Go o‘yini

Go o‘yini

Go o‘yini

go oyini 660ee41608418Go o‘yini — ikki kishi o‘ynaydigan stol o‘yini bo‘lib, uni taxminan eramizdan 2000 yillar muqaddam qadimgi Xitoyda o‘ylab topishgan. Aniq dalil hisoblanadigan qo‘lyozma manbalar ichida esa, eng qadimiysi eramizdan avvalgi 548-yilga taalluqli bo‘lib, unda Szchao ismi xitoy muallif go o‘yiniga mukkasidan ketgan odam haqida nasriy ko‘rinishda ma’lumot yozib qoldirgan. o‘yin Xitoydan Yaponiyaga ham o‘tgan va eramizning XIII-asrida kunchiqar yurt aholisi mazkur o‘yinga qattiq berilib ketgani haqida tarixiy ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. Klassik go o‘yinida 19×19 o‘lchamdagi doska kataklarining tutashgan joylariga o‘yinchilar navbat bilan oq va qora toshlarni qo‘yib chiqishadi. Hozirda doska kataklari o‘lchami 19×19 dan kattalari ham, kichiklari ham mavjud. o‘yin qoidasiga ko‘ra, o‘yinchi o‘z toshlari bilan raqibining toshlarini har tomonlama butunlay o‘rab olishi kerak. o‘rab olingan, ya’ni, qurshovda qolgan tosh (yoki toshlar guruhi) o‘yindan chiqadi. o‘yin maqsadi — doskaning imkon qadar katta qismini raqibdan tortib olish (raqibdan ko‘ra ko‘proq joyni egallash) bo‘ladi.

 

Bir qarashda juda jo‘n tuyuladigan go o‘yini aslida ko‘p jihatdan anchayin murakkab sanaladi. Undagi o‘ynalishi mumkin bo‘lgan partiyalar soning juda ko‘pligi, doskaning katta o‘lchamlari va strategiyalarning ham xilma-xilligi o‘yinni ancha murakkablashtiradi. Raqibga nisbatan ko‘proq toshlarga ega bo‘lganlikning o‘zi g‘alaba uchun yetarli bo‘lmaydi. Simmetriyani e’tiborga olgan holda hisoblansa, go o‘yinida debyutlarning o‘zi 32940 ta variantda bo‘lishi mumkin va ulardan 992 tasi kuchli debyutlar sanaladi. Toshlarning doskadagi joylashishi mumkin bo‘lgan variantlari sonini esa hech kim aniq hisoblay olgan emas. Bu raqam taxminan 10172 atrofida ekani taxminan keltirib chiqarilgan. Go o‘yinida o‘ynalishi mumkin bo‘lgan partiyalar soni esa taxminan 10768 ni tashkil qiladi. Odatda, har ikkala raqib ham ushbu o‘yin ustasi bo‘lib ketgan teng kuchli raqiblar bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘yinning bir partiyasi o‘rtacha 150 yurishdan iborat bo‘ladi. o‘ynalayotgan partiyadagi istalgan holatda yurish mumkin bo‘lgan variantlarning o‘rtacha soni 250 tani tashkil qiladi. Shuning uchun ham, agar kompyuter dasturi puxta ishlab chiqilgan bo‘lsa, kompyuter har qanday kuchli shaxmatchini, xususan, jahon darajasidagi grossmeysterlarini ham yutib qo‘yishi ehtimoli katta (deyarli 99% ga aniq); lekin, go o‘yinini odatda kompyuter yuta olmaydi va bu o‘yinda hali tajribasiz bo‘lgan o‘rtamiyona o‘yinchi ham, har qanday kompyuter dasturini oson yutib qo‘ya oladi.

Buning sababi oddiy. Go o‘yinida shaxmatdagidan farqli ravishda, bir necha yurish oldinni ko‘zlab reja qilish qiyin. Bunday oldindan o‘ylab yurish kerak bo‘lgan variantlar sonini hatto kompyuter ham aniq hisoblay olmaydi. Boz ustiga, bunday hisob-kitobni bajara oladigan superkompyuterlar ham, shunday yurishlardan eng maqbuli, ya’ni, eng foydalisi qaysi bir ekanini avvaldan baholash imkoniga ega bo‘lmaydi. Chunki, atiga bitta bo‘sh turgan o‘rinni to‘ldirish orqali qilinadigan birgina yurish bilan, juda ko‘p sondagi boshqa toshlarning taqdiri o‘zgarib ketadi.

2006-yilda vengr dasturchilari UCT nomli kompyuter dasturi ishlab chiqishgani va uning algoritmiga ko‘ra, kompyuter go o‘yini professionallari bilan tengma-teng o‘ynashi va yutishi ham mumkinligini e’lon qilishgan edi. Biroq, ularning kompyuter dasturi oddiy (klassik) 19×19 o‘lchamdagi taxtadagi go o‘yinini emas, balki 9×9 o‘lchamdagi kichik go o‘yinini o‘ynay olarkan xolos…

Umuman olganda kompyuterdagi go o‘yinida insonni mag‘lub eta oladigan algoritmni yaratish borasidagi ishlar kompyuterlar ommalash boshlagan 1980-yillardayoq boshlangan edi. 1987-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan davrda go o‘yinida odamni yuta oladigan kompyuter dasturi ishlab chiqqan dasturchilar uchun 40 million Tayvan dollari (taxminan 1 million yevro) miqdorida mukofot ham e’lon qilingan edi. Lekin, ushbu mukofotni o‘sha paytda hech kim yuta olmadi.

Go o‘yinida odamni mag‘lub eta oladigan dastlabki algoritm esa faqat 2015-yilga kelib paydo bo‘lgan. AlphaGo deb nomlangan kompyuter dasturi o‘shanda tarixda ilk bor Yevropa chempionini 5 partiyaning hammasida mag‘lub etib, 5-0 hisobida g‘alaba qozongan edi. 2016-yilda mazkur dastur go o‘yini bo‘yicha jahon chempionini ham yengishga erishdi. 2017-yilda ta’bir joiz bo‘lsa, endi odamzot go o‘yinini kompyuterga butunlay yutqizdi deyish mumkin. Chunki, o‘shanda, sayyoramizning 5 nafar eng kuchli go o‘yinchilaridan iborat jahon terma jamoasi AlphaGo dasturiga qarshi o‘ynab, 3 partiyaning hammasini yutqazishdi.

Aytish joizki, ushbu AlphaGo dasturini Britaniyaning sun’iy intellekt masalalari bilan shug‘ullanuvchi DeepMind guruhi ishlab chiqqan.

go oyini 660ee41741ecb

Ko‘p jihatdan anchayin murakkab sanaladi. Undagi o‘ynalishi mumkin bo‘lgan partiyalar soning juda ko‘pligi, doskaning katta o‘lchamlari va strategiyalarning ham xilma-xilligi o‘yinni ancha murakkablashtiradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Qiziqarli matematika
“Go” o‘yini

Manba:orbita.uz