Gerpes infektsiyasi
Oddiy gerpes virusi ikki xi bo’ladi: birinchi turdagi va ikkinchi turdagi. Shunisi e’tiborga loyiqki, birinchi turdagi gerpes virusi bilan zararlangan shaxs ikkinchi turdagi oddiy gerpes virusiga qarshi immunitetga ega emas. Virusning birinchi turi yuzning terisiga va og’iz bo’shlig’iga ta’sir qiladi. Ikkinchi turdagi viruslar ko’pincha jinsiy organlarga ta’sir qiladi va qo’shimcha ravishda miya po’stlog’ining yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Virus past haroratlarda saqlanib qolish va 50 °C issiqlikda 30 daqiqada o’lish xususiyatiga ega. Rentgen va ultrabinafsha nurlari ta’siriga sezgir. Virus homiladorlik vaqtida onadan bolaga, shuningdek tug’ilish paytida bolaga yuqishi mumkin. Infektsiyaning bu xavfidan kelib chiqib, agar onada jinsiy gerpes bo’lsa, chaqaloqni mumkin bo’lgan yuqumli kasalliklardan himoya qilish uchun kesarcha kesish qo’llaniladi. Gerpes virusining birinchi turi so’lak orqali, o’pish bilan yuqish xususiyatiga ega, gerpes virusning ikkinchi turi qon quyish, organ transplantatsiya qilish va shuningdek, virus tashuvchisi bilan jinsiy aloqada bo’lish orqali yuqadi. Virusning birinchi turidan kelib chiqqan gerpes virusning ikkinchi turidan kelib chiqqan gerpesga qaraganda 10 marta ko’proq uchraydi. Kasallikning manbalari surunkali va o’tkir shakldagi gerpesi bo’lgan insonlar, shuningdek virusning tashuvchilaridir. Shunisi e’tiborga molikki, virus inson organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Har qanday surunkali kasallik, masalan, qandli diabet, gerpes virusini faollashtirishi mumkin. Bundan tashqari, gerpes virusini faollashtiruvchi omillarga teri kasalliklari va yuqumli kasalliklar ham kiradi. Klinik belgilariga ko’ra gerpetik infektsiya ikki shaklga ajratiladi: teri ustida kichik toshmalar paydo boladigan tipik (odatiy) shakl va hech qanday toshmalar bo’lmagan yoki juda kam bo’lgan atipik(noodatiy) shakl. Kasallikning jiddiyligiga qarab gerpetik infektsiya og’ir, o’rta va yengil shakllarga ajratiladi. Rivojlanish hududiga qarab — jinsiy gerpes, teri gerpesi, gerpetik stomatit, gerpetik ko’z kasalliklari va markaziy asab tizimining gerpetik shikastlanishlari farqlanadi. Kasallikning kechishiga qarab gerpetik infektsiyani birlamchi o’tkir infektsiyaga va takroriy surunkali infektsiyaga ajratishadi. Gerpesning inkubatsion davri, ya’ni virus yuqganidan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lguniga qadar vaqt 3-8 kun davom etadi. Kasallanganlikning belgilari yuzining terisi ustida, shuningdek labla va burun shilliq qavatida va jinsiy a’zolarda kichik og’riqli toshma toshishi hisoblanadi. Toshmalar chiqgan joylarda teri qizaradi va biroz shishadi. Ko’p hollarda insonning umumiy ahvoli qoniqarli bo’lib, kamdan-kam hollarda isitma va umumiy holsizlik kuzatiladi. Gerpes virusi saraton kasalligining boshlanishi bilan bog’liq. Buning isbotlari, bachadon bo’yni saratonini keltirib chiqaradigan jinsiy gerpesdir. Gerpesning doimiy mavjudligi yuqori nafas yo’llari shilliq qavatining yallig’lanishiga olib keladi. Agar bemorda jinsiy gerpes kasalligi mavjud bo’lsa: Virus ko’rish organlariga ham ta’sir qilishga qodir. Ushbu turdagi infeksiya ko’pincha 20 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan erkaklarda kuzatiladi. Bunday holda ko’zning shox pardasi ta’sirlanadi, bu esa ko’rish qobiliyatining butunlay yo’qotilishga olib kelishi mumkin. Miya qobig’ining gerpetik shikastlanishi o’ta xavfli holat hisoblanib, yuqori isitma, mushak, bo’g’im va bosh og’rig’i bilan namoyon bo’ladi. O’z vaqtida davolanish bo’lmagan taqdirda, har 100 ta holatdan 30 tasi o’limga olib keladi. Bemorlar shuningdek nurdan qo’rqishadi va kasallik juda og’ir kechadi. Kasallikning og’ir kechishi immunodepressant dorilar qabul qiluvchi, kimyoterapiya va gormonal davolashni o’tovchi kishilarda kuzatiladi. Bunday holatlar immunitetga salbiy ta’sir ko’rsatib, o’z navbatida uning pasayishiga sabab bo’ladi. Yuqorida tilga olingan holatlardan tashqari, OIV bilan kasallangan odamlarda ham gerpetik infektsiya og’ir kechadi. OITS natijasida gerpes tez rivojlanadi va tarqaladi. Avval og’iz shilliq pardalari shikastlanadi, keyin virus qizilo’ngach, bronxlar, traxeyaga tarqaladi, o’pka va boshqa organlarning gerpetik yallig’lanishi boshlanadi. Qizig’i shundaki, OIV bilan kasallangan odamlarda bu kasallik o’z-o’zidan davolanishi mumkin. Virus onadan bolaga uzatilganda kasallik mahalliy, ya’ni yuzda, labda, burunda va tashqi jinsiy organlar terisi ustida donachalar sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Shuningdek, miyani va boshqa organlarni shikastlovchi tarqalgan yoki umumiy gerpes shakllari mavjud. Uchuq oddiy gerpes virusi (lot. Herpes simplex) tufayli kelib chiqadi. Ba’zi kishilarga oddiy gerpes yiliga 6-8 marta ta’sir ko’rsatadi. Uchuq ko’pincha og’iz bo’shlig’ining shilliq qavatida, quloqlar atrofida, lablar chetida va yonoqlarda paydo bo’ladi. Labdagi gerpesning rivojlanishi bir necha bosqichda sodir bo’ladi: Uchuqdan halos bo’lish va uni davolash uchun «Vektavir», «Asiklovir», «Zoviraks» kabi malham shaklidagi maxsus dorilar mavjud. Ular gerpesning birinchi bosqichida juda samarali bo’lib, terida donachalar paydo bo’lishini oldini oladi. Ushbu dori-darmonlarni odatdagidek ishlatish kerak: barmoqlarga siqib chiqarib, lablarni zararlangan qismiga sekin surting. Malhamni besh kun davomida, kuniga 5 marta, to’rt soatlik tanaffus bilan qo’yish kerak. Donachalarni siqish va qobiqlarni olib tashlash taqiqlanadi, chunki bu infektsiyaning terining boshqa joylariga tarqalishiga yordam beradi. Uchuqni uy sharoitida davolash mumkin. Lekin yuqori isitma, qattiq bosh og’rig’i, ishtaha yo’qolishi, holsizlik va zaiflik kabi alomatlar kuzatilsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing kerak. Juda kam holatlarda gerpetik infektsiyani tashxislash zarur bo’ladi. Buning uchun pufakchalardagi suyuqlik o’rganiladi. Bundan tashqari, qon tahlili o’tkazgandan so’ng, gerpes virusini aniqlash mumkin.Shifokor uchuqni tashqi korik vaqtida aniqlashi mumkin. Bemorlar kasallikning og’ir kechishi holatlarida kasalxonaga yotqiziladi. Bunday holatlarga virus asab tizimi yoki ko’rish organlarini zararlashi xavfi mavjudligi kiradi. Ammo infektsiya yengil bo’lsa, u uyda davolanishi mumkin. Gerpetik infektsiyada juda miqdorda suyuqlik ichish, shuningdek, maxsus parhezga rioya qilish juda muhimdir. Og’iz bo’shlig’ida toshma paydo bo’ladigan bo’lsa, bemor normal oziqlana olmaydi va, ehtimol, ovqatlanishdan bosh tortadi. Bunday holatlarda bemor uchun maxsus, sho’r va achchiq bo’lmagan suyuq taomlar tayyorlab berish kerak. Gerpesning og’ir shakllarida bemor maxsus zond bilan oziqlantiriladi. Gerpesning yengil shakllarda tebrofen yoki oksolin malhamlari bilan mahalliy davolash amalga oshirilishi mumkin. Uchuq hududni brilliant yashili (zelyonka) yoki fukkosin bilan davolash mumkin. Gerpesni davolashda antibiotiklardan foydalanilmaydi, faqat ikkilamchi bakterial infektsiya mavjud bo’lganda shifokor tomonidan buyurilishi mumkin. Gerpesning asoratlariga virusning boshqa a’zolarga ta’sir qila olish xususiyatini misol qilsa bo’ladi. Bu esa o’z navbatida bronxlar, o’pka, traxeya, qizilo’ngach, miya va jigar kabi a’zolarning virusli jarayonlariga olib kelishi mumkin. Bunday asoratlar spetsifik deyiladi. Nospetsifik asoratlar ham mavjud bo’lib, ularning yuzaga kelishi boshqa bakterial yoki virusli infektsiyaning rivojlanishi bilan bog’liq. Gerpes bilan og’rigan bemor bilan muloqot vaqtida shaxsiy himoya vositalarini, ya’ni niqoblarni ishlatish tavsiya etiladi. Bemorning barcha buyumlari yaxshilab tozalash, u yotgan xonani tez-tez ho’l tozalash tavsiya etiladi. Ayni paytda, bu infektsiyasiga qarshi emlash (vaktsina) ishlab chiqilmagan.Gerpes infektsiyasi
DO`STLARGA ULASHING:
Gerpes infektsiyasi
Gerpes qanday yuqadi?
Gerpesning tasnifi
Gerpes alomatlari va belgilari
Labdagi gerpes yoki uchuq
Uchuqni davolash usullari
Tashxislash
Dori-darmonlarsiz davolash usuli
Dorilar bilan davolash
Gerpesning asoratlari
Gerpesning oldini olish
Gerpes infektsiyasi