GIDROXORIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDROXORIYA haqida malumot bilib oling.

GIDROXORIYA (gidro… va yun. choreo — tarqalaman) — diasporalar (urugʻ, spora va b.)ning suv orqali tarqalishi. Gidroxoriya tasodifiy yoki doimiy boʻlishi mumkin. Tasodifiy Gidroxoriya diasporalarning suvda oqib borayotgan predmetlar yoki suv oqimi bilan tarqalishidir. Doimiy Gidroxoriya diasporalarning morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlari (suvda ivimaslik, oʻzida havo saklovchi parenxima yoki havoli boʻshliklar boʻlishi) bilan bogʻliq. Doimiy Gidroxoriya dengiz soxdlida oʻsadigan oʻsimliklar (mas, kokos va seyshel palmalari) va chuchuk suv oʻsimliklari (mas, gʻichchak, suvrang) uchun xos. Gidroxoriya turning tarqalishiga, yaʼni yangi arealni egallashiga imkon beradi.

Ensiklopediya.uz
GIDROXORIYA