiziloʻngach venalari varikoz kengayishi; |
Ichaklarning jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar bilan zararlanishi; |
Ichak tutqich qon tomirlarida tromb hosil boʻlishi va boshqalar. |
Jigar sirrozi asorati;Oshqozon-ichak tizimidagi oʻsmalar, poliplar; Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit;Ichaklarning sil (tuberkulez) zararlanishi. |
Gerpes virusininig taʼsiri; Parazitlar invaziyasi natijasida qon ketish. |
Oshqozon ichak tizimi kasalliklari (anal kanalidan qon ketishiga sabab boʻluvchi) differensial diagnostikasi
Somatik va infeksion kasalliklar natijasida oshqozon ichak traktidagi oʻzgarishlar va anal kanalidan qon ketishni differensatsiya qilish:
Kasallik/simptom | Qon rangi, hajmi | Ich kelishining buzilishi | Yondosh belgilar |
Toʻgʻri ichak venoz kavernalar kengayishi – gemorroy |
Toʻq qizil, hajmi koʻp emas. | Ich qotishi (baʼzida) | Qichishish, orqa anal sohasida ogʻriq |
Anal kanali shilliq qavatlar yormasi. |
Kam hajmda toʻq qizil | Ich qotishi | Anus sohasida kuchli ogʻriq |
Oshqozon yarasi | Rangi toʻq (qora), kam hajmda, baʼzida koʻp hajmda | Najasning qora tusdaligi va qattiqlashuvi | Oshqozon sohasida ogʻriq |
Ichak saratoni, polip |
Toʻq jigarrang, hajmi koʻp | Ichak tutilishi hisobiga ich kelmasligi (oxirgi bosqichlarda), yolgʻon chaqiriqlar | |
Qiziloʻngach venalari butunligi buzilishi |
Boshlangʻich bosqichida koʻp hajmda emas, keyinchalik qon hajmi ortadi | Najasning qattiqlashuvi. | Jigʻildon qaynashi, diskomfort hissi |
Infeksion-parazitar kasalliklar |
Toʻq rangli, kam hajmda | Koʻpincha ich ketishi | |
Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit |
Doimiy najas bilan suyuq qon kelishi | Ich kelishininigkoʻpayishi, suyuq boʻlishi | Ogʻriq sindromi, teri va boʻgʻimlardagi oʻzgarishlar |
Ichki ishlar idoralariga qanday tartibda ishga kiriladi?
– Keyingi yillarda tizimda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi, – deydi J.Davronov. – Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 avgustda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida soha xodimlarining vazifa va funksiyalari aniq belgilab berildi.
– Oliy ta’lim muassasasini tugatgan yoki harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlarning aksariyati shu sohada ishlash istagida bo‘ladi. Aytingchi, tizimga ishga kirish uchun fuqarolar necha yoshda bo‘lishi kerak?
– Ichki ishlar organlariga kadrlar tanlov asosida qabul qilinadi. Bu ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ichki ishlar idoralariga shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Yosh chegarasiga kelsak, o‘n sakkizdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan fuqarolar, shu jumladan, o‘ttiz yoshdagi fuqarolar ham tanlovda qatnashish huquqiga ega. Yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘ttiz yoshga to‘lganiga 11 oy bo‘lgan fuqaro ichki ishlar organlarida ishlash uchun murojaat qilsa va belgilangan mezonlarga mos kelsa, uning arizasi qanoatlantiriladi.
Bundan tashqari, ichki ishlar idoralariga bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadi.
– Ko‘pchilikda ichki ishlar idoralariga ishga kirish har doim murakkab bo‘lgan, degan e’tirozlar uchraydi. Ishga kirishga da’vogar ko‘p hujjat tayyorlab topshirishi kerak, deyishadi. Bu qanchalik asosli?
– Tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlarini rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta’kilash lozim. Ilgari ayrim hollarda hujjatlar yig‘ib bo‘lingandan so‘ng ishga qabul qilish yoki rad etish olti oygacha cho‘zilgan vaqtlari ham kuzatilgan. Prezidentimizning “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bunday tushunmovchiliklarga barham berdi. Qaror bilan arizalarni qabul qilish jarayoni, shifokor ko‘rigidan o‘tish vaqtlari belgilab berilgan. Shuningdek, ariza bergan fuqaroga 40 kun ichida ishga qabul qilingani yoki rad etilgani to‘g‘risida javob berilishi ham ko‘rsatilgan.
– Bugungi kunda ichki ishlar organlariga ishga kirish uchun nomzoddan qanday hujjatlar talab qilinadi?
– Ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: pasport nusxasi (aslini ko‘rsatgan holda), tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi, FHDYo organlaridan ma’lumotnoma, ariza, yaqin qarindoshlarining pasport nusxalari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi, qarindoshlarining o‘limi haqidagi guvohnomalari nusxalari taqdim qilinadi.
Bundan tashqari, nomzodning fotosurati, tarjimai holi, o‘qish, ish va yashash joyidan tavsifnoma hamda ma’lumotnoma, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlaridan nusxalar va albatta, harbiy guvohnoma talab qilinadi.
– Barcha hujjatlar taqdim qilingach, nomzod qanday sinovlardan o‘tadi?
– Nomzod birinchi navbatda, suhbat, psixologik test va umumjismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinab ko‘riladi. Sinovlar tegishli mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
Tanlov suhbat, psixologik test va umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning umumlashtirilgan natijalariga ko‘ra yakunlanadi.
– Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat.
Bahriddin XONKELDIYeV suhbatlashdi.
Kattalarda ich ketishi (diareya) — sabablari, ko’rsatkichlarga qarab tasniflash, davolash
Ich ketishi (diareya) — tez-tez defekatsiya (hojat chiqarish) qayd etilgan, axlat esa suyuq bo’lgan holatdir. Bu holat xavflidir, chunki u tananing suvsizlanishiga olib kelishi mumkin. Diareya oshqozon-ichak trakti infektsiyalari, noto’g’ri ovqatlanish, stressli sharoitlar, dorilar bilan zaharlanish oqibatida yuz berishi mumkin.
Bundan tashqari, kasallikning sababi gijja yoki ichak disbakteriozining mavjudligi bo’lishi mumkin. Defakatsiya qanchalik tez-tez kuzatilishiga, uning hidiga (nordon, o’laksa), rangiga (kulrang, oqimtir), qon mavjudligiga e’tibor berish kerak.
Hojat chiqarish buzilishining bir nechta turlari mavjud bo’lib, ularni aniqlash uchun o’ziga xos xususiyatlar mavjud, ular ushbu alomatni me’yoriy holatdan ajratib turadi.
Axlat ko’rsatkichi | Me’yorda | Ich ketganda |
Hojat chiqarishtezligi | Kuniga 1-2 marta | Kuniga 3-4martadan ko’proq |
Axlatning konsistentsiyasi | Bo’tqasimon | Suyuq yoki bo’tqasimon |
Axlatning ranggi | To’q sariqdan to’q jigarranggacha | Oqimtir, sariq, yashil, qon aralash, qora, to’q qizil, jigarrang |
Axlat tabiati | Bir jinsli, shakllangan | Tuli jinsli, shakllanmagan, suvli, ko’pikli |
Hidi | O’ziga xos yoqimsiz, lekin juda ham badbo’y emas | Badbo’y yoki umuman hidsiz, nordon hidli |
Aralashmalar mavjudligi | Oz miqdorda shaffof shilliq mavjud bo’lishi mumkin yoki aralashmalarsiz | Shilliq ko’p bo’ladi, hazm bo’lmay qolgan ovqat bo’lakchalari |
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar biroz aniqlikni talab qiladi, chunki norma va patologiya chegaralari har bir kishi uchun turlicha bo’ladi. Barcha an’anaviy fiziologik ko’rsatkichlar o’rtacha belgi bo’lib, ular juda keng doirali ko’rsatkichlarni birlashtiradi. Avvalo, kunlik defektsiyalarning ko’rsatkichini aniqlashtirish kerak. Ba’zi kishilarda u 2-3 kunda bir marta bo’lsa, boshqalarda kuniga 3-4 marta bo’ladi. Xuddi shunday, axlat konsistentsiyasi ham qattiq, shakllangan bo’lishi, ba’zilarda esa suyuq-bo’tqasimon bo’lishi mumkin.
Axlatning ushbu xususiyatlarini baholashda eng muhimi ularning muddati hisoblanadi. Agar ular uzoq vaqt (uzoq oylar va yillar) bir xil bo’lib, odamda salbiy alomatlar namoyon bo’lishiga olib kelmasa, unda xavotirlanmaslik kerak, chunki bunday xususiyatlar odamning shaxsiy me’yoridir. Bu ich ketishi emas.
Biroq, badbo’y hid va aralashmalarning mavjudligi kabi axlatning xususiyatlarining holati boshqacha bo’ladi. Ularning o’zgarishi har doim ich ketishini ko’rsatadi. Bundan tashqari, muntazam ravishda ularning xususiyatlarini tahlil qilib, kelib chiqish sababini aniqlash mumkin. Shuning uchun doimo axlatga e’tibor berish juda muhim, chunki ular hazm qilish holati va butun tananing salomatligi haqida gapirishadi.
Bilish muhim! Ich ketishi — ma’lum bir vaqtga qadar qayd qilinmagan axlatning suyuqlashishi, tez-tez defakatsiya, axlatda aralashmalar mavjudligi bilan tavsiflangan patologik belgidir. Bu deyarli har doim najasdagi har xil aralashmalarning mavjudligi bilan kechadi.
- 1 Kattalarda ich ketishi sabablari
- 1.1 Antibiotiklar qabulidan so’ng ich ketishi
- 1.2 Ich ketishi mexanizmlari
- 3.1 Ich ketishida isitma
- 3.2 Ich ketishi bilan birga ko’ngil aynishi va qayt qilish
- 3.3 Qorindagi og’riq
- 3.4 O’laksa hidli kekirish
- 4.1 Yashil rangli ich ketishi
- 4.2 Sariq rangli ich ketishi
- 4.3 Qora rangli ich ketishi (qora axlat)
- 4.4 Oq diareya (oqimtir rang)
- 4.5 Qon bilan ich ketishi
- 4.6 Shilliq bilan ich ketishi
- 4.7 Suvli diareya
Kattalarda ich ketishi sabablari
Ich ketishi ichak traktining noto’g’ri ishlashi natijasidir: hazm qilish jarayoni tezlashadi va bu axlatning suyuqlashishiga va tez-tez defeksatsiyaga olib keladi.
Odatda ich ketish sababi virusli yoki bakterial infeksiya yoki oziq-ovqatdan zaharlanish hisoblanadi. Odatda ich ketishining qo’zg’atuvchilari ichak tayoqchasi va salmonella bakteriyalari bo’lib, ular oziq-ovqat yoki suvda bo’lishi mumkin. Bakterial infeksiya keltirib chiqaradigan ich ketishidan ko’pincha sayyohlar azob chekadi, asosan ekzotik mamlakatlarga sayohat qilganda. Bunday kasallikni ba’zan «sayyoh ich ketishi» deb atashadi.
Ich ketishining sabablari oddiy gerpes yoki gepatit viruslari, shuningdek, antibiotiklardan foydalanish bo’lishi mumkin.
Diareyaning yana bir sababi yarali kolit bo’lishi mumkin. U ham og’ir ich ketishga olib keladi, ammo kolit juda kech tashxislanadi, odatda, ichakning ichki tekshiruvi natijasida.
Ovqat hazm qilish tizimining tashqi muhit va tananing ichki a’zolari bilan yaqin aloqasini hisobga olgan holda, u doimiy ravishda ushbu ikki taraf bilan bog’liq ekanligini ta’kidlash mumkin. Shuning uchun hazm qilish tizimi tez-tez kasalliklarga duchor bo’ladi. Odatda normal faoliyatda har qanday ta’sirlanish yoki normal faoliyatdagi buzilishlar motorikaning tezlashishi, shilliq ajralishi va oxir-oqibat ich ketishi bilan namoyon bo’ladi.
Ich ketishiga sabab bo’lgan omillarning to’liq ro’yxati quyida berilgan:
Virusli infektsiyalar
- Rotavirus;
- Enterovirus;
- Adenovirus.
Bakterial infektsiyalar
- Salmonellyoz;
- Dizinteriya (shigellyoz);
- Vabo kasalligi;
- Oziq-ovqatdan zaharlanish;
- Eshxerixioz.
Fermentativ yetishmovchilik
- Pankreatit;
- O’t-tosh kasalligi;
- Fermentopatiya;
- Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini tug’ma ko’tara olmaslik.
Ichak kasalliklari
- Enterit;
- Enterokolit;
- Nospetsifik yarali kolit;
- Kron kasalligi;
- Uippl kasalligi.
Shishli o’simtalar
- Poliplar;
- Adenokarsinomalar;
- Yallig’lanish tufayli asoratlangan divertikul.
Autoimmun kasalliklar
- Qizil yuguruk (volchanka) bilan ichakning zararlanishi;
- Revmatoid artrit;
- Atopik dermatit va allergik reaktsiyalar.
Zaharlanish
- Nitratli zaharlanish;
- Og’ir metallar;
- Pestitsidlar;
- Maishiy kimyo.
Dori vositalarining ta’siri
- Antibiotiklar;
- Sitotoksik preparatlar;
- Ich surgi preparatlari qabulini oshirib yuborish;
- Antixolinesteraza preparatlari va prokinetiklar.
Oshqozon-ichak qon ketishlari
- Ochiq oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yarasi;
- Ingichka ichakda qon ketishi;
- Yo’g’on ichakda qon ketishi.
Antibiotiklar qabulidan so’ng ich ketishi
Buning sababi, insonga yordam berish uchun mo’ljallangan yatrogenik (tibbiy) ta’sirlardan kelib chiqadi. Ular juda tez-tez uchraydi va jiddiy kasalliklar va hatto o’limga olib kelishi mumkin. Avvalambor, u antibakterial davolashning nojo’ya ta’sirini o’z ichiga oladi, u disbakteriozga va keyinchalik psevdomembranoz kolitga olib keladi. Oxirgi asoratning o’ziga xos xususiyati shundaki, unga har qanday davolash usullari zaif ta’sir ko’rsatadi va u doimiy ich ketishlarga sabab bo’ladi.
Bakterial va virusli infektsiya tufayli yuz bergan ich ketishi ham ahamiyatlidir. Ular boshqalarga qaraganda tez-tez uchraydi, lekin yaxshiyamki, ular ko’pincha xavfsiz tarzda yakun topishadi. Bu organizmning tabiatning tabiiy tarkibiy qismlari bo’lgan agressiv patogenlarni mag’lub etish qobiliyatiga bog’liq. Lekin toksik ta’sirlar va boshqa tashqi ta’sirlar tufayli rivojlanadigan ich ketishi bundan mustasno. Ular ham organizm uchun yot bo’lsada, faqat immunitet mexanizmlari yordamida, tashqi yordamsiz bartaraf qilina olmaydi.
Ich ketishi mexanizmlariga kelsak, ular ham turli xil bo’lishi mumkin. Jadvalda eng tipik patogenetik mexanizmlar va tegishli sabablar keltirilgan.
Ich ketishi mexanizmlari
Odatda ich ketishida uni amalga oshiradigan faqat bitta mexanizm bo’lmaydi. Ulardan kombinativ bo’lib, birining ustunligi kuzatiladi.
Ich ketishi turlari
- Infektsion ich ketishi dizenteriya, salmonellyoz, oziq-ovqat infektsiyalari, virusli kasalliklar (virusli diareya), amyobiyaz va boshqalar.
- Alimentar ich ketishi noto’g’ri ovqatlanish, ayrim mahsulotlarga allergiya bo’lishi bilan kechadi.
- Dispepsik ich ketishi oshqozon, oshqozon osti bezi, jigar, ingichka ichakdagi fermentlarning ajralishi yetishmovchiligi bilan oziq-ovqatni hazm qilish buzilganligi tufayli yuzaga keladi.
- Toksik ich ketishi uremiya bilan birga, simob va margimush bilan zaharlanish natijasida yuzaga keladi.
- Medikamentoz ich ketishi — ichak fiziologik florasi buzilganda, disbioz rivojlanishida paydo bo’ladi.
- Neyrogenli ich ketishi — ichakning motor faolligini asab tomonidan boshqaruvi buzilishining natijasi (masalan, hayajonlanish yoki qo’rquv ta’siri ostida sodir bo’lgan ich ketishi).
Qisqa va yengil ich ketishi insonning umumiy holatiga deyarli ta’sir qilmaydi. Jiddiy yoki surunkali — tanani ishdan chiqaradi, suvsizlanish, gipovitaminozga olib keladi, organlarda sezilarli o’zgarishlarga olib keladi.
Ich ketishi alomatlari va belgilari
Ich ketishining klinik ko’rinishlari odatda standart shikoyatlar va obyektiv tekshiruv ma’lumotlari bilan tavsiflanadi. Uning ba’zi turlarining kasallikning tabiatini va kelib chiqish sababini aniqlash imkonini beradigan o’ziga xos va farqlovchi xususiyatlari mavjud. Ammo, shunday vaziyatlar bo’ladiki, qo’shimcha laboratoriya-instrumental tadqiqotlar ham hamisha informativ bo’lmaydi. Hech narsani o’tkazib yubormaslik uchun, ich ketishi bilan birga kuzatiladigan boshqa alomatlarga ham e’tiborli bo’lish kerak.
Ich ketishida isitma
Ko’plab bemorlarda qo’shimcha simptom sifatida qayd etiladi. Uning rivojlanishi ko’plab diareya turlari uchun xosdir. Avvalo, bu mikrob (virusli va bakterial) turlarga tegishlidir. Chunki immunitet hujayralariga har qanday begona oqsilning kirishi antitanalar ishlab chiqarishga sabab bo’ladi, bu yallig’lanish mediatorlari ajralishi va harorat reaktsiyasi bilan birga kechadi.
Ichak eng kuchli immunitetli organlaridan biri ekanligini hisobga olib, haroratning ko’tarilishidan ajablanmasligi kerak. Aksincha, odamda yuqumli ichak kasalligi belgilari bo’lsa, ammo harorat ko’tarilmasa, bu immunitet tanqisligi mavjudligini ko’rsatadi. Uning o’ziga xos qiymatiga kelsak, ular mikrobning patogenligi va organizmning reaktivligiga bog’liq va 37.1 °C — 39 °C va undan yuqori bo’lishi mumkin.
Ich ketishi bilan birga ko’ngil aynishi va qayt qilish
Ko’ngil aynishi — albatta, har qanday kelib chiqishli ich ketishida eng ko’p uchraydigan alomat. Buning mantiqiy izohi bor. Oziq-ovqat massasi ichakda normal harakatlanish buzilganidan keyin mutlaqo teskari yo’nalishda noto’g’ri harakatlanishi yuz beradi.
Bundan tashqari, har qanday ichak falokati fonida yuzaga keladigan zaharlanish bu toksik moddalarni qon oqimiga so’rilishiga va barcha organlar va to’qimalarga tarqalishiga olib keladi. Birinchi bo’lib bunga miyaning qusish markazi javob beradi, natijada klinik tasvirda ko’ngil aynishi va keyinchalik qayt qilish ko’rinadi. Aytgancha, qayt qilish refleksi organizmni har qanday kelib chiqishli zaharlardan tozalash uchun eng muhim fiziologik mexanizmlardan biridir.
Qorindagi og’riq
Bu har doim ichak motorikasining tezlashishi natijasidir. Odatda, kuchli va intensiv bo’ladi. Paroksizmal kechadi, og’riqning o’tkir xuruj olishi va bosqichma-bosqich pasayishi va tugallanishi bilan ta’riflanadi. Odatda og’riqdan keyin yoki og’riq paytida hojat chiqarishga undash mavjud bo’ladi, bu og’ir ich ketishi bilan namoyon bo’ladi.
Og’riqning ko’rinishi diareyaning deyarli barcha turlariga xosdir, lekin ko’pincha uning mikrobli shakllari va oziq-ovqatdan zaharlanish tufayli yuz beradi. Qolgan barcha turdagi ich ketishlar qorinda bezovtalik va og’irlik bilan kechadi.
O’laksa hidli kekirish
Bu asosiy simptom sifatida yoki ich ketish fonida asta-sekin rivojlanadi. Birinchi holda, ich ketishdan oldin uning ko’rinishi oshqozon osti bezi, oshqozon va o’t yo’llarining fermentativ yetishmovchiligini ko’rsatadi.
Tana ichiga tushadigan oziq-ovqat hazm bo’lmasa, uning chirishi sodir bo’ladi. Bu oxir-oqibat qorin bo’shlig’ida badbo’y gazlar hosil bo’lishiga va ularning kekirik orqali chiqib ketishiga olib keladi. Tabiiyki, ichakka hazm bo’lmagan ovqat tushishi ichakni ta’sirlantiradi va ich ketishiga sabab bo’ladi.
Kattalarda ich ketishining rangi
Suyuq axlatning rangi va odatdagi xususiyatlariga ko’ra tajribali shifokor diareyaning kelib chiqishini aniqlashi mumkin. Bunday holda, qolgan alomatlar ham inobatga olinishi kerak. Bu diareyaning haqiqiy sababchisini va kelib chiqishining ba’zi tafsilotlarini tushunish va aniqlash imkonini beradi.
Yashil rangli ich ketishi
Faqat bakterial va virusli ichak shikastlanishlari uchun xarakterlidir. Yashil rang paydo bo’lishi axlatda leykositlar to’planishi va mahalliy immunitetning zaiflashuvi fonida chirituvchi stafilokokklarning rivojlanishi bilan bo’gliq.
Klinik ko’rinishi — bu bir jinsli bo’lmagan, bir oz yashil birikmalar aralashgan yoki qalin yashil shilliq bilan qoplangan va aralashgan suyuq najasdir. Odatda, bunday ich ketishi kuchli isitma, qorin og’rig’i, ko’ngil aynishi va qayt qilish bilan birga kechadi. Qattiq zaharlanish va qon tahlilida yallig’lanish jarayoni ko’rsatkichlari mavjudligi kuzatiladi.
Sariq rangli ich ketishi
Ichakning peristaltikasi (qisqarishi) ning tezlashuvi tufayli yuz beradi va turlari ichida eng maqbuli hisoblanadi. Ichak harakatlanishining tezlashishi natijasida axlat normal shakllana olmaydi va quyuqlashishga ulgurmaydi. Shu bilan birga, ularning deyarli to’liq fermentativ qayta ishlanishi va faol tarkibiy qismlarning qisman so’rilishi kuzatiladi. Natija — axlat odatiy rangda, ammo suyuq. Qorin bo’shlig’idagi biroz bezovtalik va og’irlikdan tashqari qo’shimcha alomatlar bo’lmaydi.
Qora rangli ich ketishi (qora axlat)
Juda xavfli yoki aksincha, odatiy alomatlarini bildiradi. Avvalo, bu xavfli belgi ekanligi sifatida qaraladi. Qora, smola kabi axlat faqatgina bitta narsani — oshqozondan qon ketishini anglatishi mumkin. Aynan shunday rangning shakllanishi qorin bo’shlig’idagi xlorid kislotaning ta’siri ostida eritrositar gemoglobining parchalanishi bilan bog’liq. Bunday holatda gemin hosil bo’ladi, bu esa xarakterli rangni beradi. Bunday hollarda siz bir daqiqa ham yo’qotmasdan, shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak.
Qora axlat paydo bo’lishi mumkin bo’lgan ikkinchi vaziyat — hayvonlar qoni asosidagi (krovyanka) mahsulotlar iste’moli, lavlagi, smorodina yoki muayyan dori-darmonlarni (faollashtirilgan ko’mir, vismut preparatlari — vikalin, de-Nol) katta miqdorda qabul qilishdir. Aynan shu holat odamlarni ko’pincha tibbiy yordamga murojaat qilishga undaydi. Qora axlat kelib chiqishida differentsial-diagnostik (farqlovchi) mezon anamnezga, ya’ni yuqorida sanab o’tilgan mahsulotlar is’temol qilinganligi yoki gemodinamika ko’rsatkichlarining kamayishi (gipotoniya, taxikardiya) mavjudligidir.
Oq diareya (oqimtir rang)
Qora axlatdagi kabi, oqimtir axalat sababini ifodalovchi yagona o’ziga xos xususiyati mavjud. Bu holda ichaklarda oziq-ovqat massasini safro (o’t) bilan qayta ishlashning yetarli emasligidir. Bu umumiy o’t kanali shish yoki tosh tomonidan tiqilgan yoki bloklangan holatda bo’lishi mumkin.
Odatda, bunday ich ketishida terining sariqligi va siydikning to’q rangga kirishi kuzatiladi. Og’riq, isitma va suvsizlanish ko’pincha kuzatilmaydi.
Qon bilan ich ketishi
Ich ketishi turlari ichida eng xavflisi, chunki bu ichak trakti bo’shlig’iga faol qon ketishini ko’rsatadi. Odatda, ichak devorining shilliq qavatini butunlay parchalanishiga olib keladigan ichakning yirik o’stimtalarini buzilishi, kuchli ichak infektsiyalarida ro’y beradi.
Ba’zida qonli diareyaning ko’rinishi turli xil kimyoviy birikmalar va zaharlarning ichaklarda toksik ta’siri natijasi bo’lishi mumkin. Qonli diareya toza qon bilan emas, balki suyuq to’q qizil rangli axlat bilan ifodalanadi. Bunday holda qon ketish manbai yo’g’on ichakning o’ng yarmida joylashganligini aniq aytishimiz mumkin.
Shilliq bilan ich ketishi
Ushbu bir xususiyat bilan diareyaning haqiqiy kelib chiqishini aniqlab bo’lmaydi. Axir shilliq butunlay boshqacha bo’lishi va har xil miqdorda ajralishi mumkin. Shilliqning shaffof shakli oziq-ovqatdan zaharlanish va yengil zaharlanish belgisidir. Shilliq qavat yashil, jigarrang yoki qonli tusga ega bo’lganda, u har doim og’ir ich ketishi yoki davolanishning samarasi yo’qligini ko’rsatadi.
Suvli diareya
Har qanday ilmiy qo’llanma yoki oddiy ayollar salomatligi jurnalida suvli ich ketishi savoliga bitta javob topish mumkin. Bu albatta vabo. Kasallikning qo’zg’atuvchi agenti shunday tuzilganki, ichakka tushib, ich ketishining barcha mumkin bo’lgan mexanizmlarini faollashtiradi, natijada qattiq axlat emas, balki tinimsiz suvli ich ketishi bilan namoyon bo’ladi. Qizig’i shundaki, bunday hollarda isitma juda kam uchraydi. Ammo hojat chiqarish miqdori shunchalik ko’p bo’ladiki, bemorlar uni sanay ham olishmaydi. Natijada, kuchli suvsizlanish rivojlanadi, bu darhol va massiv infuziyon davolashni talab qiladi.
Kattalardagi ich ketishini davolash
Ich ketishini to’g’ri va samarali davolash faqat uning tabiati va kelib chiqishi mexanizmini aniq bo’lganida erishiladi. Bu masalalarga bir oz aniqlik kiritishga quyidagi jadval yordam berishi kerak.
Esda tuting! Ich ketishni davolash bir komponentli bo’lmasligi kerak. Turli xil vositalarni to’g’ri shaklda birlashtirib, diareya sababchisiga ta’sir qiluvchi dori guruhiga alohida e’tibor berish kerak.
- Antibiotiklar;
- Ichak antiseptiklari;
- Peristaltikani sekinlashtiruvchilar;
- Sorbentlar;
- Fermentlar.
- Antibiotiklar;
- Maxsus yallig’lanishga qarshi ichak preparatlari;
- Glyukokortikoid gormonlar.
- Yaralarga qarshi preparatlar;
- Gemostatikar;
- Infuziyalar.
- Oshqozonni yuvish va klizma;
- Sorbentlar;
- Ichak motorikasini me’yorlashtiruvchi preparatlar.
- Zamburug’larga qarshi;
- Sorbentlar;
- Probiotiklar.
Kattalardagi ich ketishida parhez
Ovqat hazm qilish tizimining har qanday kasalliklarida ovqatlanish masalasiga alohida e’tibor berilishi kerak. Ayniqsa, ich ketishida. Umuman aytganda, qattiq, qovurilgan, yog’li, dudlangan taomlarni iste’mol qilmaslik kerak. Har bir mahsulot yengil hazm bo’ladigan va ichakka botmasligi kerak. Suv ichish tartibiga amal qilish kerak, har qanday shaklda yetarli miqdordagi suyuqlik ichilishi kerak.
Ich ketishida parhez qoidalari
Mahsulot turi Mumkin Mumkin emas Non va non mahsulotlari Qora non, kecha yopilgan non, suxarik Yangi yopilgan non, shirin bulochkalar, ruletlar, pirojnoe, pechene Go’sht mahsulotlari Parhezbop quyon va tovuq go’shti, kurka go’shti Cho’chqa, mol, o’rdak va boshqa yog’li go’shtlar, dudlangan kolbasa Sut mahsulotlari Yengil yogurtlar, ryajenka, tvorog, prostokvasha Qaymoq, yog’li smetana, to’liq sut Meva va sabzavotlar Limon sharbatini suv bilan aralashtirib, chernika, kartoshka, pishirilgan olma Pomidor, bodring, karam, apelsin, banan, olxo’ri, o’rik Yormalar va bo’tqalar Suli, grechka, guruchli Manna Dukkaklilar va no’xot Man etiladi Barchasi Yong’oqlar va qoqilar Olma, nok, na’matak Mayiz, barcha turdagi yong’oqlar Yuqorida ko’rsatilgan ovqatlanish sxemasi mo’ljal sifatida qaralishi kerak. Ich ketishda ovqatlanish diareya intensivligidan, kasallikning shakli va bosqichidan kelib chiqib tanlanadi. Tabiiyki, ich ketishining dastlabki soatlarida umuman ovqatlanishdan tiyilib turgan yaxshi, faqat biroz shirin choy va har xil suyuqliklardan tashqari. Bunday yondashuv shikastlangan ichak hujayralari uchun oziqlantiruvchi bo’ladi va ularni ta’sirlantirmaydi. Asta-sekin oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi kengayib, ruxsat etilgan mahsulotlar joriy etiladi.
Pishirish usuliga kelsak, u faqat qaynatilgan yoki dimlangan bo’lishi kerak. Yaxshisi bo’tqalar, pyurelar, bug’da pishirilgan kotletalar tayyorlash kerak. Ruxsat etilgan mevalardan kisellar va jelelar ham yaxshi ketadi. Ich ketishi pasayishi bilan asta-sekin odatiy ratsionga qaytiladi.
Muhim! ich ketishining har qanday shaklida parhezni buzmaslik kerak, chunki bu nafaqat profilaktik, balki shifobaxsh choradir. O’tkir ich ketish davridan keyin tiklanish bosqichida ovqat ratsionini birdan kengaytirmang.
Qiziqarli malumotlar
Ichki ishlar idoralariga qanday tartibda ishga kiriladi