GIDRAVLIK ZARBA haqida malumot bilib oling.
GIDRAVLIK ZARBA — qisuvli quvuroʻtkazgichda oqayotgan suyuqlik tezligining tez (bir onda) oʻzgarishi natijasida (mas, zulfin tez yopilganda) suyuqlikda bosimning keskin ortishi. Gidravlik zarbada bosimning oʻsishi ushbu formula boʻyicha aniqpanadi: Ar =r(*0-v,)s1 bunda Ar — bosimning Pa da oʻzgarishi, r — suyuqdikning kg/m3 dagi zichligi, v„ va ■&, — zulfinni yopguncha va yopishdan keyin quvuroʻtkazgichda m/s da oʻlchangan oʻrtacha tezliklar, s — zarbiy toʻlqinning quvuroʻtkazgich boʻylab tarqalish tezligi. Mutlaq qattiq devorlar holida s tovushning suyuqlikdagi tezligi a ga teng (suvda a =1400 m/s). Gidravlik zarba bosimi juda katta qiymatlarga erishganda u halokatga olib kelishi mumkin. Ularning oldini olish maqsadida quvuroʻtkazgichlarda saqlagich qurilmalar (tekislagich havzalar, havo qopqoqlari buralma joʻmraklar va b.) oʻrnatiladi.
Ensiklopediya.uz
GIDRAVLIK ZARBA