GEY-LYUSSAK haqida malumot bilib oling.
GEY-LYUSSAK (Gay-Lussac) Jozef Lui (1778.6.12, San-Leonar – 1850.9.5, Parij) — fransuz kimyogari va fizigi. Parij FAaʼzosi (1806), Peterburg FA xorijiy faxriy aʼzosi (1826).
1802-y. da Dalyotondan mustaqil ravishda gazlarning issiqdan kengayish qonunini kashf etdi (q. Gey-Lyussak konunlari). 1808-y. da gazlarning oʻzaro birikishida hajmiy nisbatlar qonunini va shu yili L. Tenar bilan hamkorlikda oʻyuvchi natriy va kaliy ishqorlarini temir qirindisi ishtirokida qizdirib, natriy va kaliy olish usulini ishlab chikdi. Birinchi boʻlib 1811-y. da sof sianid kislota hosil qildi. G.-L. tuzlarning suvda eruvchanlik diagrammasini tuzib, analitik kimyoda hajmiy analiz usullari (titrlash, alkalimetriya, atsidimetriya)ni joriy qildi. 1827-y. sulfat kislota i. ch. ning nitroza usulini takomillashtirdi; sulfat kislota z-dlarining qoʻrgʻoshin kameralarida hosil boʻladigan azot oksidlarini yuttirish uchun maxsus minoralar qurishni taklif etdi va ularni ishga tushirdi. Gigrometr, spirtometr, barometr, termometr, nasosga oʻxshash bir qancha asboblarni ixtiro qildi.
Ensiklopediya.uz
GEY-LYUSSAK