GIDROLOKATOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDROLOKATOR haqida malumot bilib oling.

GIDROLOKATOR (gidro… va lot. loco — joylashtiraman) — suv ostidagi obyektlarning vaziyatini tovush signallari yordamida aniqlaydigan gidroakustik st-ya (asbob). G. yordamida suv ostidagi obyekt (mas, choʻkkan kema) gacha boʻlgan masofa, qiya uzoqlik boʻyicha suvga botish chuqurligi, vertikal tekislik boʻyicha obyekt tomonga yoʻnalish burchagi aniqlanadi. Gidrolokatorning ishlash tarzi quyidagicha: generator ishlab chiqaradigan elektr kuchlanishlar impulsi «qabul qilish — uzatish» uzibulagichi orqali elektrakustik vibratorga boradi. Vibrator akustik impulslarni muayyan burchak ostida yoki hamma yoʻnalishlarda suvga tarqatadi. Obyektga tegib qaytgan impulsli signallar maxsus asboblar (rekorder, radiokarnay, telefon, elektronnurli trubka) da qayd qilinadi va ishlov beriladi hamda tegishli koʻrsatkichlar aniqlanadi.

Gidrolokator obyektni qidirish usuliga koʻra, odimli qidirish, sektorli qidirish va doiraviy kuzatuv xillariga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
GIDROLOKATOR