Hid bilishning buzilishi. Uning qanday turlari bor? haqida malumot
Hid sezmaslik – keng tarqalgan muammo bo‘lib, hid sezishni kamayishi va hidni umuman yoki vaqtincha sezmaslik bilan xarakterlanadi.
- Anosmiya – hid sezishni to‘liq yo‘qolishi bo‘lib, burunning shilliq qaatlarida joylashgan hid bilish retseptorlaridagi patologik o‘zgarishlar hisobiga kuzatiladi.
- Giposmiya – hid bilishni qisman kamayishi hisoblanadi.
Hid bilishni buzilishi orttirilgan va tug‘ma bo‘lishi mumkin.
- Tug‘ma anosmiya – hid sezish yo‘llarini rivojlanish nuqsonlari yoki hid bilish retseptorlarini to‘liq yo‘qligi hisobiga rivojlanadi. Bu patologiya boshqa bir qator jiddiy rivojlanish nuqsonlari bilan birga keladi.
- Orttirilgan anosmiya – kelib chiqishi jihatiddan markaziy va periferik bo‘lishi mumkin.
- Markaziy (bosh miya ichi) anosmiya markaziy nerv tizimini turli xil kasalliklar: o‘smalar, ensefalomiyelit, umurtqa va bosh miya ichi qon tomirlarini zararlanishi natijasida rivojlanadi.
- Periferik anosmiyaning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra quyidagi turlari farqlanadi:
- Funksional – u isteriya, nevroz, allergit rinit va o‘tkir respirator kasalliklardan so‘ng rivojlanadi.
- Respirator – u burun-xalqum soxasidagi patologik o‘zgarishlar: burun to‘sig‘ini qiyshayishi, adenoid, o‘smalar yoki atrofik rinit (sassiq dimog‘) xisobiga rivojlanadi. Natijada havoning hid bilish analizatorini perferik segmentlariga yetib bora olmasligi va hid bilishni buzilishi kuzatiladi.
- Essensial – anosmiyaning bu turida ham periferik hid retseptorlarini turli shikastlanishlar, yallig‘lanish kasalliklari, termik va kimyoviy kuyishlar natijasida sezish qobiliyatini buzilishi kuzatiladi.
- Yoshga xos – bu «qarilik anosmiyasi» ham deb atalib, shilliq qavatini atrofiyasi hisobiga rivojlanadi.
Anosmiyaning yana bir turi farqlanib, bunda patsiyentlar qandaydir hidlarni sezadi, lekin uni aniqlashning ilojisi bo‘lmaydi. Bu holat meningit va bosh miya shikastlanishlaridan keyin rivojlanadi.
Hid bilishni buzilishini anomal turlaridan biri – parosmiya deb atalib, turli hid bilish gallyutsinatsiyasi hisobiga aslida mavjud bo‘lmagan hidlarni sezishdan iborat. Ma’lum bir hid o‘rniga boshqasini his qilish — dizosmiya deb atalsa, yengil hidlarni kuchli sezish – giperosmiya deb nomlanadi.
Anosmiya diagnostikasi
Bemorlarga biror bir dori muolajalarini tavsiya etishdan oldin hid bilishni buzilishiga olib kelgan holat va kasalliklarni aniqlash zarur hisoblanadi. Bu yerda LOR vrachi va nevrolog ko‘rigidan tashqari bosh miyada o‘smasimon jarayonlar bor yo‘qligini inkor etish uchun kompyuterli tomografiya tekshiruvi o‘tkazish tavsiya etiladi. Jami xulosalar olingach vrach ushbu kasalliklikni davolashning ilojisi bor yoki yo‘qligi haqida biror to‘xtamga keladi va kerakli davo choralarini belgilaydi.
Anosmiyani davolash
- Tug‘ma anosmiyani davolashning iloji yo‘q.
- Respirator anosmiyada davolash burun bo‘shlig‘idagi mezanik to‘siqlarni konservativ yoki xirurgik yo‘l bilan bartaraf etish va ullarni ochishdan iborat.
- Essensial anosmiyada medikamentoz terapiya qo‘llaniladi.
- Periferik anosmiyada asosiy kasalliklar davolanadi, masalan, rinit va sinusitlar. Ushbu kasalliklar tuzalgach hid bilish asta-sekin qaytadan tiklanadi.
- Markaziy anosmiyada mahalliy davo choralari ko‘rilmaydi va asosiy kasallik davolanadi.
Hid bilish bir qarashda eshitish va ko‘rishga nisbatan ikkinchi darajali hissiyotga o‘xshaydi. Ammo aynan hid bilish orqali biz tashqi muhitdagi xavf-xatar va qabul qilinayotgan ovqatimizning ta’mi haqida ma’lumot olamiz.
© Gepamed.uz
Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.
Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o’lchov stakani bilan birgalikda).
100 ml eritma tarkibi:
Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/loroben
Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Kasalliklar
Hid bilishning buzilishi. Uning qanday turlari bor?