Goʼdakni koʼkrak orqali emizamiz to’liq malumot oling

Goʼdakni koʼkrak orqali emizamiz to’liq malumot oling

Koʼkrak bilan emizish ona va bola oʼrtasidagi ruhiy muloqotda muhim oʼrin egallaydi. Sogʼlom bola tugʼilganidan soʼng darhol onasining bagʼriga qoʼyilishi kerak. Bola koʼkrakdan emishga tayyor boʼlganida va buni istaganida bolaga birinchi koʼkrak sutini berish lozim. Bolalarning koʼpchiligi buni tugʼruq zalining oʼzidayoq qila boshlaydi.

godakni kokrak orqali emizamiz 1

breastfeeding

Emizish bu goʼdagingiz sogʼligʼi uchun birinchi va eng muhimdir. Onaning koʼkrak suti tarkibida goʼdak uchun zarur boʼlgan barcha ozuqaviy va immunologik komponentlar mavjud boʼlib, ular goʼdakni har hil infektsiyalardan saqlaydi va goʼdakning ichki aʼzolarining normal ishlashini taʼminlaydi. Har bir ona oʼz goʼdagini iloji boricha koʼkrak suti bilan boqishga harakat qilishi zarurdir.

Ona va bolaning bevosti aloqasidan kelib chiqadigan ijobiy jihatlar quyida keltirilgan:

ona va bola oʼrtasida bevostia ruhiy va emotsional aloqaning oʼrnatilishi;

koʼkrak bilan emizish imkoniyati va buni ragʼbarlantirish, onada laktatsiyani yaxshilash;

chaqaloqni onasining bakterial florasi bilan urugʼlantirish, normal sharoitlarda u bola uchun doʼstona va kerakli flora hisoblanadi;

chaqaloqda normal tana haroratini saqlash va ushlab turish;

chaqaloqni hid bilish qobiliyatining rivojlanishini ragʼbatlantirish.

Ayollar uchun
Goʼdakni koʼkrak orqali emizamiz

Оставьте комментарий