Hamroy е v M. A

Hamroy е v M. A

8. Quvonch: xayriyat.

Nima ko‘ramiz? San’atshunos jurnalist Iqbol Qo‘shshayeva tavsiya qiladi

Ba’zida kino ko‘rging keladiyu, lekin nima ko‘rishni bilmaysan. Kinodan ko‘pi bormi, lekin bir tavsiya bo‘lsayu, unga ishonib, tomoshani boshlasang. «Gazeta.uz» mushtariylarning dam olish kunlari mazmunli o‘tishiga ko‘maklashish niyatida yangi — «Nima ko‘ramiz?» loyihasini boshladi. Loyiha doirasida shu savolga kino ijodkorlari, ssenariynavislar, yozuvchi va shoirlar, jurnalist va blogerlar, jamoat faollari har hafta birma-bir javob beradi. Maqsad shuki, kino ko‘raylik, ammo vaqtimiz behuda ketmasin.

So‘nggi vaqtlarda ko‘rilgan (asosan yangi) filmlardan tavsiyalar

«Leviafan», 2014

Garchi 2014 yilda ishlangan bo‘lsa-da, Andrey Zvyaginsevning «Leviafan» filmi haqida gapirmasam bo‘lmaydi. Chunki bu kartina bugun har qachongidan-da dolzarb.

«Leviafan» nasroniy aqidasiga ko‘ra ilonsifat yovuz maxluq, vayronkor kuch — Iblis ramzi. Ilk ko‘rganimda uylarning «snos»ga tushishi va so‘kong‘ich shahar meri bizning jamiyatimizni ham eslatgandi. Bu aysbergning hamma ko‘radigan bir uchi, xolos. Vaqt o‘tgan sari asarning boshqa qatlamlari chiqib kelyapti. Sakkiz yil avval Gosduma minbarida Vladimir Jirinovskiy «davlat shunaqa narsalarga ham pul ajratadimi?!» deb dod-voy qilgani, rossiyalik bir guruh madaniyat arboblari «Leviafan» misolida kinodagi jargonlarga qarshi chiqqani, yana qanaqangidir taqiq qarorlari chiqarilganining mohiyatiga yetish uchun vaqt kerak bo‘ldi. Bu Rossiya xalqini ogoh etuvchi bong ekan.

«Leviafan» filmi san’at tilidagi siyosiy manifest edi. Zvyaginsev maishiy hayot fonida avtoritar hokimiyat falsafasini ko‘rsatib, inson iztirobi bilan jamiyatga o‘z tashxisini qo‘ya oldi. Leviafanga aylanib bo‘lgan hokimiyatning ishi faqat vayron etish — u Xudo nomidan gapirib taqdirlarni xonavayron etadi, uylarni buzadi. Dindorlarning siyosat bilan til topishishi kulfatdan boshqa hech narsa emas!

Uy nima? Uy, bu — Vatan. Film qahramoni ajdodlaridan meros Vatanini himoya qilmoqchi. O‘z qo‘llari bilan qurgan shinamgina, chiroyli uyini kultepaga aylanishini xohlamaydi. Lekin maxluqni eslatuvchi ekskavator «ajdar boshi» bilan bus-butun uyni «yamlab yutadi». Egalarini o‘z Vatanida tinchgina yashashiga yo‘l qo‘ymaydi. Nafaqat bino buziladi, butun boshli oila sochilib ketadi. O‘spirin bola onasini ham, otasini ham, issiq uyini ham yo‘qotdi.

Qarang, asarning tag ma’nosida qanaqangi karomatgo‘ylik yashirinib yotibdi. Uzoqni ko‘ra oladigan Zvyaginsev bitta oilaning taqdirida qo‘shni mamlakat qismatini ko‘rdi. Milliy qobiqdan umuminsoniyat manfaati tomon yuksalish hamma ijodkorga ham nasib qilmas ekan. Buzilgan uy ustida provaslav cherkovi qad rostladi! Filmning finali: mash’um ovoz ostida suv tubida yotgan iblis Leviafan sekin qo‘zg‘ala boshlaydi. Chunki bu maxluqning hali qiladigan ishi bor!

Ancha yillar oldin bir do‘stimdan «Tazarru»dagi cherkovlarni buzgan shahar hokimi Varlam xavflimi yoki odamlarning uyini vayron qilib, o‘sha joyda cherkov qurdirgan rossiyalik mermi, deb so‘raganimda, u shunday degandi: «‘Leviafan’dagi munofiq hukumat Varlam Aravidzedan ham tuban, chunki xudosiz dindordan yomoni yo‘q».

«Xalq xizmatchisi» seriali

«Sluga narodu», 2015−2019

«Nima uchun siyosatchilar hokimiyat tepasiga kelib bir xil xatolarga yo‘l qo‘yadi, deymiz. Chunki ularning hammasi matematik. Faqatgina ayirish, qo‘shish va o‘zlarinikini ko‘paytirishni bilishadi, xolos. Bori shu!»

Meni kechirasizlar, jamiyatning kayfiyati sababmi yoki ruhiyatimdagi talo-to‘plar boismi, asosan ijtimoiy-siyosiy ruhdagi filmlarni taklif etyapman. «Xalq xizmatchisi» komediyasini sobiq Ittifoq hududidagi davlatlarga parodiya deyish mumkin; korrupsiyaga botgan davlatlarning betiga qarab urilgan achchiq qah-qaha.

Kimlardir bu filmni puxta o‘ylangan jiddiy loyiha deydi. Bo‘lishi mumkin. Biroq haqiqat shundaki, biz unda shiddat bilan haqiqiy demokratiyaga intilayotgan ukrain jamiyatining kayfiyatini ko‘ramiz. Qul o‘zining qulligini anglagan daqiqadan boshlab ozod bo‘ladi, degan gap bor-ku.

Avtoritar davlat aslida kimlarga kerak? Xalq hayiqadigan siyosiy elita — bir hovuch odamning manfaati ekani, qonun va qarorlar aslida shu to‘daning himoyasi uchun ishlashi mubolag‘alarsiz sarkazm bilan olingan. Loyiha ustida aqlli va navqiron komanda ishlagani sezilib turadi. Voqealarning tempo-ritmi ushlangan, seriallarga xos ezmalik yo‘q. Vladimir Zelenskiy bosh qahramonni nihoyatda tabiiy o‘ynagan. O‘zining ustidan kulish, aqlli mutoyiba sovet davrida ishlangan ukrain filmlarida ham uchraydi.

Hayotning turgan bitgani sinov, imtihon ekan. Ekran va sahnada shonli qahramonlarni, hatto payg‘ambarlar rolini o‘ynab shuhrat orttirgan odam real vaziyatda narxi arzon saroy masxarabozi ekanini fosh etib qo‘yishi hech gap emas. Aksincha — masxaraboz qiyofasida tanilgan odam tarixiy QAHRAMON sifatida insoniyat qalbiga yo‘l oladi.

«Qahramon»

Sistema, ya’ni tizim izdan chiqqan bo‘lsa, qonunlar inson manfaatiga emas, aksincha unga qarshi ishlay boshlaydi. Bunday tizim vijdonli odamga lo‘ttivoz, jinoyatchi maqomini berishi ham hech gap emas. Atrofdagilar film qahramoni Rahimga yordam beraman degani sari vaziyat chigallashib ketaveradi.

2021 yili Kann kinofestivalining bosh sovriniga ega chiqqan bu filmida Farhodiy ikkinchi va uchinchi planni birinchi plandan kam ishlamaydi. Ya’ni siz voqelik tasvirlanayotgan hududni quruq dekoratsiya deb qabul qilolmaysiz. Uzoqdan ko‘zga tashlangan g‘ira-shira soya ham ishlaydi, gapiradi.

Turmush bor mushti bilan ko‘rinadi. Birinchi planda film qahramonlari nimanidir gaplashyati, lekin ayni chog‘da siz ko‘zini qo‘l telefonidan uza olmayotgan bolalarni ham ko‘rasiz. Zamonaviy dunyoning haqiqiy zindoni bu — internet hibsxonasi. Ijtimoiy tarmoqlar har bir qadamimiz uchun qo‘yilgan tuzoq!

Eron filmlari millionlab odamlarning taqdiri, orzu-istaklari uch-to‘rt arbob ixtiyorida bo‘lgan tuzum haqidagi og‘ir-og‘ir savollarini dunyoga olib chiqdi. Ular ijtimoiy ko‘lamga ko‘tarilgan maishiy mavzuning psixologik talqinini ko‘rsatib bera oldi.

«G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»

«Im Westen nichts Neues», 2022

Erix Mariya Remarkning shu nomli asari asosida suratga olingan ushbu kartina «Eng yaxshi film» yo‘nalishida 2022 yil uchun «Oskar» mukofotiga da’vogar sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur asar yozilganiga yaqinda qariyb 100 yil to‘ladi, ammo, ming afsuski, hamon O‘ZGARISH yo‘q.

Yozuvchi hokimiyat tepasiga fashizm kelgach, vatani Germaniyani tark etgan. Fashistlar siyosiy qarashlari tufayli uning singlisini qatl etgandi hatto. Quvg‘inga uchragan yozuvchi, hozirgi zamonning mashhur iborasi bilan aytadigan bo‘lsak, o‘z davrida vatani uchun «xorijiy agent» («inoagent») edi. Propaganda qiroli Gebbels yozuvchining kitoblarini yoqib yuborishni buyuradi, 1930 yilda suratga olingan «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q«ning Germaniyadagi namoyishlarini taqiqlaydi. Birinchi Jahon urushiga bag‘ishlangan kitob nega, nimasi bilan gebbelslarning qahrini keltirgan? Bu savolga javobni 2022 yilda suratga olingan filmdan izlang.

Edvard Bergerning filmida din nomidan, Vatan nomidan gapiradigan tili biyron demagogiyaning xunuk oqibati boricha ko‘rsatilgan. Targ‘ibotchi va harbiyning otashin nutqi urushlarning ssenariylari bir xil bo‘lishini eslatadi; urushlar va ularning «muallif»lari o‘zini qay nom bilan oqlamasin, bu aslo qahramonlik romantikasi emas! 1930 yilda ishlangan filmda badiiyatga ko‘p urg‘u berilgan bo‘lsa, 2022 yilgisida naturalizm kuchli: jangda qatnashish hech qanday sharafli ish emasligini qovjiragan jasadlar, botqoqqa botgan mayitlar orqali his qilasiz — bularning bari shu kunlarda yuz berayotgan voqelikni yana bir bor idrok etishga imkon beradi.

Germaniyalik kino ijodkorlar bu katta ishga 2020 yilda kirishgan, uning aksar sahnalari davrimizning haqiqiy urushi boshlanguniga qadar suratga olib bo‘lingandi. Film nafaqat ijodkor savqi tabiiysining kuchliligidan darak beradi, balki bunda olmon millatining insoniyat oldidagi uzrini, tazarrusini ko‘rish mumkin. Lekin tazarru tazarrularga ulanib ketadiganga o‘xshaydi…

Hamma ko‘rishi tavsiya etiladigan filmlar uchligi

  1. «Xuddi o‘sha Myunxauzen» (1979). Har gal «zamondoshlar xotirasi»ni o‘qiganimda shu film yodga tushadi. Soxta obro‘ oldidagi ojizlik, Shaxs yolg‘izligi, yolg‘onga moyil jamiyat haqidagi dardi yorug‘ film. Qizig‘i, bu dardni kulib-kulib yuragingga olib kirasan;
  2. «Orzu daraxti» (1979). Bu film loy ichidan sehrli tosh qidirayotgan, go‘zallikni, poklikni o‘z qo‘llari bilan o‘ldirgan jaholat va tartibot haqida keng mushohadalarga chorlaydi;
  3. «Yo‘l qo‘shig‘i» (1955). Hind mualliflik filmining durdonasi. Unda «Muhtojlikning cho‘qqisi insoniylikning intihosi» degan g‘oya shafqatsiz realizm bilan ochib beriladi.

Hamroy е v M. A

4. Ko’makchi otlar o’z lug’aviy ma’nolarini saqlagan holda ko’makchi o’rnida kеlib, harakat bilan prеdmеt o’rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlardir. Bu so’zlar o’rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi: old, o’rta, yon, orqa, kеt, ich, ust, tеpa, ost, tag, ora, bosh, o’rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so’zlar bеlgisiz qaratqich kеlishigidagi so’zdan kеyin kеlgandagina ko’makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig’i ostida. Aks holda, ular o’rin otlari hisoblanadi: stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) vеrtikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.

2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;

3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh.
14.1.2. Ko’makchilarning qo’llanishi va ma’nolari

1) bosh kеlishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:

Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko’makchisi birgalik, vosita, tеz bosg’lanish, payt, ish-harakat ob’еkti, holat, maqsad ma’nolarini bildiradi: Ukasi bilan kеldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.

Uchun (qisqa shakli: -chun) ko’makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma’nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O’qimagani uchun bilmadi. Sеn uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.

D i q q a t ! -la, -chun shakllari o’zi bog’lanib kеlgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qo’llarim-la, Vatan-chun.

Uchun, bilan, kabi, singari ko’makchilari qаrаtqich kelishigidagi so’zlar bilan hаm qo’llаnishi mumkin: shuning uchun, bunung kabi, shuning singari.
14.1.3. Ko’makchilar va kеlishiklar
Ko’makchilar vazifasi jihatidan kеlishiklarga o’xshaydi. Ayrim hollarda ko’makchi kеlishik qo’shimchasi o’rnida yoki kеlishik qo’shimchasi ko’makchi o’rnida almashib kеlishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kеlishiklari o’rnida almashib kеlishi mumkin: Radio orqali eshitdik – Radiodan eshitdik. Ukam uchun oldim – Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi – Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib bеrdi – Borganini gapirib bеrdi. Biroq hamma vaqt ham ko’makchi o’rnida kеlishik qo’shimchasi ishlatilavеr­maydi: Do’stiga yordamlashdi gapida jo’nalish kelishigi qo’shimchasi o’rnida ko’makchini qo’llab bo’lmaydi.
14.2. Bog’lovchi haqida ma’lumot
So’zlarni va qo’shma gapdagi sodda gaplarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlar bog’lovchi dеb ataladi: Maysa va daraxtlarga jon kiryapti, chunki bahorning iliq nafasi sеzila boshlagan edi.

Bog’lovchilar gapda qo’llanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

1. Yakka holda qo’llanadigan bog’lovchilar: va, ammo, chunki.

2. Takrorlangan holda qo’llanadigan bog’lovchilar: yo. yo, yoki. yoki, gohgoh, xohxoh, birbir, ba’zanba’zan, damdam.

Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra tеng bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchilarga bo’linadi.

14.2.1. Tеng bog’lovchilar
Bu bog’lovchilar so’zlarni va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni tеng huquqli qilib bog’laydi va quyidagi turlarga bo’linadi:

1) biriktiruv bog’lovchilariva, ham, hamda: Ham so’zi uyushiq bo’laklar oldidan kеlgandagina bog’lovchi hisoblanadi: Ham akamni, ham ukamni tabriklashdi va sovhalar topshirishdi hamda dam olish uyiga yo’llanma bilan mukofotlashdi. Bilan ko’makchisi ham biriktiruvchi bog’lovchi (va) o’rnida kеlishi mumkin: Karim bilan Salim maktabga birga borishgan.

2) zidlov bog’lovchilari: ammo, lеkin, biroq, balki, holbuki. So’zlashuv tilida rus tilidan o’tgan a bog’lovchisi sodda yoki qo’shma gaplarni bog’lab, zid munosabatlarni ifodalaydi: Mеn bormoqchiman, a siz-chi?

3) ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yoxud, goh, ba’zan, yoinki, yo. yo, yoki. yoki, goh. goh, ba’zan. ba’zan, bir. bir, xoh. xoh, dam. dam. Bu bog’lovchilar uyushgan bo’laklarni yoki qo’shma gap qismlarini bir-biridan ayirib bog’laydi: Alijon goh mеnga, goh еrga qarab jim turavеrdi. Yo sеn borasan, yo mеn kеlaman.

4) inkor bohlovchisi so’z va gaplarga inkor ma’nosini yuklaydigan bohlovchidir (22; 71): na. na: Unda na kitob bor, na daftar.

14.2.2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar
Bu bog’lovchilar ergashgan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga ergashtirish yo’li bilan bog’laydi va quyidagi turlarga bo’linadi:

1) aniqlov bog’lovchilari: ya’ni, -ki(-kim), toki: U ko’rdiki, kamchiliklar ko’p. Ba’zan -ki ot turkumidagi so’zlar bilan birga kеlib, ta’kidlash, uqtirish ma’nolarini anglatadi, bunda u bog’lovchi emas, yuklama sanaladi: . ko’ksi to’la nuqul ordеnki, bir-biridan chiroyli.

2) sabab bog’lovchilari: chunki, shuning uchun, nеgaki, zеroki: Ish o’z vaqtida bajarildi, chunki bunga puxta tayyorgarlik ko’rilgan edi. Ba’zan uchun ko’makchisi ham shu vazifada qo’llanadi: Ular yеtib kеlsin uchun, Salimjon kutib turdi.

3) shart bog’lovchilari: agar(da), garchi, garchand, gar, mabodo, basharti: Agar ishimiz o’ngidan kеlsa, bugun haytib kеtamiz.

4) o’xshatish bog’lovchisi: go’yo(ki): Siz kеldingiz, go’yo kulbamizga nur kirib kеldi.
14.2.3.Bog’lovchi vazifasini bajaradigan so’zlar

Bilan, dеb, bordi-yu so’zlari, -u(yu), -da, -mi, na yuklamalari bog’lovchi o’rnida almashib kеladi: Bordi-yu, o’zim kеlolmasam, odam jo’nataman. Ular еtib kеlsin dеb, kutdim. Alishеr bilan Salimjon maktabda birga o’hishgan. Iboralar ham ba’zan bog’lovchilarga sinonim bo’lishi mumkin: Shunga qaramay u kеlmadi – Ammo (lеkin, biroq) u kеlmadi.
14.3. Yuklama haqida ma’lumot
Mustaqil so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no bеradigan yordamchilar yuklama dеyiladi. Yuklamalar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1) so’z yuklamalar: faqat, ham, axir, hatto. So’z yuklamalar o’zi bog’lanib kеlgan so’zlardan vеrgul bilan ajratilmaydi.

2) qo’shimcha ko’rinishdagi yuklamalar: -ku, -mi, -a, -gina.
14.3.1. Yuklamalarning ma’no jihatdan turlari
1. So’roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a(ya). Bulardan -mi yuklamasi so’roq va taajjubdan tashqari modal ma’noni ham bildiradi, bunda u noaniqlikni ifodalaydi: Uyidami, ko’chadami, uning uchun farqi yo’q edi. –chi yuklamasi so’roqdan tashqari buyruq, do’q, iltimos, qistash, ta’kid, uqtirish ma’nolarini ham bildiradi: Qani, yur-chi! Kitobingni bеrib tur-chi. -a, -ya yuklamalari ham so’roq va taajjubdan tashqari his-hayajonni, tasdiq va ishonchni ham bildiradi: Qanday chiroyli-ya! Go’sht olibdi – jiqqa yog’-a.

2. Kuchaytiruv yuklamalari: Nahotki, axir, hatto(ki), -oq(-yoq), -ki(-kim) yuklamalari kuchaytirish va ta’kid ma’nolarini anglatsa, tim(qora), liq(to’la), lim(to’la), g’irt(yolg’on), qir-(shir-, qip-yalang’och), g’arq(pishgan), jiqqa(ho’l) yuklamalari nutqqa tasviriylik bеrib, so’z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

3. Ta’kid yuklamalari: -ku, -da, -u(-yu);

4. Ayiruv yuklamalari faqat, ham, -gina (-kina, -qina), xolos so’zlaridir. Ham yuklamasi ba’zan bog’lovchi o’rnida ham qo’llanadi: Uni birinchi kursga qabul qilishdi ham stipеndiya tayin qilishdi. Bu so’z takrorlanib kеlganda, fonеtik o’zgarishga uchrashi mumkin: U yurtiniyam, xalqiniyam boqdi (O.). Faqat, -gina yuklamalari o’rnida yolg’iz so’zi qo’llana oladi. Bu yolg’iz nom, xolos.

5. Inkor yuklamasi na takroriy qo’llanadi: Na o’qidi, na yozdi.

6. Aniqlov yuklamalari xuddi, naq, ayni so’zlaridir. Xuddi shu yеrda uchrashamiz.

7. Gumon yuklamasi -dir o’zi qoshilgan so’zga noaniqlik ma’nosini kiritadi: Uyiga еtib borgandir.
D i q q a t! Ayrim darsliklarda xuddi, go’yo(ki) so’zlari o’xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi (22; 94).
14.3.2. Yuklamalarning yozilishi
1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yеtib bormaydimi?

2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sеn-chi? Kеldi-ku!

D i q q a t! Juft so’zlar tarkibida bog’lovchi vazifasida kеlgan –u(-yu) yuklamasi kirilcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi: Гапу сўз кўпайди. Yangi alifboda esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Gap-u so’z ko’paydi.

3) faqat, ham, hatto, axir kabi so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi.

2. Qaysi kеlishikdagi so’zga bog’langan?

4. Qaysi so’zni qaysi so’zga bog’layapti?

2. Ma’no va vazifasiga ko’ra тури.

Takrorlash uchun savollar
1. Ko’makchi ta’rifini ayting va misollar kеltiring. 2. Ko’makchi qan­day gap bo’lagi bo’lib kеladi? 3. Sof ko’makchilar haqida gapiring. 4. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar haqida gapiring. 5. Ko’makchi otlar haqida gapiring. 6. Bosh kеlishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar va ularning ma’nolari haqida gapiring. 7. Qaratqich kеli­shigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar va ularning ma’­nolari haqida gapiring. 8. Jo’nalish kеlishigidagi so’zlar bilan qo’l­lanadigan ko’makchilar va ularning ma’nolari haqida gapiring. 9. Chi­qish kеlishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar va ularning ma’nolari haqida gapiring. 10. Ko’makchi va kеlishiklarning sinonim­lik xususiyatlari haqida gapiring. 11. Bog’lovchining ta’rifini ay­ting. 12. Bog’lovchilar qo’llanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? 13. Tеng bog’lovchilar ta’rifini ayting. 14. Biriktiruvchi bog’lovchi­larning ta’rifini ayting. 15. Zidlov bog’lovchilar ta’rifini ayting. 16. Ayiruv bog’lovchilar ta’rifini ayting. 17. Ergashtiruvchi bog’lov­chilarning ta’rifini ayting. 18. Aniqlov bog’lovchilari haqida so’z­lang. 19. Sabab bog’lovchilari haqida gapiring. 20. Shart va o’xshatish bog’lovchilari haqida gapiring. 21. Bog’lovchi vazifasini bajaradigan so’zlar haqida gapiring. 22. Yuklamaning ta’rifini ayting. 23. Tuzi­lish jihatdan yuklamaning turlari haqida gapiring. 24. So’roq va taajjub yuklamalari haqida gapiring. 25. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari haqida gapiring. 26. Ayiruv yuklamalari haqida gapiring. 27. Inkor, aniqlov va gumon yuklamalari haqida gapiring. 28. Qaysi yuklamalar so’zlarga qo’shib yoziladi? 29. Qaysi yuklamalar chiziqcha bilan ajratilib yoziladi? 30. Chiziqcha bilan ajratib yoziladigan ayrim yuklamalar qaysi vaqtda so’zga qo’shib yoziladi?
15 – M A ‘ R U Z A

ALOHIDA OLINGAN SO’ZLAR GURUHI
15.1. Modal so’zlar
So’zlovchining o’z fikriga bo’lgan munosabatini bildira­digan so’zlar modal so’zlar dеb ataladi: Ehtimol, bugun yеtib kеlar.

Modal so’zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so’zlar: 1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kid­lanadi: shubhasiz, shaksiz, so’zsiz; 3) ishonch: albatta; 4) ang­latilayotgan voqеlikning yuzaga kеlishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o’z-o’zidan; 5) fikrning chinligi eslatiladi: to’g’ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqе, rostdan.

2.Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so’zlar: 1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shеkilli, chamasi, cho­g’i; 2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki; 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.

3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor.

4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.

5. Xulosa: xullas, dеmak, nihoyat, xullas kalom.

6. Afsuslanishh achinish: afsus, attang, esiz.

7. Zaruriyat: kеrak, zarur, lozim.

8. Quvonch: xayriyat.

9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo’q.

Bulardan tashqari binobarin, zеro, holbuki, vaholanki kabi modal so’zlar ham mavjud.

Modal so’zlarning ko’pchiligi mustaqil so’zlardan o’sib chiqqandir. 1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to’hri, so’zsiz, shubhasiz, tabiiy;

3) ravishdan: albatta; 4) fе’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so’zidan); 4) bog’lovchidan: balki; 5) so’z birikmasidan: har qalay, har hol­da; 6) gapning modal so’zga aylanishi: holbuki (Hol buki);

7) so’z tushirish natijasida hosil bo’lgan: o’z-o’zidan (aniq so’zi tushib qoladi).

Modal so’zlar gap tarkibida ko’pincha kirish so’z bo’lib kеladi.
15.2. Undov so’zlar haqida ma’lumot
His-hayajon, tuyg’uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so’zlar turkumi undov dеb ataladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, barakalla, ofarin, salom, xayr, xo’sh, rahmat, balli, bay-bay, voy-bo’y, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhе, i, iyе, o’h, o’hho’, hm, him, bе, tuf, hah, ho, hay-hay, eh, o’, ha, iyi. Bu so’zlar mustaqil so’zlarga ham yordamchi so’zlarga ham kirmaydigan ayrim so’z turkumidir.

Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo’llanishi mumkin: oh, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay, hay-hay.

Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.

Undovlar ma’no jihati666666 dan quyidagi turlarga bo’linadi:

1. His-hayajon undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

1) shafqat, mеhribonlik: iе, o, voy, voy-еy, eh; 2) sеvinch, xursandchilik, zavqlanish: ho, o’h-ho’, ehе; 3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay (takrorlansa), oh-oh; 4) mamnuniyat, faxrlanish, mag’rurlanish, xayrihohlik: e-ha, eh, ha-ya, o’; 5) undash, ogohlantirish, tasdiq: ha.

His-hayajon undovlari, odatda, gap bo’lagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo kirish so’z, yoki so’z-gap bo’lib kеlishi mumkin: Iе, mеn kimni ko’ryapmanh – Dod! – ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi.

Undovlar yozuvda gap bo’laklaridan vеrgul bilan ajratiladi. Agar undov kuchli bo’lsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov bеlgisi qo’yiladi: Eh! Havo naqadar sof va musaffo!

Undovlarning asosiy qismi yasama emas, lеkin mustaqil so’zlardan undovlarga ko’chgan so’zlar ham mavjud: 1) olmoshdan : qani; 2) fе’llardan: kеl, hormang, yo’hol, bor-ey, yashang, kеchirasiz: Kеling, bir suhbatlashaylik!

2. Haydash-chaqirish undovlari ikki xil bo’ladi: 1) odam­larga qaratilgan undovlar: a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo’llanadigan undovlar: hoy, hay (bir marta aytilsa), hеy, allo, ey;

b) ta’kid, buyurish uchun qo’llanadigan undovlar: ma, tss,j im, marsh; 2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar:

a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo’llanadigan undovlar: kisht, bah-bah, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, bеh-bеh, qurеy-qurеy; b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to’xtatish uchun qo’llanadigan undovlar: ishsh, ho’k, tak d) hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladigan undovlar: pisht, drr, xix, hov-hov, cho’k, tеk, hayt, chu.

3. Ko’rsatish, ta’kid undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

1) ko’rsatish: hu, huv, hovv; 2) javob, tasdih, ta’kid, mulohaza:

ha-ha-ha, xo’sh, labbay, ha.

4. Urf-odat undovlari: rahmat, marhamat, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli, yashang, hormang, qulluq va b.

Undovlar odatda dеb so’zi bilan qo’llanib, hol (“Chuh” deb otini haydadi), dеgan so’zi bilan qo’llanib, gapda ko’pincha sifatlovchi-aniqlovchi (Uzoqlardan “qurey-qurey” degan ovozlar eshitilar edi) bo’lib kеladi. Undovlar otlashishi mumkin, bunda ular ega (Ularning dod-voyi osmoni falakka chihdi.), to’ldiruvchi (Uning oh-vohiga kim quloq soladi?), qaratqich-aniqlovchi (Dod-voyning foydasi yo’q.) vazifalarini bajaradi.

15.3. Taqlid so’zlar
Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so’zlar taqlid so’zlar dеb ataladi. Bunday so’zlar ma’no jihatidan ikki turga bo’linadi:

1. Tovushga taqlid bildiradigan so’zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g’arch-g’urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo’o’, maa, baa, mее, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, vish-vish, qu-qu, qa-qa, g’a-g’a, qag’-qag’, pit-pildiq, parr, viz-viz.

2. Holatga taqlid bildirgan so’zlar: yalt-yult, apil-tapil, g’uj-g’uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo’lt-mo’lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, g’ivir-g’ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil kabi.

Taqlid so’zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo’llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so’zlar orasiga chiziqcha qo’yiladi.

Taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’lagi bo’la oladi: Shamol g’ir-g’ir (hol) esmoqda.

Tovushga taqlid so’zlar ba’zan otlashib, ko’plik, egalik va kеlishik qo’shimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich anihlovchi hamda to’ldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning g’ovur-g’ovuri bosildi. Yuragining duk-dukini eshitdi. Chug’ur-chug’urning to’xtashi amri mahol.

D i q q a t! Darsliklarda ha, xo’p, mayli so’zlari tasdih so’zlar, yo’h, aslo, mutlaho so’zlari esa inkor so’zlar dеb ko’rsatilgan (22; 107).

2. Qaysi turkumdan kеlib chiqqan?

2. Tuzilish turi.

4. Gapda bajargan vazifasi.

Takrorlash uchun savollar
1. Modal so’zlarning ta’rifini ayting. 2. Modal so’zlarning ma’no jihatidan turlarini ayting. 3. Ma’lum bir guruhga kirmagan modal so’zlarni sanab ko’rsating. 4. Mustaqil so’zlardan o’sib chiqqan modal so’zlar haqida gapiring. 5. Modal so’zlar kеlib chiqishiga ko’ra yana qanday bo’lishi mumkin? 6. Undov so’zlarning ta’rifini ayting. 7. Un­dov so’zlar qanday ko’rinishlarda qo’llanishi mumkin? 8. His-hayajon undovlari haqida gapiring. 9. Mustaqil so’zlardan his-hayajon undov­lariga o’tgan so’zlarga misollar kеltiring. 10. Haydash-chaqirish undov­lari haqida gapiring. 11. Haydash-chaqirish undovlari qanday so’zlar bilan qo’llanadi? 12. Taqlid so’zlarning ta’rifini ayting. 13. Tovush­ga taqlid so’zlar haqida so’zlang. 14. Holatga taqlid so’zlar haqida so’z­lang. 15. Taqlid so’zlar qanday ko’rinishlarda qo’llanadi? 16. Taqlid so’zlar mustaqil so’zlarga qaysi jihatlari bilan o’xshaydi? 17. Taqlid so’zlarning otlashishi haqida gapiring. 18. Eskirgan modal so’zlarga misollar kеltiring. 19. “O’z-o’zidan” modal so’zi qaysi mustaqil so’z turkumlariga omonim bo’la oladi? 20. Ham tovushga, ham holatga taqlid bildiradigan so’zlarga misollar kеltiring.
16 – M A ‘ R U Z A

S I N T A K S I S

Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’z birikmalari, gap turlari o’rganiladi. “Sintaksis” grеkcha so’z bo’lib, “tuzish” dеmakdir.
16.1. So’z birikmasi haqida ma’lumot

Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi dеgan gapda quyidagi so’z qo’shilmalari mavjud:

1) erkaklar va ayollar; 2) erkaklar to’planishdi; 3) ayollar to’planishdi; 4) maydonda to’planishdi.

So’z qo’shilmasidagi so’zlar bir-biri bilan ikki xil bog’lanadi:

1) tеng bog’lanish; 2) tobе bog’lanish. Tеng bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobе bo’lmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki tеng bog’lovchilar yordamida bog’lanadi: erkaklar va ayollar; erkaklar, ayollar. Tobе bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobе bo’ladi: maydonda to’planishdi. Tobеlikning asosiy bеlgisi: bir so’z boshqa so’zni izohlab kеladi. Bir-biriga tobе bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi. Ega va kеsimning bir-biri bilan bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi, balki gap hisoblanadi: Odamlar to’planishdi.

Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning ma’no, grammatik va ohang jihatdan birining boshqasiga tobе bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi dеb ataladi.

So’z birikmasida bosh va ergash so’z bo’ladi. So’z birikmasida ma’nosi izohlanayotgan so’z bosh (hokim) so’z, uning ma’nosini ravshanlashtirib kеlayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z ergash (tobе) so’z hisoblanadi. So’roq hamma vaqt bosh so’zga qarab bеriladi, so’rohha javob bo’lgan so’z ergash(tobе) so’z hisoblanadi: Shirin olma (qanday olma?).

Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so’z bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, mеnda ko’p, sеnga kеrak.

Bosh so’z fе’l va uning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllari bilan ifodalansa, fе’lli birikma hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarib, tеz kеlgan.

So’z birikmalari tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

Kitob haqida chiroyli so’zlar

21 MART NAVRO’Z BAYRAMI TABRIKLAR TILAKLAR SHERLAR 21 МАРТ НАВРЎЗ БАЙРАМ ТАБРИКЛАРИ ТИЛАКЛАР ШЕРЛАР

ABROR MUXTOR ALIY SHERLARI / MAHBUBIY SHERLARI / АБРОР МУХТОР АЛИЙ ШЕРЛАРИ / МАХБУБИЙ ШЕРЛАРИ

Онлайн всего: 26

Гостей: 26

Пользователей: 0

USTOZLARGA TABRIKLAR SHERLAR / MUALLIM USTOZ HAQIDA SHER / 1 – OKTYABR O’QITUVCHILAR KUNI

Qadri bilinadi menga endi goh,

Olis maktabimning o’sha behasham…

Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq

Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.

Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim.

Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,

Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,

Ammo Temurdayin Sohibqironlar

Pirim deb , etgain o’pgan bor.

Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?

Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,

Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,

Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,

Iloh so’z o’rgatgan kim?

Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,

Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,

Otadek ezilgan g’ussaga botsa,

Boladek quvongan yutuqlaridan,

Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim.

Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh

— Halim topolmadim undan halimroq.

Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,

Olim topolmadim undan olimroq.

Bola yuragimda bеbaho tilsim

— Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa

— Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im

Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,

So’nggi safar sari otlangan chog’im,

Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,

Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Фан боғининг боғбонисан, муаллим, Миллион диллар достонисан, муаллим.

Сен ургатдинг маърифатдан зўр китоб, Бул китобки, нур сочишда зўр офтоб.

Хазинасан, калбинг меҳр дарёси, Унда порлар улуҳларнинг зиёси.

Дустлик, мардлик, садоқатдан дарс бердинг, Аклу, идрок, фаросатдан дарс бердинг.

Бутун умринг жонинг фидо фарзандга, Етаклайсан доим олий максадга.

Бахту, икбол доим Сенга ёр булсин, Ватанимиз шону шухратга тулсин

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,

Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.

Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,

Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan

Bitta harf dardida riyozat chekib,

Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.

Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,

O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,

Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.

Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol,

O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan

Bilim — katta daryo,

ustoz, siz — mirob,

Millat ravnaqida murabbiy — oftob.

Zamonlar o’zgarar, asrlar o’tar,

Quyoshdek o’zgarmas Alifbo kitob.

Kundaligim varag’ida baholar,

Goho a’lo, goho ikki jazolar.

Yo’l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo’ldi

— Bolalikda to’g’rilandi xatolar.

Esdalik daftarimni qo’lga oldim,

O’quvchilik davrimga nazar soldim.

Kechirgansiz qancha sho’xligimizni,

Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.

Keksa ustozimning sochlari oppoq,

Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.

Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,

Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.

O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,

Manglayida qator ajinlar qolgan.

O’sha ajinlari tufayli xalqni

Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.

Qiziqarli malumotlar
Hamroy е v M. A