GRAMM-EKVIVALENT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRAMM-EKVIVALENT haqida malumot bilib oling.

GRAMM-EKVIVALENT — kimyoviy element yoki moddaning kimyoviy ekvivalent massasiga son jihatdan teng qilib olingan grammlar hisobidagi miqdori. Kimyoviy elementning G.-e. ini topish uchun uning at. m. ni valentligiga boʻlish kerak. Mas, alyuminiyning ekvivalenti 9 (at. m. 27, valentligi 3)ga teng, uning G.e. i 9 g. Sulfat kislotaning ekvivalenti 49 (mol. m. 98, negizliligi 2), uning G.e. i 49 g va h. k. G.-e. hajmiy analizda keng qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
GRAMM-EKVIVALENT