Geometriya fanidan dars ishlanma
Geometriya fanidan dars ishlanma
DO`STLARGA ULASHING:
Mavzu: Uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi haqidagi teoremasinf: 7
Darsning texnologik xaritasiDarsning mavzusi
Uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi haqidagi teorema
Maqsad, vazifalari
1. Ta’limiy: o‘quvchilarga o‘tilgan darslar haqida ilmiy ma’lumot berish.
2. Tarbiyaviy: o‘quvchilar ongiga axloq, odob tushunchalarini singdirish,o‘quvchilarni shukronalikka o‘rgatish.3. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilar nutqini, muomala, muloqot madaniyatini rivojlantirish.
4. Kasbga yo‘naltiruvchi: mavzu orqali muhandislik,arxitektorlik kasblariga yo‘naltirish.
5. Milliy tarbiyaviy: Vatanni sevish yo‘lida tarbiyalash.
O‘quv jarayonining mazmuni Mavzu yuzasidan o‘quvchilarning faolligini oshirish.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Dars tipi: Yangi bilim berish.
Uslub: Og‘zaki, yozma.Shakl: Guruhlarda va jamoada ishlash.
Vosita: darslik, kompyuter, multimediya, ekran, slayt, elektron darslik, boshqotirma,qo‘lda tayyorlangan uchburchak shakllari, ko‘rgazmalar.
Nazorat; Og‘zaki nazorat, savol-javoblar, test.
Baholash; Rag‘batlantirish 5 balli tizimda baholash.
Kelgusi rejalar. O‘qituvchi: ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, ta’limda uni qo‘llay olish yo‘llarini izlash va takomillashtirish , sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirish, o‘z ustida ishlash
O‘quvchi; darslik bilan mustaqil ishlash, o‘z fikrini erkin og‘zaki, yozma bayon qilish, Tengdoshlari fikrini ma’qullash va yangi fikrlarni aytish.Darsning blok-sxemasi
tr Darsning bosqichlari Vaqt
1 Tashkiliy qism 2 daqiqa
2 Dunyo yangiliklari 2 daqiqa
3 Didaktik o‘yinlar haqida ma’lumot 2 daqiqa
4 Asosiy qism 1 daqiqa
5 Yangi mavzu bayoni 26 daqiqa
6 Mustahkamlash 10 daqiqa
7 Baholash mezoni 1 daqiqa
8 Uyga vazifa 1 daqiqa
Darsning borishi:a. Tashkiliy qism: (2 daqiqa)
b. Dunyo yangiliklari (2 daqiqa)
s. Yangi mavzu bayoni: (26 daqiqa)
d.Mustahkamlash: (10 daqiqa)
Reja:
O‘tilgan mavzular haqida umumiy ma’lumot.
Uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi haqidagi teorema haqida bilim berish
Dars davomida didaktik o‘yinlarni tashkil etish.
Asosiy qism: (1 daqiqa)Psixologik muhit yaratish: O‘qituvchi o‘quvchilardan teorema va xossalar ayttirish orqali ikki guruhga bo‘ladi va har bir guruhga nom beriladi. 1-guruh Al-Beruniy, 2-guruh Al-Farg‘oniy.Har bir guruh al-Beruniy va al-Farg‘oniy haqida ma’lumotlar, qilgan ishlari hamda asarlari haqida qisqacha gapirib berishadi.
So‘ngra dars uchun umumiy nom tanlanadi. Ushbu dars “Bilimdonlar bellashganda” deb nomlanadi.
O‘qituvchi:Berilgan shartlarni bajarishi orqali o‘quvchilarning qaysi bir guruhi bilimda kuchli ekanligini aniqlaymiz :
1shart.Har bir guruh o‘quvchilari tarqatmalardagi savollarga javob berishadi:
Parallel to‘g‘ri chiziq deb nimaga aytiladi?
Uchburchak perimetri nimaga teng?
Qachon ikki to‘g‘ri chiziq parallel bo‘ladi?
Geometriyaning bo‘limlarini sanab bering.
Didaktik o‘yinlar haqida ma’lumot berish. (2 daqiqa)Video rolik orqali o‘tilgan mavzu o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. (6 daqiqa)
Yangi mavzu
Mavzu: Ucburchak ichki burchaklarining yig‘indisi haqidagi teorema
Teorema. Uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi 180 0 ga teng.
Ixtiyoriy ABC uchburchak olib, uning B uchidan AC tomonga parallel a to‘g‘ri chiziqni o‘tkazamiz.
Bundan,
Amaliy mashg‘ulot.Uchala guruh o‘quvchilari qog‘ozga uchburchak chizadilar va burchaklarini alohida qirqib oladi va ularni bir to‘g‘ri chiziqqa joylashtirishadi.Bundan ham ko‘rinadiki, uchburchak ichki burchaklari yig‘indisi 1800 ga teng ekanligi ma’lum bo‘ladi.O‘quvchilar mavzu yuzasidan masalalarni bajarishadi.
2. Bunda o‘quvchilar “Matematik topishmoq”larni bajarishadi:
O‘ynar uchta qiz bolaGo‘yo ochilgan lola.
Do‘stlari kelishdi beshta
Ayt,ular bo‘ldi nechta? ( javob:8 nafar)
Bir daraxtda o‘n ikki butoq
Uch yuz oltmish besh yaproq
Yaproqlarning bir yog‘i oq
Bir yog‘i qora
(javob: 12 oy,kun va tun)
3.Bu shartda o‘quvchilar qalamni qog‘ozdan ko‘tarmasdan va kesmalardan faqat bir marta yurib quyidagi shakllarni chizadi.
4.Bilimingizni sinab ko‘ring?
Bu to‘siqda har bir guruh ishtirokchilariga bir xil savolli boshqotirma beriladi. (6 daqiqa)
5-shart.Siz bilasizmi? Bu shartda guruh ishtirokchilariga o‘qituvchi tomonidan ma’lum bir geometrik shakl haqida ma’lumotlar aytiladi. Guruh ishtirokchilari ma’lumotlar qaysi shaklga tegishli yekanligini topishadi. (6 daqiqa)
guruh: Kvadrat,to‘g‘ri burchakli uchburchak,kub.
-Bu geometrik shaklning barcha tomonlari teng.-Bu geometrik shaklning 3 ta tomoni bo‘lib,ikki tomoni har doim bir-biriga perpendikulyar bo‘ladi.
guruh: Aylana,parallelepiped,ko‘pburchak.
-Bu shaklda burchak bo‘lmaydi..-Buning uch o‘lchovi bo‘lib, sirti yuzi formulasi S=2(ab+ac+bc) formula yordamida hisoblaniladi .
6-shart. So‘roqli qor parchalari- tezkor savollarga tezkor javoblar
Bunda guruh ishtirokchilariga uchburchak ichki va tashqi burchaklari haqida tezkor savollar beriladi, o‘ylash uchun vaqt berilmaydi. (6 daqiqa)
1 guruh:
1.Uchburchakda nechta ichki burchak bor?
Javob: uchta
2.Uchburchakning nechta tashqi burchagi o‘tkir bo‘lishi mumkin?
Javob: bitta
2 guruh:
1.Uchburchak ichki burchaklari yig‘indisi necha gradusga teng?
Javob: 1800 ga teng.
Tashqi burchaklari yig‘indisi-chi?
Javob: 3600 ga teng.Baholash mezoni: (1 daqiqa)
To‘g‘ri va to‘liq javob uchun 5 balli stol kompyuteri rasmli kartochkasi beriladi.
Tugallanmagan javob uchun 4 balli noutbuk rasmli kartochkasi beriladi.
Noto‘g‘ri va to‘liqsiz javob uchun 3 balli cho‘ntak kompyuteri rasmli kartochkasi beriladi.
Dars yakunida guruh kartochkalari sanaladi va g‘olib guruh ye’lon
qilinadi.Uyga vazifa:
O‘tilgan mavzularni takror o‘qib, mavzularga oid ma’lumotlar to‘plash hamda 9-masalani bajarib kelish. (1 daqiqa)
Dars yakunlanadi.
Geometriya fanidan dars ishlanma