GRADUS TOʻRI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRADUS TOʻRI haqida malumot bilib oling.

GRADUS TOʻRI (Yerning gradus toʻri) — geografik xarita va globuslarda meridianlar va parallellarning kesishishidan hosil boʻlgan toʻr. Yer yuzasidagi geografik koordinatalar — uzunliklar va kengliklarni aniqlashga yoki xaritaga koordinatalar boʻyicha obyektlarni tushirishga xizmat qiladi. Muayyan meridianning barcha nuqtalari bir uzunlikka, parallelning hamma nuqtalari esa bir xil kenglikka ega boʻladi.

Ensiklopediya.uz
GRADUS TOʻRI