GIDROGEOLOGIK KESIM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDROGEOLOGIK KESIM haqida malumot bilib oling.

GIDROGEOLOGIK KESIM, gidrogeologik profil — yerning maʼlum qismidagi, maʼlum yoʻnalishidagi suvli gorizontlar va suv oʻtkazmaydigan qatlamlarning vertikal tuzilgan grafik tasviri. Gidrogeologik kesim burga quduqlari qazish natijasida olingan maʼlumotlarga asoslanib tuziladi. Gidrogeologik kesimda yer osti suvlari sathining yer ustiga nisbatan holati, suvli qatlamlardagi suvning harakat yoʻnalishi va qatlamlarni tashkil etgan togʻ jinsining geologik yoshi koʻrsatiladi. Odatda, Gidrogeologik kesim geologik kesim bilan birgalikda suv bosgan shaxta va karyerlarda konchilik ishlari rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
GIDROGEOLOGIK KESIM