HIROT JOME MASJIDI

HIROT JOME MASJIDI

HIROT JOME MASJIDI — Afgʻonistondagi meʼmoriy yodgorlik (1200—14-a. lar). Shoh Gʻiyosiddin muhammad ibn Sam hukmronligi davri (1193 —1202)da qurila boshlangan, oʻgʻli va vorisi tomonidan nihoyasiga yetkazilgan. Masjid mahobati va koʻlami jihatidan Bibixonim jome masjididan ham ulugʻvor boʻlgan. Masjid hovlisi (tarhi 95×75 m) ravoqli ga-lereya bilan oʻralgan; masjidning oʻziga xos tomoni hovli koʻlamidan kelib chiqib yon ravoqlari 2 qavatli qilib koʻtarilgan. Hovlining shim. tomonida Gʻiyosiddin Muhammad ibn Samning gumbaz bilan yopilgan daxmasi (ziyo-ratxona) joylashgan; ziyoratxona ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Zilzi-ladan zararlangan masjid binosi 1498—1500-y. larda Alisher Navoiy rah-barligida uning mablagʻiga qayta tiklangan. 1936—44 y. larda taʼmirlangan, shu davrda yonida minoralari boʻlgan yangi peshtoq qurilgan.

Ensiklopediya.uz
HIROT JOME MASJIDI