I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma

I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma

To‘plamga kiritilgan darsliklar ro‘yxati

Vazirlik maktab darsliklari uchun ijara narxlarini belgiladi

Yangi o‘quv mavsumida umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash ijara tizimiga kiritilgan darsliklar to‘plamiga belgilangan yagona to‘lov miqdori e’lon qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilida umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash ijara tizimiga kiritilgan ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori quyidagicha belgilandi.

T/r

Sinf

To‘plamga kiritilgan darsliklar ro‘yxati

To‘plamdagi darsliklar soni

Darslik bir
to‘plami uchun
yillik ijara
narxi
(so‘m)

Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Atrofimizdagi olam, Odobnoma, Tasviriy san’at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta’limi.

10

8 500

Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Tasviriy san’at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta’limi.

10

9 800

Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Tasviriy san’at, Texnologiya.

10

11 900

Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Matematika, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, Vatan tuyg‘usi, Musiqa, Tasviriy san’at, Mehnat ta’limi, Informatika va axborot texnologiyalari.

12

7 400

Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, Vatan tuyg‘usi, Musiqa, Tasviriy san’at, Mehnat ta’limi, Informatika va axborot texnologiyalari, Matematika (iqtidorli bolalar uchun)

12

9 600

Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Matematika, Fizika, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Vatan tuyg‘usi.

13

11 000

Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Vatan tuyg‘usi, Matematika (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorlik bolalar uchun).

13

15 000

Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari.

16

13 700

Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Geometriya, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun).

16

18 900

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik.

16

8 900

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun)

16

13 900

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Chizmachilik.

16

9 400

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun)

16

11 900

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 28 aprelda 2577 sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 43-bandiga asosan darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlari umumta’lim maktabining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishi mumkin.

Darsliklardan foydalanish usulidan qat’i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni xuddi shunday darsliklar bilan qoplaydi yoxud ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘laydi:

• birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning bir baravari miqdorida;

• 2 – 4 sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning ikki baravari miqdorida;

• 5 – 9 sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.

Shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi. Quyida ta’lim TOJIK, QORAQALPOQ, RUS, TURKMAN, QIRG‘IZ, QOZOQ tillarida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori bilan tanishishingiz mumkin.

I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma

Kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator I.R.Asqarovning umumiy taxriri ostida
Тaqrizchilar: Andijon Davlat universiteti Kimyo fakulteti jamoasi, Andijon viloyati pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti kimyo bo‘limi jamoasi, oliy toifali kimyo fani o‘qituvchilari M.Rahimov, Sh.G‘ofurov, Z.Akbarov

Ibroximjon Asqarov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator, kimyo fanlari doktori, professor

Nozimjon Тo‘xtaboyev

Тexnika fanlari nomzodi

Kamoliddin G‘opirov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, oliy toifali kimyo o‘qituvchisi

Ushbu nashrga doir barcha huquqlar tegishli qonunchilik asosida himoya qilinadi va mualliflarga tegishlidir. Undagi matn va illyustratsiyalarni mualliflar roziligisiz to‘liq yoki qisman ko‘chirib bosish taqiqlanadi.
I.R.ASQAROV, N.Х.ТO‘ХТABOYEV, K.G‘.G‘OPIROV

SO‘Z BOSHI
1991 yil O‘zbekiston Mustaqillika erishgach barcha fanlar qatori kimyo fanidan ham darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlarni milliy ruxda yozish va o‘qitish imkoniyati yaratildi. Umumta’lim o‘rta maktablarning 7 sinfida kimyo fanini o‘quvchilarga mukammal o‘rgatishda o‘qituvchi tomonidan tuziladigan dars rejalari, jadvallari va boshqa metodik adabiyotlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Kimyo fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘quvchiga qiziqarli qilib, sodda, ravon til bilan, oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich o‘rgatib borishda har bir o‘qituvchi o‘ziga xos usullardan foydalanishi tabiiy.

7-sinf kimyo darsligini o‘qitishda kimyo fani o‘qituvchilariga ma’lum darajada amaliy yordam beradi degan umidda ushbu qo‘llanma yozildi. Qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga binoan tuzilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarning ish rejasi va har bir darsning asosiy bosqichlari qisqacha bayon qilindi. Darsning maqsad va vazifalari asosida mavzular yakuni bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, masalalar yechish, test savollari, nazorat ishlari orqali o‘quvchilar bilimlarini aniqlashga e’tibor qaratildi.

Ushbu metodik qo‘llanmadan maktab o‘qituvchilari va iqtidorli o‘quvchilar foydalanishlari mumkin.

Ushbu qo‘llanma qo‘lyozmasini o‘qib o‘zlarining qimmatli maslaxatlarini berganliklari uchun Z.M. Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Kimyo fakulteti professor–o‘qituvchilariga minnatdorchilik izhor qilamiz.

Ushbu qo‘llanma to‘g‘risidagi xar qanday tanqidiy fikr-muloxazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Qo‘llanma xaqida o‘z fikr va muloxazalarini bildiruvchi kitobxonlarga oldindan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

KIRISH
O‘quvchilar kimyo fani bilan tanishishni boshlagan dastlabki soatlardanoq kimyo fani tabiiyot fanlari ichida eng murakkab va shu bilan birga eng qiziqarli hamda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetishlarini ta’minlash lozim.

Buyuk ajdodlarimiz minglab yillar muqaddam, xali dunyoda ko‘plab ilm-madaniyat o‘choqlari paydo bo‘lmasdan, tabiiy fanlar, xususan kimyoviy bilimlar soxasida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lganliklari, kimyo fanining fan sifatida shakllanishi uchun ma’lum darajada asoslar yaratib berganliklarini o‘quvchilar ongiga singdirish kerak.

Kimyo mustaqil fan sifatida tabiiyot fanlaridan XIX asrda ajralib chiqqan bo‘lsada, ushbu fanning rivojlanish ildizlari 721-813 yillarda yashab o‘tgan vatandoshimiz Jobir ibn Хayyon tomonidan oq bo‘yoq tayyorlash uslublarini yaratish, sirka kislotani haydash usuli bilan tozalash singari ishlarni amalga oshirishdan boshlanganligini tushuntirish orqali kimyoviy moddalar bilan ishlash uzoq zamonlardan boshlanganligi, bugungi kunga kelib esa kimyo fani bir qator tarmoq fanlarga ajralganini o‘quvchiga tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir.

Kimyo darsligi muqovasida keltirilgan «Kimyo fanlarining ochilish sanalari» jadvalidan ko‘rinib turibdiki, biz kimyo deb atayotgan fan majmuiga ilmiy daraja beriladigan 20 ta fan kiradi. Bu kimyo fanlarining asoschilari turli mamlakatlarning taniqli olimlaridir. Masalan, noorganik kimyo fani asoschilari buyuk ingliz olimlari G.Devi va J.Daltonlar bo‘lsa, neft kimyosi fani asoschisi rus olimi V.V.Markovnikov, organik kimyo fanining asoschisi shved olimi I.Berselius bo‘lsa, o‘ta sof moddalar kimyosi asoschisi fransuz olimi A.Muassandir. Bu qatorda kimyo fanlari tizimida yangi fan bo‘lgan «Тovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» fanining asoschilari, O‘zbekistonlik olimlar I.R.Asqarov va Т.Т.Risqiyevlar ham turganligi haqida ma’lumotlar berilishi o‘quvchilarda vatandoshlarimiz bilan faxrlanish va kimyo faniga bo‘lgan qiziqish tuyg‘ularini shakllantiradi.

Umumta’lim maktablarning 7-sinfida kimyo fanini o‘rganish uchun 68 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, darslikdagi mavzular o‘quv dasturiga asosan quyidagi mazmun asosida taqsimlanadi.
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari bobiga 22 soat ajratilgan bo‘lib, bu bobda kimyo fanining predmeti va vazifalari, uni fan sifatida shakllanish tarixi bilan birgalikda O‘zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo‘shgan hissalari haqida tushunchalar o‘z aksini topgan. Undan tashqari modda va uning xossalarini o‘rganish jarayonlarida kimyo xonasidagi hamma jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari va kimyo labooratoriyasi jihozlari bilan ishlash uslublariga doir amaliy ishlar berilgan.

Atom-molekulyar ta’limot, atom va molekulalarning real mavjudligiga asoslanganligi hamda kimyoviy element, kimyoviy belgi, atom va molekulalar hamda ularga xos bo‘lgan kattaliklar, kimyoviy modda va uning dastlabki tuzilishi, xossalari, sof modda va aralashmalar, moddalarni dastlabki sinflash, kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar, valentlik, indekslar kimyoviy reaksiyalar va reaksiya tenglamalari haqida tushunchalar kimyoning asosiy qonunlari nuqtai-nazaridan yoritib berilgan. Bob yakunida hisoblashga doir masalalar yechish va nazorat ishi berilgan.

Kislorod bobiga 6 soat ajratilgan bo‘lib, kislorodning kimyoviy belgisi, atom massasi, tabiatda tarqalishi, oddiy modda holati, olinishi, allotropik shakl o‘zgartirishi bo‘lgan ozon va kislorodning biologik ahamiyati, ishlatilishi, tabiatda aylanishi haqida tushunchalar berilgan.

Havo va uning tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash, kislorod va xavo muxitida yonish tezligini taqqoslash, yong‘inni boshqarish va oldini olish choralari mavzulari hozirgi kunda ekologik muhit tozaligini saqlash muammolari nuqtai-nazaridan kelib chiqib yoritilgan. O‘quvchilar kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish uchun amaliy mashg‘ulot bajarishlari ko‘zda tutilgan.

Vodorod bobiga 5 soat ajratilgan bo‘lib, vodorodning kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, tabiatda tarqalishi va uning tabiiy birikmalari bo‘lgan kislotalar haqida dastlabki tushunchalar berilishi bilan birgalikda vodorodning olinishi, molekulyar vodorod, xossalari haqida dastlabki tushunchalar yoritilgan. Vodorodning sof ekologik yonilg‘i va kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatilishi mavzulari o‘quvchilarga kelajak yonilg‘isi haqida chuqur ma’lumotlar berishga yordam beradi. Hisoblashga doir masalalar yechish esa ularning nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llay olish malaklarini aniqlash imkoniyatini beradi.

Suv va eritmalar bobiga 10 soat ajratilgan bo‘lib, suvning murakkab modda ekanligi, elementar tarkibi, molekulyar tuzilishi, formulasi va molyar massasi, xossalari, tabiatda tarqalishi, tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati, sanoatda ishlatilishi haqida dastlabki tushunchalarni beriladi.

Suv xavzalarini ifloslanishdan saqlash choralari, suvni tozalash usullari o‘quvchilarning ekologik tarbiyasi doirasida bilimlar olishini ko‘zda tutadi.

Suv erituvchi, eritmalar va ularning konsentratsiyalari haqida tushunchalarni berish bilan birga eritmalarning inson hayotida ahamiyati haqida tushunchalar singdiriladi.

O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari erigan moddaning massa ulushi va molyar konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan eritmalar tayyorlash va tuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishqor borligini aniqlash amaliy mashg‘ulotlarini bajarish bilan, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi hisoblashga doir masalalar yechish bilan aniqlanadi.

Noorganik moddalarning eng muhim sinflari bobiga 21 soat ajratilgan bo‘lib, moddalarning toifalanishi, oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi, ularning toifalanishi, olinishi va xossalari, ishlatilishi haqidagi tushunchalar va nazariy bilimlar beriladi. Hisoblashga doir masalalar yechish va nazorat ishi o‘quvchilarning nazariy bilimlarini aniqlash uchun mezon bo‘ladi.

Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning o‘zaro genetik bog‘lanishi bobiga 4 soat ajratilgan bo‘lib, oksidlardan asos, kislota va tuzlarning olinishi, asoslardan oksid va tuzlarning olinishi, kislotalardan oksid va tuzlarning olinishi, tuzlardan oksid, asos, kislotalarning olinishi ularning orasidagi genetik bog‘lanishni aks ettirishi haqida nazariy bilimlar beriladi. O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish bilan mustahkamlanadi. Noorganik birikmalarning asosiy sinflari mavzusi bo‘yicha testlar yechish o‘quvchilar o‘zlashtirgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlash imkonini beradi.

7 sinfda Kimyo fani 68 soat hajmida o‘qitilishini quyidagicha rejalashtirish mumkin.

O‘rta umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun kimyodan o‘quv reja

(haftasiga 2 soatdan, ja’mi 68 soat)

Qiziqarli malumotlar
I. R. Asqarov, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma, N. Х. Тo‘хтaboyev