GIBRALTAR BOʻGʻOZI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIBRALTAR BOʻGʻOZI haqida malumot bilib oling.

GIBRALTAR BOʻGʻOZI — Pirenei ya. o. ning janubiy chekkasi (Yevropa) bilan Afrikaning shim.-gʻarbiy uchi oʻrtasidagi boʻgʻoz. Atlantika okeanini Oʻrta dengiz bilan birlashtirib turadi. Uz. 65 km, eni 14—44 km, chuq. 1181 m gacha, eng sayoz joyi farvaterida 53 m. Shim. da Gibraltar qoyasi, jan. da yunon afsonalariga koʻra, Gerakl (Gerkules) oʻrnatgan Gerkules ustunlari deb nomlanuvchi Jabal-Muso togʻi bor. Suvning ostki qismi (oʻrtacha t-rasi 13,5°, shoʻrligi 33%o) Atlantika okeaniga, ustki qismi (oʻrtacha t-rasi 17°, shoʻrligi 36%o) Oʻrta dengizga okadi. Gibraltar boʻgʻozi qulay geografik oʻrin egallaganligi uchun iqtisodiy va strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Shim. da Alxesiras va jan. da Tanjer porti bor. Gibraltar boʻgʻoziga kiraverishda Buyuk Britaniya mulki — Gibraltar joylashgan.

Ensiklopediya.uz
GIBRALTAR BOʻGʻOZI